Navoiy kadastr
685 subscribers
5.07K photos
771 videos
8 files
3.25K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

Joriy yilning 28-fevral sanasida "Avtoturargoh o'rniga qurilgan noqonuniy bino qachon buziladi? " sarlavhasi ostidagi videorolik ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Holat yuzasidan Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Navoiy shahar bo'limi inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o'rganilganda Navoiy shahri Me'morlar ko'chasi 11A uyda joylashgan "Navoiy avtosavdo" MCHJga tegishli 2400 kv.metr yer maydonini kengaytirish uchun Navoiy shahar hokimligining 2017-yil 27-noyabrdagi K-1031/11 sonli qaroriga asosan 2300 kv.metr yer maydoni "Sotuvdagi avtomobillarni vaqtinchalik saqlash ayvoni va yo'lak" qurilishi uchun besh yil davomida faoliyat turini o'zgartirmaslik va yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini boshqa shaxsga o'tkazmaslik sharti bilan ajratib berilganligi, o'ziga tegishli yer maydonidan chiqmagan holda avtomobillar yuvish joyi qurilganligi va avtomobillar yuvish joyiga nisbatan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmaganligi aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan "Navoiy avtosavdo" MCHJ rahbariga nisbatan ogohlantirish berilganiga qaramasdan bino inshootga nisbatan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmaganligi sababli ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik" 68 prim 1-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravari miqdorida jarima qo'llanilgan.

🌐Telegram 📷Instagram 📱Facebook ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚜️Ibrat onlari⚜️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi korrupsiyaga qarshi kurashda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi tashabbusi bilan Navoiy viloyatida kadastr sohasidagi xotin-qizlarning muammolariga amaliy ko‘mak berish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida viloyat Xotin-qizlar boshqarmasi hamda Oqila ayollar harakati masʼullari va boshqa mutasaddilar qatnashishdi. Xotin-qizlarning murojaatlari davomida oliy taʼlimda o‘qishlari uchun tavsiyanoma berish, moddiy va maʼnaviy qo‘llab quvvatlash va bir qator boshqa masalalar o‘rganildi, tegishliligi bo‘yicha amaliy yordam beriladigan bo‘ldi.

Yaqinlashib kelayotgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan kadastr sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar tabriklanib iliq tilaklar bildirildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda "Noqonuniy yer savdosi fosh etildi" sarlavhasi ostida maʼlumot ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi ushbu mavzu bo‘yicha quyidagilarni maʼlum qiladi.

Navbahor tumanida joylashgan 204.9 gektar yer maydoni egasi fermer xo‘jaligi raisi A.Z uzumchilik faoliyati uchun 10 yil muddatga berilgan yerni ishlab chiqarish korxonasi sifatida fuqaro D.M ga sotishni o‘ylagan. Fuqaroning ishonchiga kirib 180 million yer maydoni uchun va 1000 AQSh dollari kadastr hujjatlarini tayyorlash uchun Navbahor tuman kadastr bo‘limi yetakchi mutaxassisiga berishi aytgan. Ammo bo‘lgan ishlardan kadastr xodimining umuman xabari bo‘lmagan. Fermer xo‘jaligi raisi A.Z ushbu noqonuniy ishini amalga oshirish uchun Kadastr agentligi Navbahor tuman bo‘limiga ham borib kadastr xodimidan maslahat so‘ragan. Ammo kadastr xodimi bu ish noqonuniy ekanligini ta'kidlab unga tushuntirish bergan. Xodimning ishdan tashqari holatda uchrashishini so‘raganda rad javobini olgan fermer xo‘jalik raisi joriy yilning 21 yanvar shanba kuni soat 18-40 lar atrofida buvim va qarindoshim deb tanishtirgan ikki nafar shaxs bilan birgalikda kadastr xodimining uyiga borishgan. Ammo uyga kelib ham bu ish noqonuniyligini eshitgan shaxslar ketishga majbur bo‘lishgan. Ammo fuqaro D.Mdan 180 million so‘m yer maydoni uchun va 1000 AQSH dollari kadastr xodimi uchun deb pullarni olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan. Hozirda holat bo‘yicha surishtiruv, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Forwarded from Huquqiy axborot
#Адлия_хабари

📋 Ҳукумат фармойишига (91-Ф, 04.03.2023 й.) асосан Наврўз умумхалқ байрамини муносиб нишонлаш ҳамда муборак Рамазон ойини қарши олишга тайёргарлик кўриш, маҳаллалар, аҳоли турар жойларини ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш, аҳолининг ижтимоий ҳимояга муҳтож қатламларини қўллаб-қувватлаш мақсадида 2023 йил 11 март куни “Обод ва файзли маҳалла – юрт кўрки” шиори остида умумхалқ хайрия ҳашари ўтказилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Prezident

Ассалому алайкум, муҳтарама онахонлар!
Мунис опа-сингиллар!
Дилбар қизларим!
Аввало, сиз, азизларни, сизларнинг тимсолингизда бутун Ўзбекистон хотин-қизларини 8 март байрами билан чин қалбимдан муборакбод этаман. Барчангизга ўзимнинг юксак ҳурматим ва эзгу тилакларимни билдираман.

Биз бу қутлуғ байрамни доимо орзиқиб, катта қувонч ва ҳаяжон билан кутамиз. Чунки бу шукуҳли айём юртимизга яшариш ва янгиланиш фаслини – фасли навбаҳорни бошлаб келади. Бу байрам дилимиздаги сиз, азизларга бўлган самимий ҳурмат ва эҳтиромимизни, меҳру муҳаббатимизни яна бир бор ифода этишга имкон беради.

Бугун ҳар биримиз чексиз миннатдорлик ҳисси билан Яратганнинг буюк мўъжизаси бўлган аёл зотига – меҳрибон оналаримиз, қадрли опа-сингилларимиз, лобар қизларимиз шаънига энг гўзал сўзларни айтишимиз табиийдир.

Биз сизларни энг аввало фидойилик тимсоли деб биламиз. Меҳридарё қалбингиз, ақл-заковатингиз, севги ва садоқатингиз учун сизлардан бир умр қарздормиз.

Янги Ўзбекистонни барпо этишда, Учинчи Ренессанс бунёдкори бўлган ёш авлодни тарбиялашда сизларга, сизларнинг буюк мураббийлик фазилатларингизга таянамиз.

🇺🇿Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Халқаро хотин-қизлар кунига бағишланган тантанали маросимдаги нутқидан

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#8_mart #bayram_tadbiri

⭐️ Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari jamoasi kadastr sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni kirib kelayotgan 💐 8-mart bayrami bilan tabriklashdi.

🌸 Bayram ko'tarinki ruhda davom etib, samimiy tilaklar bildirildi va estalik sovg'lari topshirildi.

🌐Telegram 📷Instagram 📱Facebook ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_tabrigi

🌸 Hurmatli ayollar, muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar Sizlarni nafosat va go‘zallik bayrami 💐 8 mart – "Xalqaro xotin-qizlar” kuni bilan ⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi nomidan samimiy muborakbod etaman!

Sizlarga uzoq umr, sihat -salomatlik, baxt omad tilayman. Oilangizga tinchlik xotirjamlik, ishlaringizda eng katta yutuqlarga erishishingizda tilakdoshman.

Hurmat va ehtirom bilan ⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig'i.

Nishonov Doniyor Baxtiyorovich
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi

🟢Dehqon xo‘jaliklari tashkil etish uchun fuqarolarga yerlar qanday o‘lchamlarda ajratilishini bilasizmi?

🎬 BATAFSIL VIDEODA

‼️ESLATMA
Dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ajratilgan yerlarga uy-joy va bino-inshootlar qurish qatʼiyan taqiqlanadi. Bunday harakatlar Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq yer uchastkasiga bo‘lgan huquq bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.

⭐️Kadastr agentligi fuqarolarni yerlardan to‘g‘ri maqsadda foydalanishga chaqiradi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM