Navoiy kadastr
701 subscribers
5.33K photos
793 videos
8 files
3.37K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#savol_javob

Savol: Auksion savdolari orqali olingan yer maydonidan 2 yil davomida foydalanilmasa mulk huquqi bekor bo‘lishi mumkinmi?

❗️ Javob; O'zbekiston Respublikasi yer kodeksining 36-moddasi 10-bandiga asosan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkasidan bir yil mobaynida va qishloq xo‘jaligi sohasiga taalluqli bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berilgan yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida yer uchastkasiga bo'lgan huquqlar bekor qilinadi va yer maydoni tuman, shahar zaxira yer maydonlariga qaytariladi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_ma_lumot

Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

❗️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #Navoiy_shahar

🌟Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi Navoiy shahar bo'limi boshlig'i Sh.Jumayev boshchiligida 2023-yilning o'tgan 9 oyi davomida jami 56 ta yer qonunbuzilish holatlarida Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan 408 mln 800 ming so'm jarima qo'llanilgan.

🤔 Batafsil: Markaz24 maqolasida

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бишкек шаҳрида Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги мажлисида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в очередном заседании Совета глав государств Содружества Независимых Государств в городе Бишкеке.

#Mirziyoyev #sammit #MDH #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#yer_nazorati #zarafshon_shahar

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Zarafshon shahar bo'limi inspektorlari tomonidan Zarafshon shahar "Oltin Vodiy" MFY 3-kichik tumanida joylashgan savdo do'konning yon qismi 6 kv.metr yer maydoni fuqaro N.A tomonidan hech qanday hujjatlarsiz egallab olinganligi aniqlangan.

📃 Aniqlangan holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaro N.A ga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish berildi.

⚡️ Berilgan ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan fuqaro o'z hisobidan ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etdi hamda yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #huquqiy_ma_lumot

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi.

🟢so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi.

🟢ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi.

🟢ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda.

🟢vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

❗️ Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_manzillari #Navoiy

🗺 Navoiy viloyatida joylashgan kadastr idoralarining manzillari

📍 Navoiy shahar
📍 Karmana tumani
📍 Navbahor tumani
📍 Konimex tumani
📍 Qiziltepa tumani
📍 Xatirchi tumani
📍 G'ozg'on shahri
📍 Nurota tumani
📍 Zarafshon shahri
📍 Tomdi tumani
📍 Uchquduq tumani

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #Navoiy #infografika

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan 2023-yilning o'tgan 9 oyi davomida jami 469 ta holatda 55,42 gektar yer maydonlari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan hech qanday hujjatlarsiz noqonuniy egallab olingani aniqlandi.

⚖️ Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallagan shaxslarga nisbatan ko'rilgan choralar.

🟣 Bartaraf etish yuzasidan yuborilgan yozma ko'rsatmalar 469 ta 55,42 gektar.

🟣Ma'muriy javobgarlikka tortilganlar 469 ta 55,42 gektar.

🟣 Qonun buzilish holatlarini ixtiyoriy bartaraf etilganlar 382 ta 33,1 gektar.

🟣 Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga kiritilgan da'vo arizalar 36 ta 6,1 gektar.

🟣 Qo'shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilgan holatlar 2 ta 0,07 gektar.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #xalqaro_press_klub
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

🌟Kadastr xizmatlarini ko‘rsatish ishlari ham elektronlashtirilishi borasidagi islohotlar aholiga qanday qulaylik beryapti?

🏠Avval uy qurib keyin kadastr qilinadimi yoki kadastr qilib keyin uy quriladimi?

🌍Yerlarni xususiylashtirish talablari qanday? Qaysi davlat idoralari bu jarayonda ishtirok etadi?

🔍Yuqoridagi savollarning barchasiga bizning ko'rsatuvimiz orqali javob oling!

📺Ayni daqiqalarda "O'zbekiston 24" telekanalida Kadastr agentligi direktori o’rinbosari Mirsaid Mirmaksudov ishtirokidagi intervyuni ko'rishingiz mumkin!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.09.2023-yildagi 470-sonli qaroriga asosan turar joy oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlashda notariusga kadastr yig‘majildi taqdim etilmaydi.

🟢notariuslar bilan ma’lumot almashinuvida yer uchastkasi va koʻp yillik dov-daraхtlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar хam taqdim etiladi;

🟢turar joy oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlashda notariusga koʻchmas mulkning kadastr yigʻmajildini taqdim etish amaliyoti bekor qilinadi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_auksion

🗺 Navoiy viloyatida mavjud E-auksion.uz onlayn platformasiga savdoga chiqarilgan bo‘sh yer uchastkalari

🟢 Tadbirkorlik va shaharsozlik uchun 994 ta (ko'rish)

🟢 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari 69 ta (ko'rish)

🟢 Yakka tartibda uy-joy qurish uchun 30 ta (ko'rish)

🟢 Yoshlar sanoat zonalari uchun 72 ta (ko'rish)

🟢 Kichik sanoat zonalari uchun 70 ta (ko'rish)

🟢 Erkin iqtisodiy zonalari uchun 146 ta (ko'rish)

🟢 Xalqaro yo‘llar bo‘yidagi xizmat ko‘rsatish joylari uchun 6 ta (ko'rish)

🟢 Nodavlat umumta'lim va maktabgacha ta'lim muassasalari uchun 1 ta (ko'rish)

🟢 Mikromarkazlar uchun 113 ta (ko'rish)

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_xizmatlar

🕐 Koʼchmas mulkka doir elektron davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning:

🟢 Kadastr pasportini shakllantirish;

🟢 Turar joyning maydoni boʼyicha maʼlumotnoma olish;

🟢 Koʼchmas mulk obʼektlariga boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish;

🟢 Davlat kadastr reyestridan koʼchmas mulk boʼyicha koʼchirmani tekshirish;

🟢 Oʼzganing yer uchastkasidan foydalanish uchun ruxsatnoma;

🟢 Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat roʼyxatidan oʼtkazish;

🟢 Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish;

🟢 Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi bor yoki yoʼqligi toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma olish;

🟢 Kadastr obʼektiga taqiqni tekshirish va boshqalar;

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM