Navoiy kadastr
656 subscribers
4.95K photos
754 videos
8 files
3.17K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#OAV_biz_haqimizda

"Noqonuniy o'zlashtirilgan yerlar uchun javobgarlik mavjud" sarlavhasi ostida "Do'stlik barog'i" gazetasining 2024-yil 7-martdagi 10-sonida ⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Navbahor tumani bo'limi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maqola e'lon qilindi.

🖼️Batafsil: Yuqoridagi rasm orqali bilib olishingiz mumkin

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yosh kadastrchi

🇺🇿 Respublikamizda “2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarma va tuman, shahar filiallaridagi namunali yoshlar faoliyatini yoritish maqsadida "Yosh kadastrchi" loyihasi yo'lga qo'yildi.

🫥 Bunda hududiy boshqarma va tuman, shahar filiallarida ishlayotgan eng faol va namunali yosh kadastrchilarning faoliyati yoritib boriladi.

🌐 Mazkur videorolikda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Olmaliq shahar filialida ish olib borayotgan "Yosh kadastrchi" faoliyati yoritilgan.

#DavKadastrPalata #yosh_kadastrchi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Муборак Рамазон ойи кириб келиши муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrning zamonaviy texnikalari
hududlarda

⭐️🌟 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi tizim tashkilotlari o‘lchov vositalari bilan ta’minlanayotgani haqida ma’lumot bergandik.

🫥 Texnikalarning barchasini Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati qabul qilib oldi va bir necha kun davomida ularni - ro‘yxatga ko‘ra viloyatlarga tarqatish ishlari olib borildi.

▶️ Batafsil mazkur videoda 👆

#DavKadastrPalata #kadastr_texnikalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_ma_lumot

📝 Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi.

🏠 Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:

1️⃣ ko‘p kvartirali uydagi kvartira -3 ish kunigacha.

2️⃣ yakka tartibdagi turar joy - 5 ish kunigacha.

🏢 Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

1️⃣umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha.

2️⃣umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha.

3️⃣umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha -10 ish kunigacha.

4️⃣umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha.

5️⃣umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha - 20 ish kunigacha.

6️⃣umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq - 25 ish kunigacha.

7️⃣ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha - 3 ish kunigacha.

💳 Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #Navoiy_shahar

⚡️ Yerning har bir qarichi hisobli

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Navoiy shahar bo'limi inspektorlari tomonidan Navoiy shahari "Yangi hayot" MFY hududida 8 kv.metr yer maydoni fuqaro X.M tomonidan hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib ko'chma savdo do'koni o'rnatib olganligi aniqlangan.

📃 Aniqlangan holat yuzasidan Navoiy shahar bo'limi inspektorlari tomonidan fuqaro X.M ga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish berildi.

⚡️ Berilgan ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan fuqaro o'z hisobidan ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etdi hamda yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏛 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarga davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (124-son, 11.03.2024 y.) bilan 🏙 "Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarni hisobga olish, turar joy maydonini olish uchun navbatni belgilash, shuningdek, uni taqsimlash va davlat uy-joy fondi uylarida ijara shartnomasi shartlari asosida fuqarolarga taqdim etish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida:

◾️ tuman (shahar) hokimliklarida tibbiyot birlashmalari, kadastr bo'limi, aholini ijtimoiy muhofaza qiluvchi organ va fuqaroning doimiy yashash joyi bo'yicha fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari vakillaridan iborat tarkibda;

◾️ idoraviy uy-joy fondi bo'lgan tashkilotlarda ularning mas'ul xodimlari va kasaba uyushmasi vakilidan iborat tarkibda turar joy masalalari bo'yicha komissiya tuziladi.

😄 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqaro yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lgan vakili davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o'zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXPda ro'yxatdan o'tadi.

📃 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqaro yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lgan vakili Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish bo'yicha so'rovnomani elektron tarzda to'ldiradi.

So'rovnomada ko'rsatilmagan boshqa hujjatlarni ariza beruvchidan talab qilish ta'qiqlanadi.

🪙 Davlat xizmatlari ko'rsatilgani uchun yig'im undirilmaydi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ko_chma_savdo

⚖️ Navoiy viloyatida mavjud E-auksion onlayn platformasiga sadoga chiqarilgan ko‘chma savdo do‘konlari uchun bo‘sh yer uchastkalari.

🟢 Konimex tumani 204 ta (ko'rish)

🟢 Qiziltepa tumani 165 ta (ko'rish)

🟢 Navbahor tumani 148 ta (ko'rish)

🟢 Karmana tumani 142 ta (ko'rish)

🟢 Nurota tumani 186 ta (ko'rish)

🟢 Tomdi tumani 52 ta (ko'rish)

🟢 Uchquduq tumani 223 ta (ko'rish)

🟢 Xatirchi tumani 125 ta (ko'rish)

🟢 Navoiy shahar 40 ta (ko'rish)

🟢 G'ozg'on shahar 104 ta (ko'rish)

🟢 Zarafshon shahar 2 ta (ko'rish)

Eslatma: Ushbu yer uchastkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 485-sonli qaroriga asosan joylashish sxemalari har uch yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

🇺🇿 Qonunchilikka ko‘ra, sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish:

🟣BHMning 400 baravaridan 500 baravarigacha (132 mln so‘mdan 165 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;

🟣muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

🟣5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

❗️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from my.gov.uz
📣Eʼlon!

❗️my.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda

📱21 – 24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

⚙️ Shu munosabat bilan my.gov.uz portali va uning xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan barcha modullar, xususan, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan dxa.gov.uz axborot tizimi faoliyati cheklanadi.

🟡 Sizga bayram kunlarini maroqli oʻtkazishni tilaymiz! Bu vaqt ichida biz elektron davlat xizmatlarining ishlashini yanada yaxshilashga intilamiz!

📱Qoʻshimcha savollar boʻlsa, 1242 raqamiga murojaat qiling.

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📢📢📢📢📢

◾️ 2024 yilning 16-18 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi ◾️

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishiga ko‘ra, Respublikada “Navro'z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish, 🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, sog‘lom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-yil 16-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

#kadastr #hashar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM