Navoiy kadastr
648 subscribers
4.97K photos
756 videos
8 files
3.19K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#yosh_novatorlar

🌱Ayni dam, Kadastr agentligi tizimidagi tashkilot, muassasa va korxonalarda faoliyat olib borayotgan iqtidorli xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus, g‘oya va istaklarini ro‘yobga chiqarish maqsadida “Yosh novatorlar” ko‘rik tanlovining yakuniy bosqichi O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida o‘tkazilmoqda.

💠 Mazkur tanlovda 30 yoshgacha bo‘lgan yakka yoki 4 kishidan oshmagan holda guruh bo’lib Agentlik tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan yoshlar ishtirok etishmoqda.
Uni onlayn kuzatib boring: https://us02web.zoom.us/u/kci7kt1GF8


Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#mehnat_yarmarkasi #kadastr

Yoshlik ko'li atrofida mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi.

Bitiruvchi yoshlar hamda ishsiz aholi bandligini ta'minlash maqsadida "Yoshlik ko'li" atrofida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Korxona va tashkilotlar o'zlarining bo'sh ish o'rinlarini taqdim etishdi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari tomonidan ham bitiruvchi yoshlarga bo'sh ish o'rinlari taklif etildi. Navoiy viloyat hokimi Normat Tursunov mehnat yarmarkasi bilan shaxsan tanishib chiqdilar.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#Kadastr #yosh_novatorlar

🇺🇿Bugun O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniosh vazirligida “Yosh novatorlar” ko'rik tanlovining Final bosqichi bo'lib o'tdi.

📝Finalda loyihalarni Kadastr agentligi tomonidan tayinlangan soha mutaxassislari baholab berishdi.

🏆Natijalar quyidagicha:

🥇1-o'rin -
Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari - Paraxat Ajimuratov, Muxiddin Habibullayev, Azamat Usenov.
🥈2-o'rin -
"Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar koroxnasi xodimi - Sardorbek Razzoqov.
🥉3-o'rin -
"Kartografiya" davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi xodimi - Nizomxo'ja Nozimov.

🎉Bu o'rinlardan tashqari;

"Tanlov kashfiyoti",
"Eng kreativ g‘oya",
"Muammo va yechim",
"Eng yaxshi novator",
"Eng faol guruh"
nominatsiyalari ham o'z egalarini topdi va qimmatbaho sovg'alar bilan birgalikda ishtirokchilarga topshirildi.

🗂Ko‘rik tanlovga sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan 30 dan ortiq taklif va materiallar kelib tushdi. Ularning ichidan yakuniy bosqich uchun eng munosib 8 ta loyihani maxsus komissiya a’zolari saralab berdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yosh_novatorlar

Факт 24 | Кадастр соҳасида «Ёш новаторлар» кўрик-танлови ғолиблари аниқланди

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#yoshlar_kuni

🌱 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi 30-iyun yoshlar kuni bilan barcha yoshlarni samimiy muborakbod etadi.

Yoshlar – bugun va kelajakning katta kuchidir!

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#Bayram_tabrigi

Hurmatli kelajagimiz yoshlari !

Sizlarni bugungi 30-iyun "Yoshlar kuni" bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Sizlarga hayot yo'lida baxt omad tilayman. Yoshlikdagi kuch-quvvat, g'ayrat, shijoat sizlarni tark etmasin. O'z oldingizga qo'ygan maqsadlaringiz sari olg'a qadam bosib, katta marralarni egallab, yetuk inson bo'lishingizga tilakdoshman.

Sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, shaxsiy va ijtimoiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.

Hurmat bilan !
Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig'i Nosirov Mansur Burxonovich
▫️Konstitutsiyaviy islohotlar▫️

🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi.

🇺🇿 Ayni kunlar umumhalq muhokamasida bo‘layotgan yangilanayotgan Konstitutsiyada “Inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi” ekanligi mustahkamlanmoqda.

#DavKadastrPalata #bosh_qomus #umumxalq_muhokamasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Ер участкаларини компенсация эвазига жамоат эҳтиёжлари учун олиб қўйиш тартиби белгиланди

Маҳаллий Кенгашнинг ер участкасини олиб қўйиш тўғрисидаги қарори қабул қилингандан кейин ҳокимликлар ҳуқуқ эгалари билан компенсациянинг шартлари, турлари ва миқдори бўйича келишувга эришишга доир ишларни амалга оширади.

Батафсил 👉 https://bit.ly/3y27l8p

Обуна бўлинг 👉 t.iss.one/yuz_official
#yoshlar_soni

Yoshlar soni qancha

Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasida 198 nafar raxbar, xodimlar faoliyat yuritishadi. Shundan 47 %ni (93 nafar) yoshlar tashkil etadi

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
Президент Шавкат Мирзиёев Ёшлар куни муносабати билан “Янги Ўзбекистон” боғида ўтаётган байрамга ташриф буюрди.
Бу ерда Амир Темур, Мирзо Улуғбек, Ал-Хоразмий, Алишер Навоий, Заҳириддин Муҳаммад Бобур, Жалолиддин Мангуберди номидаги павильонлар ташкил этилган. Уларда ёшларнинг илм-фан, ижод, спорт ва санъат соҳаларида эришган ютуқлари ифодаланган.
Давлатимиз раҳбари ушбу кўргазмалар бўйлаб юриб, уларни кўздан кечирди. Ёшлар билан суҳбатлашди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил праздничные мероприятия по случаю Дня молодежи в парке "Янги Ўзбекистон".
В парке также были организованы павильоны имени Амира Темура, Мирзо Улугбека, Аль-Хорезми, Алишера Навои, Захириддина Мухаммада Бабура, Джалолиддина Мангуберди, где представлены изобретения, творчество, спортивное мастерство, художественные выступления молодежи.
Глава государства посетил выставки, ознакомился с их экспозицией, побеседовал с молодежью.

#Mirziyoyev #tanishuv #Yoshlarkuni #bayram

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter