Navoiy kadastr
665 subscribers
4.93K photos
751 videos
8 files
3.16K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#savol_javob

Savol: Kadastr hujjatlarim rasmiylashtirilgan hovlimning bir qismini o'g'limning nomiga kadastr qilib bermoqchiman qanday qilib amalga oshirsam bo'ladi.

❗️ Javob: Kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan va hovlining bir qismini hadya qilish yoki meros qilib qoldirish 3 ta bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich: Kadastr hujjatlari va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan birga notarial idoralarga murojaat qilinadi va mulkning bir qismini hadya qilish yoki meros qilib qoldirish to'g'risidagi shartnoma olinadi.

2-bosqich: Yuqorida aytilgan hujjatlar olingandan so'ng Davlat xizmatlari markazlari yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari partali orqali kadastr pasportini shakllantirish uchun ariza beriladi.

3-bosqich: Kadastr pasportini olgandan so'ng bir oy muddatda Davlat xizmatlari markazi yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari partali orqali bino inshootini Davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun ariza beriladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Давлат идораларига ишга қабул қилишнинг очиқ-ошкора тизими жорий қилинади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #Geodeziya_nazorati

🔰Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid 183 ta texnik loyiha hamda 56 ta texnik hisobot ekspertizadan o‘tkazildi.

♦️Geodeziya va kartografiya materiallarni Davlat geodeziya va kartografiya fondidan olish uchun yil boshidan 55 ta ruxsatnoma rasmiylashtirilib, 12 818 ta kartografik materiallar Davlat geodeziya va kartografiya fondi orqali foydalanuvchilarga taqdim etilishi ta’minlangan.

♦️Joriy yilda licenses.uz xabardor etish tizimi orqali 106 ta geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsat berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat_tok_shou

1️⃣ Nega quruq yerni yoki uning bir qismini sotib bo'lmaydi?

2️⃣ Yerni xususiylashtirish nima beradi?

3️⃣ Xususiylashtirilgan yerni davlat ehtiyojlari uchun olib qo'yishda narx kim tomonidan belgilanadi?

📌 Kadastr agentligi boshqarma boshlig'i Begzod Nishonov savollarga javob berdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#murojaatlar_tahlili #iyul

📩 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan joriy yilning iyul oyida jami 41 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:
📝 Yozma murojaatlar 13 ta

📂 Elektron murojaatlar 28 ta

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat_tok_shou

⁉️2 mln 600 ming kadastr hujjati yo'q bo'lgan uylarga qay tartibda hujjat tayyorlab beriladi?

📌 Kadastr agentligi boshqarma boshlig'i Begzod Nishonov ushbu savolga javob berdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
📧SAVOL: Yer ajratish qaroriga binoan, yerni xususiylashtirishning afzallik tomonlari nimada?

🧾JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 14 fevraldagi tegishli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir Ma’muriy reglament tasdiqlandi.
Bilamizki, shu kungacha fuqarolarga tegishli uy-joylar joylashgan yer uchastkalari, meros qilib qoldirilgan umrbod egalik qilish huquqidagi yerlar, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan noturar joy obyektlarining yer uchastkalariga doimiy foydalanish huquqi berilar edi. Ya’ni, bino sizniki bo‘lsa ham, yer uchastkasi davlatga tegishli bo‘lgan. Davlat fuqarolarga yer uchastkasini foydalanish, egalik qilish yoki ijaraga bergan. Shu bois, ko‘pchilik yer uchastkasini davlat extiyojlari uchun olib qo‘yilishi mumkinligi yoki istalgan vaqtda yer maydoni “snos”ga tushishidan havotirlanib yashaydi. Yangi reglamentga ko‘ra esa, yer uchastkasi mulk huquqi asosida sotilishi belgilandi. Bu, eng avvalo, fuqaroning yer uchastkasiga bo‘lgan mulkchilik huquqini kafolatlaydi. Ya’ni, hovlisi joylashgan yer maydoni ham uy egasining o‘ziga tegishli bo‘ladi. Endi yerni undan hatto davlat ham olib qo‘ya olmaydi, faqat bozor narxida sotib olishi mumkin. Ammo yer uchastkasini xususiylashtirish mutlaqo ixtiyoriy bo‘lib, buning uchun fuqaroni majburlash qonunan taqiqlanadi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Korrupsiya_taraqiyot_dushmani #Navoiy

🔷 Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi komplayens nazorati xizmati rahbari A.Rahmatov hamda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmalari boshliqlari D.Nishonov va M.Nosirovlar ishtirokida ijro intizomi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔷 Yig'ilishda soha xodimining fuqarolar bilan muloqoti, odob-axloqi shuningdek korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabablar, uning oqibatlari, oldini olish hamda sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar xususida ma'lumotlar berildi.

🔷 Targ'ibot ishlarini olib borishdan ko'zlangan asosiy maqsad sohada korrupsiyaga yo'l qo'ymaslik va korrupsiyaga qarshi immunitetni hosil qilishdan iborat.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#vakant #Navoiy

⚡️ O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi tuman va shahar filiallarida mavjud bo'sh ish o'rinlar.

💠 Yer kadastri mutaxassisi (Navoiy shahar)

💠 Yer kadastri mutaxassisi (Zarafshon shahar)

💠 Yer kadastri mutaxassisi (Konimex tumani)

💠 Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYT) mutaxassisi (Zarafshon shahar)

💠 Yerlarni auksionga chiqazish mutaxassisi (Uchquduq tumani)

💠 Yerlarni auksionga chiqazish mutaxassisi (Navbahor tumani)

☝️Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

▫️Кадастр агентлиги тизимига ўтган 7 ойи давомида 1045 та ходим танлов асосида ишга қабул қилинган бўлиб, уларнинг 253 тасини раҳбар ходим.

▫️Шунингдек, 885 та ходим билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилинди. Уларнинг 724 таси мутахассис ходим, 161 таси раҳбар ходим.

▫️ Ишдаги камчиликлари учун 3 нафар вилоят бошқарма бошлиқлари эгаллаб турган лавозимидан озод этилди.

▫️7 ой давомида бир нечта сабабларга кўра 142 та раҳбар ходимга ҳамда 1301 та мутахассисга интизомий чоралар кўрилган.

📌 Батафсил

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Aziz bunyodkorlar!

🏗Bugun, mashaqqatli, qiyinchiliklarga boy kasblar qatorida turuvchi quruvchilarning, bunyodkorlarning kasb bayrami!

🇺🇿Jonajon O‘zbekistonimiz ravnaqida, yurtimiz ko‘rki yanada jozibali bo‘lishida mohir quruvchi va me’morlardan tortib, qurilish sohasidagi eng oddiy texnik xodimlarning ham alohida o‘rni bor. Qishning sovuq kunlaridan, yozning jaziramasidan qaytmagan peshona teringiz qadrlidir. Zero, sizning mashaqqatli mehnatingiz bois, mustahkam va takrorlanmas binolar barpo bo‘lmoqda, sizning mardonavor mehnatingiz sabab osmono‘par va hashamatli inshootlarga dunyo havas bilan boqmoqda.
Hurmatli quruvchilar, kasb bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, sharafli mehnatingizda zafarlar quchishingizni tilaymiz.

Hurmat ila,
Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev

#DavKadastrPalata #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

Yer uchastkalaridan imorat qurish uchun foydalanish

⚜️ Yer uchastkalarini (haydaladigan yerlar bundan mustasno) doimiy egalik qilishga va foydalanishga, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga, uzoq muddatli vaqtincha foydalanishga, ijaraga va mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq yer uchastkasini saqlash vazifasiga oid majburiyatlar bajarilgan taqdirda o‘zlari olgan korxonalar, binolar, imoratlar, inshootlarni belgilangan tartibda qurish, buzish yoki rekonstruksiya qilishga haqlidir.

O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksi, 26-modda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#mini_futbol #kadastrda_sport

⚽️ Kadastr agentligi tizimida 2022-yil 17-20 avgust kunlarida mini futbol sport musobaqasini o‘tkazish maqsadida agentlik mutasaddilari hamda sport ustalari ishtirokida qura tashlash o‘tkazildi. Qura tashlash natijalari bilan infografika orqali tanishib olishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt