Navoiy kadastr
657 subscribers
4.95K photos
753 videos
8 files
3.17K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #Korrupsiya_taraqqiyot_dushmani

🇺🇿Bugun “Korrupsiya – taraqqiyot dushmani” mavzusidagi videoroliklar tanlovining Final bosqichi bo'lib o'tdi.

Ko‘rik tanlovga sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan 20 dan ortiq video materiallar kelib tushdi. Ularning ichidan yakuniy bosqich uchun eng munosib 11 ta videolarni maxsus komissiya a’zolari saralab berdi.

Finalda videolarni Kadastr agentligi rahbariyati va professional ijodkorlardan iborat hakamlar baholab berishdi.

Natijalar quyidagicha:

1-o'rin - Toshkent shahri
2-o'rin - Toshkent viloyati
3-o'rin - Qoraqalpog'iston Respublikasi

Bu o'rinlardan tashqari
"Eng yaxshi sahnalashtirilgan videorolik",
"Eng yaxshi ssenariy muallifi",
"Sohadagi muammolar yoritilgan videorolik",
"Animatsiya ko'rinishidagi eng yaxshi videorolik",
"Eng kreativ videorolik"
nominatsiyalari ham o'z egalarini topdi va qimmatbaho sovg'alar bilan birgalikda ishtirokchilarga topshirildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔘Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 13-17 dekabr kungi holatiga jami 2 075 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▪️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 21
▪️Andijon viloyati - 110
▪️Buxoro viloyati - 106
▪️ Samarqand viloyati - 140
▪️Sirdaryo viloyati - 42
▪️Surxondaryo viloyati - 223
▪️Qashqadaryo viloyati - 143
▪️Toshkent shahar - 162
▪️Toshkent viloyati - 479
▪️Navoiy viloyati - 28
▪️Namangan viloyati - 161
▪️Xorazm viloyati - 179
▪️Jizzax viloyati - 211
▪️ Farg‘ona viloyati - 79

🔘 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Forwarded from Kadastr - Live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #tashqi_OAV #UZB24

Yangiliklar 24 | "Korrupsiya-taraqqiyot dushmani" videoroliklar tanlovi yakuniy bosqichi

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya

Kadastr agentligi tomonidan “Korrupsiya – taraqqiyot dushmani” mavzusidagi videoroliklar tanlovining Final bosqichi bo'lib o'tdi.

Ko‘rik tanlovga sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan 20 dan ortiq video materiallar kelib tushdi. Ularning ichidan yakuniy bosqich uchun eng munosib 11 ta videolarni maxsus komissiya a’zolari saralab berdi.

Finalda videolarni Kadastr agentligi rahbariyati va professional ijodkorlardan iborat hakamlar baholab berishdi.


Tanlovda Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etib "Eng yaxshi sahnalashtirilgan videorolik" nominatsiyasini qo'lga kiritdi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#sayyor_qabul

DIQQAT E'LON!

Hurmat Navoiy viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko'rib chiqish maqsadida Navoiy viloyati Konimex tumanida sayyor qabul o'tkaziladi.

📝Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 21 dekabr kuni soat 15:00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi rahbari Nishonov Doniyor Baxtiyorovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Navoiy viloyati, Konimex tumani markazidagi "Musiqa maktabi" binosi.

‼️Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda kelishlarini so‘rab qolamiz.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
Forwarded from Kadastr - Live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

KORRUPSIYAGA QARSHI ENG YAXSHI ROLIKLAR ANIQLANDI

Sevimli telekanali "Zamon" informatsion dasturi

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

Navoiy teleradiokompaniyasining "ASSALOM, YANGI KUN!" dasturida Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi "Yer va kadastr nazorati" bo'lim boshlig'i Anvar Rajabov bilan yer nazorati yo'nalishida olib borilgan ishlar xususida suhbat bo'lib o'tdi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
🔊Hurmatli yurtimiz aholisi!

🔷Davlat kadastrlari palatasi sizning kadastr sohasi bo‘yicha murojaatlaringizni uzluksiz ravishda qabul qilish va javob berib borish maqsadida o‘z telegram botini yaratdi.

👉 @Dkpuz_bot 👈

🔷Barcha savollaringizni mazkur botga yo‘llab, mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

🔷Sizning savollaringizga javoblar telegram kanalimizda ham berib boriladi!

☝️Bundan tashqari, kadastr tizimi xodimlarining xatti-xarakatlaridan norozi bo‘lgan taqdiringizda ham ushbu botga murojaat qilishingiz mumkin.

🔷Botga yo‘llangan murojaatlar Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati rahbariyati nazoratida!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Forwarded from Kadastr - Live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Korrupsiya_taraqqiyot_dushmani

“Korrupsiya – taraqqiyot dushmani” mavzusidagi videoroliklar tanlovida 3-o'rinni qo'lga kiritgan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan tayyorlangan videorolik.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Prezident huzuridagi yig‘ilish boshlandi

Kadastr agentligi joriy yildan boshlab O‘zbekiston tarixida ilk bor qishloq xo‘jaligi yerlarini yalpi xatlovdan o‘tkazib, elektron ro‘yxatdan o‘tkazishni boshlagani va 23 million gektar qishloq yerlarining elektron xaritalari yaratilgani ta’kidlandi.

Shundan, bugungi kunga qadar 22 million gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, hisobga olinmagan 412 mingta ko‘chmas mulk kadastr bazasiga kiritildi, 478 mingta ob’ektda qo‘shimcha qurilmalar aniqlanib, kadastr bahosi qayta ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, xatlovda ko‘plab muammolar ham aniqlandi.
Misol uchun, elektron hisobga olinayotgan qishloq xo‘jaligi yerlari qog‘oz shaklida yuritib kelingan Yer fondi hisoboti amaliyot bilan farq qilmoqda.

Jumladan, haqiqatda aholi yashash punktiga aylanib ketgan 830 ming gektar maydon boshqa yer toifalarida hisobda turibdi.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Natijalar yer kadastri sohasida boshlagan ishlarimizning 50 foizi, xolos

Yig‘ilishda yo‘l, elektr, gaz ta’minoti, suv xo‘jaligi, obodonlashtirish ob’ektlari, ko‘p qavatli uylarga tutash hududlar kadastrida ham ko‘plab muammolar mavjudligi qayd etildi.

"Bu juda katta va muammoli masala, janob hokim va prokurorlar. Buning orqasida pora va korrupsiya turibdi.

Yuqoridagi natijalar yer kadastri sohasida boshlagan ishlarimizning 50 foizi, xolos. Hali oldimizda qilinadigan ishlar ko‘p.

Bir narsani aniq tushunib olish lozim. Biz kelgusi yilda 80 ming gektar paxta va g‘alladan bo‘shagan yerlarni aholiga bo‘lib berishni reja qilganmiz.

Agar yerning hisobi, aniq chegarasi bo‘lmasa, bu ishlarni amalga oshirib bo‘lmaydi", dedi Prezidentimiz.

Qaerda bo‘sh yer borligi to‘g‘risida ham aniq ma’lumot yo‘qligi, bu bilan 30 yil hech kim shug‘ullanmagani qayd etildi. Oqibatda kadastr hujjati bo‘lmagani bois 2 milliondan ziyod oilalar uy-joylarini na kredit garovi sifatida qo‘ya oladi, na uni sota oladi.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Yig‘ilishda mutasaddilarga ishni quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etishga topshiriq berildi:

- kelgusi yil 1 aprelga qadar qishloq xo‘jaligi yerlarini hisobga olish ishlarini yakuniga yetkazish;

- yer balansidagi farq bo‘yicha yer maydonlarining egasi va aniq toifasini belgilab berish;

- 38 mingta sub’ektga tegishli yer ajratish hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 1 million gektar maydonning ijara shartnomalarini rasmiylashtirish;

- yer ajratish to‘g‘risidagi barcha qarorlarni xatlovdan o‘tkazib, ularning egasi, manzili va chegarasini aniq belgilab, kadastr idoralariga berish;

- dehqon xo‘jaliklarini kadastr ro‘yxatidan o‘tkazish ishlariga 20 milliard so‘m ajratish.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Yer balansida aholi yashash punkti yerlari 223 ming gektar bo‘lsada, amalda 1 million gektardan oshib ketgani ta’kidlandi.

Masalan, Asaka va Shahrixon tumanlarida o‘tkazilgan xatlovda 74 mingta xonadonning (jami xonadonlarning 65 foizi) yer ajratish qarorlari yo‘qligi, 4,5 mingtasi (4 foiz) muhofaza zonalarda qurilgani ma’lum bo‘ldi. Demak, ushbu tumanlar yer balansida aholi punkti yerlari 2 ming gektar deb ko‘rsatilgan bo‘lsada, haqiqatda 10 ming gektar yerlar uy-joy bilan band bo‘lib turibdi (bunga yo‘l, ariq, xiyobon va boshqa ob’ektlar kiritilmagan).

Shu munosabat bilan kelgusi yil yakuniga qadar 6 millionta ko‘chmas mulk ob’ektlarini “xonadonbay” xatlovdan o‘tkazish topshirildi. Bunda, har bir mahalladagi hokim yordamchilari o‘z hududidagi holatni tahlil qilib, kadastr idoralariga beradi.

Xatlov natijasi bilan bino-inshootlarning elektron xaritasi yaratilib, aholi uchun qulay va ochiq-oshkora onlayn platformaga joylashtiriladi.

"Yer balansini to‘g‘ri yuritish, yerni asrab-avaylash hokimlarning konstitutsiyaviy majburiyati va asosiy vazifasidir. Buni uddalay olmaydigan hokim menga kerak emas", dedi davlatimiz rahbari.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Yuqoridagi topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida kadastr idoralarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash zarurligi qayd etildi.

Bugungi kunda kadastr idoralari tomonidan foydalanilayotgan geodeziya o‘lchov uskunalarining asosiy qismi ma’nan eskirgan (20 yildan ziyod).

Mavjud 50 ta geodeziya stansiyalari iqtisodiy faol hududlarning atigi 50 foizini qamragan (12 million gektar). Vaholanki, barcha hududlarni to‘liq qamrab olish uchun qo‘shimcha 80 ta stansiya zarur.

Ayni paytda mutasaddilar yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan hisobot bermoqda.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |