Navoiy kadastr
697 subscribers
5.44K photos
804 videos
8 files
3.42K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев давлат раҳбарларининг “Марказий Осиё – Европа Иттифоқи” форматидаги биринчи мажлисида иштирок этиш учун амалий ташриф билан Остона шаҳрига жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев
отбыл с рабочим визитом в город Астану для участия в первом заседании глав государств в формате «Центральная Азия – Европейский Союз».

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #YI #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🟡#kadastr #qaror #vm_610

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 18-oktabr kunidagi "KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNING HISOBINI YURITISHDA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH, SHUNINGDEK, KADASTR SOHASIDAGI AYRIM MA’MURIY TARTIB-TAOMILLARNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi 610-son qarorga ko'ra ochiq ma'lumotlarni taqdim etish tartib-tamoyillari bilan infografikada tanishib oling.

🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ma_muriy_javobgarlik #Navoiy

⚖️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi va tuman, shahar bo'lim inspektorlari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan 1 914 ta holatda Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma'muriy javobgarlikka tortildi.

📂 Batafsil

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
▫️1 km.kv. maydonga necha kishi to‘g‘ri keladi?▫️

🔘 2022 yilning 1 oktabr holatiga O‘zbekistonda 1 km.kv. yer maydoniga o‘rtacha 79,8 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.

🔘 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ortgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 oktabr holatiga O‘zbekistonda aholi soni 35,8 mln. kishini tashkil qilmoqda.
Shundan ayollar soni – 17,8 mln. kishi, erkaklar soni – 18,0 mln. kishi.

🔘Aholining 18,2 mln nafari shaharlarda, 17,6 mln nafari qishloqlarda yashaydi.

#DavKadastrPalata #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Rasmiy_munosabat

Joriy yilning 20-oktabr sanasida "yo'lak ustida qurilayotgan do'kon" sarlavhasi ostidagi maqola ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Holat yuzasidan Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Karmana tumani bo'limi inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o'rganilganda Karmana tumani Ma'naviyat ko'chasi 75-uyning yon tomonidan 7,5 kv.metr yer maydoniga fuqaro N.T tomonidan hech qanday hujjatlarsiz noqonuniy tarzda ko'chma do'kon qurilishi boshlanganligi aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro N.Tga Karmana tumani yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning 10-oktabr sanasida 01-15/241-sonli ogohlantirish xati berilgan va fuqaroning o'zi tomonidan noqonuniy holat bartaraf etilib yer maydoni avvalgi holatiga qaytarilgan.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#Siyosiy_ma_rifat_soati #Navoiy

⚡️ Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"da aktiv qatnashmoqda. Ushbu ma'rifat soatini o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad hafta davomida bo'lgan yangiliklar va qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatini chuqurroq o'rganishdan iborat.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
Европа кенгаши Президенти Шарль Мишель Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ҳузурида "Кўксарой" қароргоҳининг Фахрий меҳмонлар хиёбонида дарахт экди.

Президент Европейского совета Шарль Мишель в присутствии Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева посадил дерево на Аллее почетных гостей в резиденции «Куксарой».

#Mirziyoyev #tashrif #YevropaIttifoqi #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🟢#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflik ta’minlanadi.

☑️ Endilikda ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash ishlari faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi, – deydi Milliy geoaxborot tizimini muvofiqlashtirish va Davlat kadastrlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Zokirov.

💬 Batafsil o'qish uchun

🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹1-noyabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?🔹

▪️ Davlat kadastrlari palatasi 1-noyabrdan qonunchilikdagi ro'y beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

✔️Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reyestrga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi.

✔️O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati kengaytiriladi.

✔️Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar axborot tizimida ro‘yxatga olinadi.

✔️Sirdaryo viloyatida nikoh tuzish va nikohdan ajratish bo‘yicha arizalarni davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkaziladi.

✔️Tibbiyot muassasalaridagi vakant lavozimlarga talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralari ko‘riladi.

✔️Eksportchilarga soliq bazasini kamaytirish imtiyozi umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qat’i nazar qo‘llanadi.

✔️Intellektual mulk huquqlarini buzganlarga huquqiy ta’sir choralari maxsus portal orqali amalga oshiriladi.

✔️Mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda to‘lov tizimlari operatorlariga elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi.

✔️Sinov tariqasida fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha maxsus planshet orqali ro‘yxatga olish boshlanadi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube