Navoiy kadastr
711 subscribers
5.29K photos
789 videos
8 files
3.36K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
RASMIY MUNOSABAT

Facebook ijtimoiy tarmog'i orqali НАВОИЙ ВИЛОЯТИ КАРМАНА ТУМАНИ КАДАСТР БЎЛИМИНИ НОҚОНУНИЙ ИШЛАРИ САБАБ ХАЛҚНИ ҲАҚҚИ ТАЛОН ТАРОЖ ББ КЕТДИ sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingan edi.

🌟Kadastr agentligi va 💫Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari tomonidan ushbu holatlar e'tiborga olingan va natijasi bo'yicha batafsil ma'lumot beriladi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari

Vaqtinchalik qurilmalar - obyektlar quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va ta’mirlanadigan, dala ishlari (geodeziya, qishloq ho‘jaligi, o‘rmonchilik, baliq ko‘paytirish va boshqalar) bajariladigan mavsumiy savdo, umumiy ovqatlanish, o‘qitish va boshqa jarayonlar davrida maxsus barpo etiladigan yoki moslashtiriladigan hamda ulardan foydalanish zarurati bo‘lmaganda bartaraf etish (buzish) imkoniyati mavjud bo‘lgan kapital hisoblanmagan ishlab chiqarish, ombor sifatida ishlatiladigan bino va inshootlar.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KADASTR_MANZILLARI

💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasining Nurota tuman filiali

⚡️ Filial rahbari - Ro'zimurodov Elmurod Fayzi o'g'li

📍 Nurota shahri Eshon Sudur MFY Islom Karimov ko'chasi 4-uy

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, yerni xususiylashtirish shu va shu kabi sohaga doir murojaatlaringiz bormi

Sohaga doir murojaatlarga vakolat doirasida huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz.

☎️ Murojaat uchun telefon: +998-79-523-15-49

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_atamalari

🛣 Magistral ko‘chalar - aholi punktining ma’muriy markazini boshqa funksional zonalari bilan bog‘lovchi, shuningdek, uning hududida umumiy foydalanishdagi transport va boshqa transport vositalari hamda piyodalar serqatnov bo‘lgan asosiy ko‘chalar.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚖️ Notariuslar va 🌟Kadastr organlarining idoralararo hamkorligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra:

notariuslar bilan ma’lumot almashinuvida yer uchastkalari va ko‘p yillik dov-daraxtlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham taqdim etish;

🏠turar joy oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlashda notariusga ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini taqdim etish amaliyotini bekor qilish;

⚙️notariuslar va kadastr organlarining o‘zaro hamkorligini “Elektron hukumat” tizimi orqali amalga oshirish;

🌳ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kadastr pasportini tayyorlashning aniq muddatlarini belgilash kabi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Asos: VM-470,14.09.2023

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_atamalari

📃 Ixtisoslashishini o‘zgartirish - bino va inshootlarni yoki alohida xonalarni, shu jumladan, qurilishi yakunlanmaganlarini ularning dastlabki loyiha-smeta va kadastr hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadli yo‘nalishining rekonstruksiya qilingan va rekonstruksiya qilinmagan o‘zgarishi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #infografika

⭐️ Navoiy viloyatida yer va kadastr sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qo‘llanilgan ma’muriy jarimalar to‘g‘risida (2023-yil 1-oktabr holatiga) ma'lumot infografika ko'rinishida

⚖️ Navoiy viloyati bo'yicha jami 852 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma'muriy jarima qo'llanilgan

✍️ Jumladan:

😎60-modda 2-qismi bilan 113 ta,

😎60-moddasi 3-qismi bilan 22 ta,

😎68-moddasi 1-qismi bilan 54 ta,

😎68¹-moddasi bilan 663 tani tashkil etadi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

⭐️ Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmalari mas'ullari ishtirokida qonunchilikdagi yangiliklar va ularning mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani "Yoshlar" telekanalining "Yangi davr" informatsion dasturida.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #imtiyoz

⚡️Yetim bolalar kadastr xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etilgan.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar
ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etilgan.

Bu norma 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi "Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra belgilangan.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat daromadiga olingan mol-mulklar “E-auksion shop” orqali sotiladi

🇺🇿Hukumat qarori (526-son, 04.10.2023 y.) bilan “Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

📃 Nizom bilan davlat daromadiga olingan mol-mulklarni (oziq-ovqat mahsulotlari, avtomototransport, ko‘chmas mulk va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa mulkiy huquqlar bundan mustasno) soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi belgilandi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Milliy yer hisoboti borasida ishlar muhokama etildi.▪️

💫Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi Davlat yer kadastrini yuritish shoʻbasi hamda viloyatdagi barcha shahar va tumanlar mutaxassislari ishtirokida video muloqot bo‘lib o‘tdi.

⚡️Mazkur yig‘ilishda Ijro intizomi, Yer maydonlarini auksionga chiqarishda yer hisobotiga ma’sul mutaxassisning vazifalari va "UZKAD" dasturiga kiritilgan yer fondi toifalari, ularning yer turlaridagi xato va kamchiliklarni qayta ko‘rib chiqish hamda bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

⚡️Shuningdek, 2024-yil 1-yanvar holatiga "Milliy yer hisobotini" yakunlash va tasdiqlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_atamalari

Rekonstruksiya qilish - binolardan foydalanish sharoitlarini o‘zgartirish, ularning jismoniy eskirishi tufayli yuzaga kelgan yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirish, binolardan foydalanishning yangi maqsadlariga erishish uchun asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni (yuklamalarni, xonalarning rejalashtirilishini, binoning qurilish hajmini va umumiy maydonini, muhandislik jihatdan jihozlanishini) o‘zgartirish bilan bog‘liq qurilish ishlari va tashkiliy-texnik tadbirlar hamda ko‘p kvartirali uydagi joyni qayta rejalashtirish majmui.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #bo'sh_ish_o'rni

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tuman, shahar bo'limlarida mavjud bo'sh ish o'rinlari.

💻 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Uchquduq tumani bo'limi "Bosh inspektor" (Ariza topshirish)

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_axborot

⚡️ Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish oqibatlari

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi yer kodeksi 91 prim 1-modda

📄 O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

🌏 Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_manzillar #Karmana_tumani

📍Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Karmana tuman bo‘limi

⭐️ Bo‘lim boshlig'i - Hamzayev Nuriddin Orifovich

Sohaga doir murojaatlarga vakolat doirasida huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz

☎️ Murojaat uchun telefon: +998-79-532-55-37

🕐 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha, soat 13:00 dan 14:00 gacha tushlik vaqti

📍Manzil: "Mirsaid Baxrom" MFY Jasorat ko'chasi 2-uy

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_Javob

SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

✏️ Savol: Qanday holatlarda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yig‘im
undirilmaydi ?

Javob: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.2014-yildagi 186-sonli qaroriga asosan quyidagi holatlarda ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlar va ular bo'yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishda to'lov amalga oshirilmaydi.

🟢 fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

🟢 qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno);

🟢 qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hamda huquq boshqa shaxsga o‘tgan hollar bundan mustasno);

🟢 tadbirkorlik subyekti - yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_manzillar #Karmana_tumani

📍Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Qiziltepa tuman bo‘limi

⭐️ Bo‘lim boshlig'i - Axrorov Furqat Farxodovich

Sohaga doir murojaatlarga vakolat doirasida huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz

☎️ Murojaat uchun telefon: +998-79-555-35-80

🕐 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha, soat 13:00 dan 14:00 gacha tushlik vaqti

📍Manzil: Qiziltepa shahar, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 43-uy

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaatlar #infografika

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasiga 2023-yilning o'tgan 9 oyi davomida yuridik va jismoniy shaxslardan jami 417 ta murojaatlar kelib tushgan.

🕐 Kelib tushgan 213 ta murojaatga tegishli choralar ko'rilgan, 191 ta murojaatga tushuntirish berish orqali ijobiy hal qilingan, 1 ta murojaat qayta yo'llanganligi sababli rad etilgan qolgan 12 ta murojaatlar ko'rib chiqish jarayonida.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #huquqiy_ma_lumot

⚡️ Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi

🟢 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda.

🟢 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda.

🟢 kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

❗️ Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM