Navoiy kadastr
665 subscribers
4.93K photos
750 videos
8 files
3.16K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз - дунё эътирофида!

Facebook|Instagram|Twitter
#yer_nazorati #Navoiy_shahar

⚡️ Yerning har bir qarichi hisobli

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Navoiy shahar bo'limi inspektorlari tomonidan Navoiy shahar "Janubiy" MFY Ibn-Sino ko'chasida joylashgan savdo do'konining orqa qismi 5 kv.metr fuqaro Sh.O tomonidan hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlangan.

📃 Aniqlangan holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaro Sh.O ga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish berildi.

⚡️ Berilgan ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan fuqaro o'z hisobidan ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etdi hamda yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_ma_lumot

Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

❗️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #yoshlar

🌟 Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan 30 yoshgacha bo'lgan xodimlar to'g'risida ma'lumot Infografika ko'rinishida.

📊 Eng ko'p yoshlar Toshkent viloyati hisobiga to'g'ri kelib 270 nafarni, eng kam yoshlar esa Sirdaryo viloyatida 97 nafarni tashkil qiladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targ_ibot

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi bosh mutaxassisi T.Yuldashev boshchiligida Davlat kadastrlari Palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi Navbahor tumani filialida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🤔Tadbirda korrupsiyani oldini olish, korrupsion holatlar vujudga kelgan qanday choralar ko‘rish hamda huquqiy hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha tushunchalar berildi.

🤔Tadbir davomida huquqiy hujjatlar rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish hamda fuqarolar bilan qanday muomalada bo‘lish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_ma_lumot

⚖️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.08.2023 yildagi 281-sonli qaroriga asosan tadbirkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion orqali quyidagilar ijaraga beriladi.

Davlatga tegishli tabiiy va sunʼiy suv havzalari (suv omborlari) - baliqni sanoat usulida yetishtirish, ovlash va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun;

Tabiiy va sunʼiy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari -suv bo‘yida plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni (o‘tov lagerlari majmuasi, konteynerlarni) joylashtirish uchun.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

🇺🇿Prezident Farmoni (PF–188-son, 07.11.2023 y.) bilan ayrim qonunchilik hujjatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

💠 Vazirliklar, Bosh prokuratura va Oliy sud 2024-yil 1-yanvargacha o‘zlariga biriktirilgan soha va tarmoqlar kesimida qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha Adliya vazirligiga taklif kiritadi.

Bunda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi:

⚡️mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini taʼminlash, shu jumladan, mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilash;

⚡️insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkinligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy talab asosida barcha qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, qonunosti hujjatlaridagi huquqiy taʼsir choralarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️uy-joy daxlsizligi huquqini taʼminlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️O‘zbekiston hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normaga muvofiq qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiya_taraqqiyotga_tahdid

Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid


💠 Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kеladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.

🔵 Shulardan kеlib chiqib, 🌟Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi bosh mutaxassisi T.Yuldashev boshchiligida⭐️ Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmalari xodimlari ishtirokida Zoom platformasi orqali yig'ilish bo'lib o'tdi.

🔵 Ushbu yig'ilishda Kadastr tizimida korrupsion holatlarni oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik, soha xodimlarining ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, kelib tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida sifatli bajarishi yuzasidan zarur ko'rsatmalar berildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM