Navoiy kadastr
660 subscribers
4.94K photos
751 videos
8 files
3.16K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #Geoinnovatsiya #xalqaro_uchrashuv

🟢Avval xabar berganimizdek 🇰🇷 Koreya Respublikasining 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi  Tijoriy hamkorlik masalalari bo‘yicha bo‘linmasi (KOTRA), Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi hamda 🌟Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi hamkorligida “Drone Show” ilmiy-amaliy seminari bo'lib o'tmoqda.

🗣Ayni damda poytaxtimizning "Hilton" mehmonxonasida 🇰🇷 Koreya Respublikasining Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi huzuridagi Koreya Aviatsiya xavfsizligi texnologiyalari instituti hamda 🌟Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" DUK o'rtasida o'zaro tomonlarga manfaatdor bo'lgan sohalarda hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida 🖋AHDLASHUV BAYONNOMASI imzolanmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_Javob

SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

✏️Savol: Biz yashab kelayotgan hovli 1980-yillarda qurilgan shundan buyon mol-mulk soliqlarini to’lab kelamiz lekin kadastr hujjatlari mavjud emas qanday qilib kadastr hujjatlarini rasmiylashtirsam bo‘ladi ?

Javob: O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 187-moddasiga asosan agar Siz mulkdor bo‘lmagan, lekin ko‘chmas mol-mulkka o‘n besh yil davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan bo'lsangiz u holda ushbu moddaga asosan o'n besh yillik soliq to'lovi haqidagi ma'lumotlarni ilova qilgan holda fuqarolik sudiga ariza bilan murojaat qilasiz.

⚖️ Fuqarolik sudi tomonidan egalik qilish haqidagi qarorni qo'lga kiritganingizdan so'ng shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Davlat xizmatlari markaziga yoki my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat qilasiz va belgilangan muddatda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy filiallari tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtirib beriladi.

🌐Telegram  📷Instagram  📱Facebook  ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko'chmas mulk oldi-sotdi qilingandan so'ng uning kadastr raqami o'zgaradimi
Anonymous Quiz
24%
Ha, kadastr raqami o'zgaradi
74%
Yo'q, kadastr raqami o'zgarmas hisoblanadi
3%
Ma'lumotga ega emasman
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar

🌟 Kadastr sohasida savol, taklif, shikoyat va murojaatlaringiz bo‘lsa ☎️Ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling !

🟦 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig'i Tuxtayev Otabek Uzokovich
📍 Navoiy shahri, 210100, Ma‘rifat ko‘chasi, 8-uy
☎️ +998-79-224-27-38

🟦 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi Navoiy shahar filiali boshlig'i Babajanov Xurshid Axmadovich
📍 Navoiy shahar A.Temur ko'chasi 4-uy
☎️ +998-79-223-86-25

🟦 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi Karmana tuman filiali boshlig'i Aliqulov Sanjar Shojalil o'g'li
📍 Karmana tumani "Mirsaid Baxrrom" MFY Jasorat ko'chasi 2-uy
☎️ +998-79-532-55-37

🟦 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi Konimex tuman filiali boshlig'i Qurbonov Abbos Mamarasulovich
📍 Konimex tumani Birlik MFY Abay ko'chasi 13-uy
☎️ +998-79-512-14-84

🟦 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi Navbahor tuman filiali boshlig'i Umirzoqov Alisher Otabekovich
📍 Navbahor tumani, Beshrabot MFY, Bobur shox ko‘chasi 2-uy
☎️ +998-79-562-14-94

🟦 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi Qiziltepa tuman filiali boshlig'i Xo'jamov Ummad Pramovich
📍 Qiziltepa shahri O'zbekiston shox ko'chasi 43-uy
☎️ +998-79-555-35-81

🟦 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi Xatirchi tuman filiali boshlig'i Shodiyev Abdusafar Abduqodir o'g'li
📍 Xatirchi tumani Mustaqillik ko'chasi 34-uy
☎️ +998-94-377-05-10

🟦 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi Nurota tuman filiali boshlig'i Ro'zimurodov Elmurod Fayzi o'g'li
📍 Nurota shahri Eshon Sudur MFY Islom Karimov ko'chasi 4-uy
☎️ +998-79 523-15-49

🟦 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi Uchquduq tuman filiali boshlig'i Yorqulov Oydin Muhiddin o'g'li
📍 Uchquduq tumani Amir Temur ko'chasi 10A uy
☎️ +998-97-367-86-77

🟦 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi Zarafshon shahar filiali boshlig'i Nosirov Ruslan Fazliddin o'gli
📍 Zarafshon shahri 4-kichik tuman, 22a-uy
☎️ +998-79-573-21-42
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #dron_show #xalqaro_aloqalar

🇰🇷Koreya Respublikasining 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi Tijoriy hamkorlik masalalari bo‘yicha bo‘linmasi (KOTRA), Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi hamda 🌟Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi hamkorligida tashkil etilgan 👌“Drone Show” ilmiy-amaliy seminarining ikkinchi kuni o‘z nihoyasiga yetdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foydali_ma_lumot

📃Yer uchastkasining egalik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomi va
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi 803-son Qonuni asosida amalga oshiriladi.

🪙Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan to‘lovlar
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 2021-yil 18-maydagi 306-son qaroriga asosan amalga oshiriladi.

🌐Telegram 📷Instagram 📱Facebook ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_Javob

SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

✏️ Savol: Qanday holatlarda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yig‘im
undirilmaydi ?

Javob: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.2014-yildagi 186-sonli qaroriga asosan quyidagi holatlarda ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlar va ular bo'yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishda to'lov amalga oshirilmaydi.

🟢 fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

🟢 qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno);

🟢 qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hamda huquq boshqa shaxsga o‘tgan hollar bundan mustasno);

🟢 tadbirkorlik subyekti - yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

🌐Telegram  📷Instagram  📱Facebook  ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Hujjatsiz yerga 3 baravar stavkada soliq hisoblash to‘xtatiladi▪️

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14-iyundagi "Faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada, rag'batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi timonidan ortiqcha xarajatlarga yo'l qo'ymaslik hamda qo'shimcha ish o'rinlarini yaratishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-192-son qaroriga ko'ra:

➡️ 2024-yil 1-iyungacha yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer soligʻining 3 karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibi toʻxtatiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foydali_ma_lumot #kadastr_pasporti

Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🟢ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🟢ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

🟢kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

🕖 Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Asos: 🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-sonli qarori

🌐Telegram 📷Instagram 📱Facebook ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foydali_ma_lumot #kadastr_pasporti

📄Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.

📝Ariza beruvchilar oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi nomidan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi.

📃Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

🖨Soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

🅰️Kadastr (yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Asos: 🇺🇿Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 535-son qarori.

🌐Telegram 📷Instagram 📱Facebook ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Masofa belgilash tartibi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi turar joy bilan ijtimoiy obyektlar o‘rtasidagi masofa bo'yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

➡️ Foydali bo'lgan ushbu ma'lumotlarni kengroq tarqating.

#DavKadastrPalata #masofa

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Sayyor_qabul

📣 DIQQAT EʼLON 📣

🟢 Hurmatli Navoiy viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari ❗️

➡️ Aholining 🌟Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Navoiy viloyati aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📄 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 23-iyun kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

➡️ Sayyor qabul 🌟Kadastr agentligi direktor o'rinbosari M.S.Mirmaksudov boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Navoiy viloyati, Qiziltepa tuman hokimligi binosi.

☎️ Murojaat uchun: +998 (79) 224-02-31

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #hudud_intervyu

🌍 YERNI ASRAGANNI- EL ASRAYDI.

🌟 Kadastr xizmatlarini ko'rsatish, yer va kadastr nazorat ishlarini olib borish yo'nalishlarida amalga oshirilgan ishlar va shunga o'xshash bir qancha savollarga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi 🌟Kadastr agentligining Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i-Nishonov Doniyor Baxtiyorovich hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig'i- Tuxtayev Otabek Uzokovichlar javob berdi. ▶️

➡️ Hurmatli fuqarolar loyihamizning navbatdagi mehmoni 🌟Kadastr agentligining 💫Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i bo'ladi. Sizda Kadastr sohasiga oid savollaringiz bormi unda 📱 Telegram messenjeri orqali @Kadastrga_murojaat akauntiga yuborishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #Prezident_qarori

🇺🇿O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qaroriga muvofiq Qurbon hayitining birinchi kuni joriy yiilning 28-iyun – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM