Navoiy kadastr
710 subscribers
5.61K photos
826 videos
8 files
3.53K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792222738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🟢Ijara munosabatlarida huquq va majburiyatlarni qayta ijaraga berish tartibi belgilandi

🇺🇿Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-871, 23.10.2023 y) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi

“Ijara to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:

🟣Ijara munosabatlarining obyektlari bo‘yicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

🟣Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha huquq va majburiyatlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

🟣Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ushbu obyekt bilan birga mazkur obyekt band etgan hamda undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasi ijarasiga doir huquq va majburiyatlar ham qonunga muvofiq boshqa shaxsga o‘tadi, bunda ijaraga beruvchining roziligi talab etilmaydi.

🟣Qonunda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy va yuridik shaxslar ijaraga olingan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga ijara muddatidan oshmagan muddatga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin. Bunda ijara shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlar yangi ijaraga oluvchiga o‘tadi.

📈Shuningdek qonun bilan, Fuqarolik kodeksi va Yer kodekslariga servitut to‘g‘risidagi shartnomaga, servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga, servitutni o‘zgartirish va uni bekor qilish, servitut uchun haq to‘lash, ommaviy servitutni belgilash qoidalariga doir qo‘shimchalar kiritildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#kadastr_atamalari

🏘 Inshoot - har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo‘lishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib o‘tishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat, yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida hajmli, yassi yoki chiziq tarzida joylashgan qurilish tizimi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident #Kadastr_agentligi

So‘nggi yillarda bu sohada katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, topografik o‘lchovlar uchun Kadastr agentligi maxsus samolyot va aerofotokamera, 112 ta dron bilan taʼminlandi. Sohani raqamlashtirish uchun 6 ta axborot tizimi va maʼlumotlar markazi ishga tushirildi.

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-oktyabr kuni yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarini yaxshilash masalalari bo‘yicha o'tkazgan yig'ilishida aynan shunday masalalar ko'rib chiqildi.

📹 Batafsil videoda

🌐 Telegram    🌐 Instagram      🌐YouTube     🌐 Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

Ayni damda Navbahor tumani "Chorboqguzari" MFY binosida ⭐️Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan sayyor qabul o'tkazilmoqda.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zbekiston - 2030 strategiyasi

🇺🇿 «O‘zbekiston - 2030» strategiyasida 2023 yilga mo‘ljallangan 100 ta maqsadlardan biri - 59 - maqsadda xizmat ko‘rsatish obyektlari sonini oshirish uchun joriy yil so‘nggiga qadar 2 mingta lot auksionga chiqarilishi rejalashtirilgan.

#DavKadastrPalata #strategiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#kadastr_atamalari

📄Garov xati - ko‘chmas mulk obyekti garovga qo‘yilganligi to‘g‘risida yuridik yoki jismoniy shaxsga bank tomonidan beriladigan qarz guvohnomasi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul #Navbahor_tumani

🏆 Xabar berganimizdek, Navbahor tumanida fuqarolarning kadastr sohasiga oid muammolarini o'rganish maqsadida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

📃 Sayyor qabul davomida 10 nafar fuqarolarimizdan kadastr hujjatlarini tayyorlash, auksion orqali yer olish, xususiylashtirish to'g'risida murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlarning 📄5 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, ✔️1 ta murojaat shu joyning o'zida hal qilindi, 1 ta murojaat joyiga chiqqan holda o'rganildi va 📝3 ta murojaat o'rganish uchun belgilab olindi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#huquqiy_axborot

🌍 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini yer egasiga qaytarish tartibi

🌏 O'zbekiston Respublikasi yer kodeksi 91-modda

🟢 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

🟢 Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

🟢 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #Karmana_tumani

⚡️Karmana tumanida noqonuniy qurilish bartaraf etildi.

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Karmana tumani bo'limi inspektorlari tomonidan Karmana tumani "Talqoq" MFYda joylashgan savdo do'konlarining old qismi 72 kv.metr yer maydoni fuqaro S.T tomonidan hech qanday hujjatlarsiz egallab olinganligi aniqlangan.

📃 Aniqlangan holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaro S.T ga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish berildi.

⚡️ Berilgan ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan fuqaro o'z hisobidan ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etdi hamda yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаевнинг таклифига биноан 2-3 ноябрь кунлари Туркий давлатлар ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги йиғилишида иштирок этиш учун амалий ташриф билан Остона шаҳрида бўлади.

По приглашению Президента Республики Казахстан Касым-Жомарта Токаева Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 2-3 ноября посетит с рабочим визитом город Астану для участия в очередном заседании Совета глав государств Организации тюркских государств.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#kadastr #bo'sh_ish_o'rni

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tuman, shahar bo'limlarida mavjud bo'sh ish o'rinlari.

💻 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Uchquduq tumani bo'limi "Bosh inspektor" (Ariza topshirish)

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #Navoiy_shahar

⚡️Navoiy shahrida noqonuniy qurilish bartaraf etildi.

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Navoiy shahar bo'limi inspektorlari tomonidan Navoiy shahar "Hayot" MFY Oqsoy ko'chasi "Hayot" MFY binosining orqa qismi 72 kv.metr fuqaro B.T tomonidan hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlangan.

📃 Aniqlangan holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaro B.T ga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish berildi.

⚡️ Berilgan ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan fuqaro o'z hisobidan ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etdi hamda yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM