Navoiy kadastr
658 subscribers
4.95K photos
754 videos
8 files
3.17K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Auksionga chiqarilgan 766 gektar yer 662 milliard so‘mga sotildi

🗺O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi umumiy yer maydoni 2022-yil 1-yanvar holatiga 44 million 892 ming 400 gektarni tashkil qiladi. O‘tgan yil 1-maydan boshlab O‘zbekistonda ilk bor yangi integratsiyalashgan axborot tizimida avvalo qishloq xo‘jaligi yerlarini elektron shaklda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshlandi.

📝Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun yer uchastkalarini auksion orqali realizatsiya qilish bo‘yicha, “Yerelektron” axborot tizimiga jami 88 mingta – 5 ming 653 gektar bo‘sh yer uchastkasi bo‘yicha taklif kiritildi, – deydi Davlat kadastrini yuritishda hududlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Qobil Bobojanov.

💬Batafsil

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siz_uchun_foydali

📑Kadastr obyektiga ta'qiq bor yoki yo'qligini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham tekshirish mumkin.

⚡️Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.

💠Xizmatdan foydalanish 👉https://my.gov.uz/oz/checking-ban-cadastral-object

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#Kadastr #Korrupsiyaga_qarshi_kurash

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2022-yil 17-avgustdagi 8-sonli bayonnomasi bilan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

💠Mazkur rejaga muvofiq, 5-dekabr kuni Kadastr agentligi binosida Agentlik rahbariyati, tegishli mas’ullar hamda jurnalistlar ishtirokida "Kadastr agentligi faoliyati ochiqligini taʼminlash, korrupsion xatarlarni oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy korrupsiyaga karshi kurashish tizimlarini joriy etish"ga bag'ishlangan ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#onlayn_auksion

🌏 Navoiy
viloyatida mavjud E-auksion.uz onlayn platformasiga savdoga chiqarilgan bo‘sh yer uchastkalari

🔷 Tadbirkorlik va shaharsozlik uchun 1 146 ta (ko'rish)

🔷 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari 37 ta (ko'rish)

🔷 Yakka tartibda uy-joy qurish uchun 7 ta (ko'rish)

🔷 Ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 2 ta (ko'rish)

🔷 Yoshlar sanoat zonalari uchun 40 ta (ko'rish)

🔷 Kichik sanoat zonalari uchun 36 ta (ko'rish)

🔷 Erkin iqtisodiy zonalari uchun 10 ta (ko'rish)

🔷 Nodavlat umumta'lim va maktabgacha ta'lim muassasalari uchun 1 ta (ko'rish)

🔷 Mikromarkazlar uchun 6 ta (ko'rish)

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️O‘zbekistondagi 91 foiz yer maydonining elektron xaritasi tuzildi

⁉️Raqamlashtirish nima beradi?

📄Mamlakatimizning 40,8 million gektar, ya’ni 91 % yer maydonining elektron xaritasi yaratilib, 36,9 million gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Avval hisobga olinmagan 626,2 mingta yangi obyekt, 498,9 mingta qo‘shimcha qurilmalar aniqlandi – deydi Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Allaberganov.

📝Batafsil o'qish uchun

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar himoyasi yana-da kuchaytirilmoqda. Bu haqida Yoshlar teleradiokanalining "Yangi Davr" informatsion dasturi orqali xabardor bo'lishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Qaror va ijro: Xatirchi va Qiziltepa tumanlarida yer fondi o‘zgardi

📝Xatirchi tumanining Oltinsoy massivi hududidagi Xatirchi davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli 15 gektar, Qiziltepa tumanidagi “To‘dako‘l” suv ombori atrofida joylashgan Navoiy davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli 90 gektar jami 105 gektar o‘rmon fondi toifasiga kiritilgan sug‘orilmaydigan yaylov yer maydonlari tumanlar zaxirasiga qaytarildi - deydi Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Mansur Nosirov

📌Batafsil o'qish uchun

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#murojaatlar #infografika

📩 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasiga joriy yilning 11 oyi davomida yuridik va jismoniy shaxslardan jami 612 ta murojaatlar kelib tushgan.

Kelib tushgan 251 ta murojaatga tegishli choralar ko'rilgan, 361 ta murojaatga tushuntirish berish orqali ijobiy hal qilingan.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#Konstitutsiyaga_30_yil

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8-noyabrdagi tegishli Farmoni bilan taʼsis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi Qiziltepa tumani filiali kadastr muhandisi Abdusattorov Musoqul taqdirlandi.

💐 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi jamoasi M.Abdusattorovni taqdirlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#qaror

📑 Amalda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini auksionga chiqarish bosqichlari qisqartirilib, ijara huquqi bilan yer olishda 48 ish kuni, mulk huquqida 74 ish kunigacha sarflangan vaqt endilikda 16 va 22 ish kunigacha qisqartirildi.

📍 Batafsil: https://t.iss.one/uz_kadastr/2430

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
▫️Qonunchilikdagi yangiliklar▫️

⚜️ Ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi.

Qonun (O‘RQ–808, 06.12.2022 y.) bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

🟣 Unga ko‘ra, endilikda davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi:

▫️ ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun:

agar ko‘chmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida joylashgan bo‘lsa, BHMning 1 baravari (ilgari ko‘chmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha);

agar ko‘chmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida joylashgan bo‘lsa, BHMning 50 foizi (ilgari ko‘chmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab BHMning 50 foizidan 1,5 baravarigacha).

🟣 mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga o‘zgartishlar kiritganlik uchun:

mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasi, bolalari va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga – BHMning 10 foizi (ilgari BHMning 25 foizi);

jismoniy shaxslar uchun – BHMning 25 foizi (ilgari BHMning 50 foizi);

yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa – BHMning 50 foizi (ilgari BHMning 1 baravari).

🟣 mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun – BHMning 25 foizi (ilgari BHMning 50 foizi).

🟣 garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:

jismoniy shaxslar uchun – BHMning 1 baravari (ilgari shartnoma summasiga qarab BHMning 1 baravaridan 2 baravarigacha);
yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa – BHMning 2 baravari (ilgari shartnoma summasiga qarab BHMning 2 baravaridan 4 baravarigacha).

🟣 qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun – BHMning 25 foizi (ilgari shartnoma summasiga qarab BHMning 25 foizidan 1 baravarigacha).

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8-noyabrdagi tegishli Farmoni bilan taʼsis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan 🌟Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi Xatirchi tumani filiali xodimi G'olib Xoliqov taqdirlandi.

⭐️Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi jamoasi G'.Xoliqovnini taqdirlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

🌐 Telegram 📷Instagram 📱Facebook ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM