Navoiy kadastr
658 subscribers
4.95K photos
753 videos
8 files
3.17K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Xalqaro_loyihalar #Jahon_banki

🌐Jahon banki ishtirokidagi "Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish" loyihasi doirasida kadastr hujjatlarini raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🔹Respublika bo'yicha mavjud kadastr hujjatlari
- 7 882 280 ta

🔹Respublika bo'yicha tizimga ulangan tumanlar soni
- 203 ta

🔹Raqamlashtirilgan kadastr hujjatlari
- 7 343 689 ta

🔹Foiz ko'rsatkichda
- 92%


(2021-yil 16-sentabr holatiga)

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari
👇👇👇

Telegram | Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#TABRIKLAYMIZ

🎉 Bugun 16-sentabr O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori Umarov Fazliddin Karimovichning tavallud kunlari!


Shu munosabat bilan, Sizni agentligimizning oilasi nomidan samimiy qutlaymiz. Sizga mustahkam salomatlik va bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat tilaymiz. Agentlikda Siz boshchilik qilib turgan barcha ishlar ulkan muvaffaqiyatga erishishiga ishonamiz. Omad xamisha Sizga yo’ldosh bo‘lsin! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
#xalq_bilan_birga

🔹 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasiga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonasi orqali 202 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lib shundan 154 ta murojaatga huquqiy maslahat va umumiy tushuntirish berilgan edi.

🔹 Kadastr agentligi direktori F.Umarovning topshiriqlariga binoan hozirgi kunga kelib Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o'rganilgan 154 ta murojaatlar 100% qayta o'rganilib chiqildi va 118 ta murojaatlarni ijobiy hal qilindi, bu esa jami murojaatlarning 77% ni tashkil qiladi.

🔹 Hozirda Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan fuqarolarni murojaat qilishga majbur qiladigan muammolar o'rganilib, murojaatlar statistikasi tuzildi va fuqarolarni qiynagan mavzular to'g'risida mahalliy televidenya va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam ma'lumotlar berib borilmoqda.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#Bilasizmi

📝KO‘CHMAS MULK OBYEKTIGA BO‘LGAN HUQUQNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH VA REYESTRDAN KO‘CHIRMA TAQDIM ETISH XIZMATI

🔹Ushbu xizmat turi bo‘yicha arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi va natijasi bo‘yicha Davlat reyestridan ko‘chirma taqdim etiladi.

🔹Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish va reyestridan ko‘chirma berish 2 kun muddatda amalga oshiriladi.

🔹Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha bitimlar notarial tartibda rasmiylashtirilganida (oldi-sotdi, xadya, ayriboshlash va
b.sh) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish va reyestrdan ko‘chirma taqdim etilishi ushbu notarial idoraning o‘zida elektron tizim orqali kadastr korxonalariga murojaat yuborilib amalga oshiriladi.


Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari
👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from Kadastr - Live
KADASTRDA DAVLAT TILIGA E’TIBOR

📝Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash bo‘yicha Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🏢Xususan, boshqarma hamda tuman filiali xodimlari uchun ish yuritish hujjatlarining davlat tilida olib borilishi, binolarga o‘rnatilgan peshlavhalar, ish yuritishdagi yozuvlarning barchasi lotin alifbosida tashkil etilishi to’liq taʼminlanmoqda.
Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan avgust oyi davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo'lgan 555 ta ko'chmas mulk ob'yektlariga kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berildi.
Jumladan:

Yakka tartibdagi uy-joylar 232 ta
Kvartiralar 171 ta
Noturar 152 ta

Eslatib o'tamiz❗️
Kadastr hujjatlarini tayyorlash uchun undiriladigan to'lovlar Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga asosan hisoblanadi.
Forwarded from Kadastr - Live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sorovnoma

Ijtimoiy so'rovnoma.

Kadastr hujjatini tayyorlash uchun qaysi tashkilotga murojaat qilish kerak?
Kadastr hujjatini tayyorlash uchun qancha pul miqdori to’lanadi?
Ko'chmas mulk obyektining turarjoyga oid qismiga kadastr hujjati qancha muddatda tayyorlanadi?

🎥 Ushbu savollarga javobni videolavhani tomosha qilib bilib olishingiz mumkin.
Forwarded from Kadastr - Live
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligida Davlat ro`yxatiga olish, kadastr va kartografiya federal xizmati rahbari Oleg Skufinskiy boshchiligidagi 🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasining tashrifi bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama etilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Huquqiy_asoslar #Davlat_kadastrlari_palatasi #Vazifalar

🔰 Loyiha doirasida:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda – faqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun qishloq xo‘jaligi maqsadlarida;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarda – qonunchilik bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin.

⚠️ Yakka tartibdagi uy-joy va ko‘p kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar yirik investisiya loyihasi hisoblanmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

Tanlangan yerga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan kam qiymatdagi yirik investisiya loyihasi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmaydi.

🖥 Bo‘sh turgan yer uchastkasi bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan “YERELEKTRON” AAT orqali tayyorlanadi.

BATAFSIL
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Кадастр агентлиги фаолияти такомиллашмоқда
#22sept #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Йирик инвестиция лойиҳасини амалга ошириш учун энг яхши таклифлар танлаб олинади

Ҳукумат қарори (592-сон, 21.09.2021 й.) билан Йирик инвестиция лойиҳасини амалга ошириш учун энг яхши таклифни танлаб олишнинг маъмурий регламенти тасдиқланди.

💰 Маъмурий регламентга кўра, йирик инвестиция лойиҳаси дейилганда қиймати камида 10 миллион АҚШ доллари эквивалентидаги инвестиция лойиҳаси тушунилади.

☑️ Лойиҳани амалга ошириш учун энг яхши таклифлар Ташқи савдо, инвестициялар, маҳаллий саноатни ривожлантириш ва техник жиҳатдан тартибга солиш масалалари бўйича Ҳукумат комиссияси томонидан танлаб олинади.

🔰 Лойиҳа доирасида:

қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ерларда – фақат қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқариши учун қишлоқ хўжалиги мақсадларида;

қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ерларда – қонунчилик билан тақиқланмаган ҳар қандай фаолиятни амалга ошириш мумкин.

⚠️ Якка тартибдаги уй-жой ва кўп квартирали уйлар қурилишини назарда тутувчи лойиҳалар йирик инвестиция лойиҳаси ҳисобланмайди ва кўриб чиқилмайди.

Танланган ерга бўлган ҳуқуқнинг бозор қийматидан кам қийматдаги йирик инвестиция лойиҳаси бўйича таклифлар кўриб чиқилмайди.

🖥 Бўш турган ер участкаси бўйича ҳужжатлар йиғма жилди Кадастр агентлигининг Давлат кадастрлари палатаси томонидан “YERELEKTRON” AAT орқали тайёрланади.

📝 Талабгор йирик инвестиция лойиҳасини амалга ошириш бўйича фақат ДХМ ва ЯИДХП орқали ариза билан мурожаат этади.

💰 Ариза ДХМ орқали тақдим этилганда БҲМнинг 1 баравари (270 минг сўм) миқдорида йиғим ундирилади.

🌐 ЯИДХП орқали мурожаат этилганда бу миқдор 243 минг сўмни ташкил этади.

Ишчи орган (Инвестициялар ва ташқи савдо вазирлиги) ариза ва ҳужжатларни 3 иш куни ичида кўриб чиқади.

🔎 Камчиликлар аниқланмаса, лойиҳа Ҳукумат комиссиясига киритилиб, 10 иш кунида концептуал жиҳатдан кўриб чиқилади.

📌 Лойиҳани амалга ошириш мақсадга мувофиқ деб топилган тақдирда, Давлат кадастрлари палатасига бўш турган ер участкасини аниқлаш бўйича сўров юборилади.

🔄 Давлат кадастрлари палатаси сўров келиб тушган кундан бошлаб 20 иш куни ичида электрон шаклда ер участкаси бўйича ҳужжатлар йиғма жилдини тайёрлайди ҳамда ваколатли ташкилотлар билан келишилади.

📲 Йирик инвестиция лойиҳасига муқобил таклифлар Ишчи органнинг расмий веб-сайтида эълон берилган кундан бошлаб 60 кун давомида (60-кун соат 24:00 гача) қабул қилинади.
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #jarimalar #mamuriy_bulim

🔰Joriy yilning 8 oyi davomida Agentlikning hududiy organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 23 584 ta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik holatlari aniqlanib, mazkur holat bo‘yicha ma’muriy ishlar Agentlikning hududiy organlari tomonidan ko‘rib chiqilgan. Ma’muriy javobgarlikka tortilgan 23 584 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #metоdologiya

🔰Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan Kadastr agentligining vazifalari belgilab qo'yilgan. Unga ko'ra agentlik:

🔶Davlat yer kadastri yuritilishini tartibga soluvchi hujjatlarning ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
🔶Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlarning ma’muriy chegaralarini, keyinchalik ularning maydonlarini muvofiqlashtirgan holda, geodezik usullar bilan belgilash va joylarga biriktirib qo‘yish ishlarini amalga oshiradi;
🔶yer resurslarini aerokosmik usullar bilan o‘rganishni tashkil etadi;
🔶yerlarning miqdori va ulardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
🔶har yili 1-martga qadar O‘zbekiston Respublikasida Yer fondi toifalari holati to‘g‘risidagi milliy hisobotni rasmiy veb-sayti orqali ochiq ma’lumot sifatida taqdim etadi.

📌O‘zbekiston Respublikasida Yer fondi toifalari holati to‘g‘risidagi milliy hisoboti bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
https://kadastr.uz/uz/node/294

Telegram Instagram YouTube Facebook
#sayyor_qabul

DIQQAT E'LON!

Hurmat Navoiy viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko'rib chiqish maqsadida Navoiy viloyati Navoiy shahrida sayyor qabul o'tkaziladi.

📝Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 24 sentabr kuni soat 11:00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligining dav lat Kadastrlar palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi rahbari Nosirov Mansur boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Navoiy viloyati, Navoiy shahri "Yoshlik mahalla fuqarolar yig'ini" binosi.

‼️Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda kelishlarini so‘rab qolamiz.


🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#қонун

ФАЗОВИЙ МАЪЛУМОТ ВА ФАЗОВИЙ ОБЪЕКТ НИМА?

Ўзбекистон Руспубликаси Президенти томонидан 23.07.2021 йил "Фазовий маълумотлар тўғрисида"ги ЎРҚ-702-сонли Қонун имзоланган.

📑Мазкур Қонуниннинг мақсади - фазовий маълумотлар соҳасидаги муносабатларни тартибга солишдан иборат.

Шў ўринда савол туғилади, фазовий маълумотларнинг ўзи нима?

☑️Фазовий маълумотлар — фазовий объектлар тўғрисидаги, шу жумладан уларнинг жойлашган ери, шакли ва муайян шаклда ҳамда фазовий-вақт координаталари тизимларида тақдим этилган бошқа хоссалари ҳақидаги маълумотларни ўз ичига олган маълумотлар.

☑️Фазовий объектлар — жойлашган ери белгиланган фазовий-вақт координаталари тизимида аниқланиши мумкин бўлган табиий ва сунъий объектлар.

❗️Маълумот учун, ушбу Қонун расмий эълон қилинган кундан эътиборан уч ой ўтгач кучга киради.

Бизни кузатишда давом этинг: https://t.iss.one/tvkad
#Sayyor_qabul

Bugun Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi boshliq o'rinbosari Kamolov Parda Adizovich boshchiligida Navoiy shahri "Yoshlik" mahalla fuqarolar yig'ini binosida sayyor qabul o'tkazildi.

Sayyor qabulda 15 dan ortiq yuridik va jismoniy shaxslarni kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolari tinglanib, huquqiy ma'lumotlar berilib, ijobiy hal qilish choralari ko'rildi.


🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube