Navoiy kadastr
702 subscribers
5.33K photos
793 videos
8 files
3.37K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 30 йиллик байрамига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи

Выступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 30-летию государственной независимости Республики Узбекистан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Xizmatlar

🏢 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlari.

🏘TURAR JOYNI NOTURAR JOY TOIFASIGA O‘TKAZISHGA QARORNI OLISH XIZMATIDAN FOYDALANISH

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#tayinlov

Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi lavozimiga Axadov Halimjon Akram o'g'li tayinlandi.

Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi jamoasi H.Axadovni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
Forwarded from Kadastr - Live
#tayinlov

Kadastr agentligi hududiy boshqarmalarida Komplaens nazorati bo'limiga xodimlar tayinlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi-MAXMUD KALIYEV

Andijon viloyati-G'OLIBSHER ODILOV

Buxoro viloyati-SA'DULLA ABDULLAYEV

Jizzax viloyati-ELDOR KASIMOV

Qashqadaryo viloyati-ALISHER JO'RAYEV

Namangan viloyati-MAXKAM NURMATOV

Navoiy viloyati-HALIMJON AXATOV

Samarqand viloyati-G'AYRAT QURBONOV

Sirdaryo viloyati-NABIJAN ABDALIYEV

Surxondaryo viloyati-SAMARIDDIN XUDOYBERDIYEV

Farg‘ona viloyati-AZIZBEK ASHUROV

Xorazm viloyati-BEXZOD ESHCHONOV

Toshkent shahri- XASAN NOSIROV

❗️❗️❗️Agar sizda kadastr sohasi bilan bog'liq korrupsion holatlarga duch kelsangiz, yoki ma'lum bir muammolar sizni qiynayotgan bo'lsa ushbu mutaxassisimizga murojaat qiling.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #murojaatlar

Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi "Axborot tahlil" bo'limi boshlig'i Nosirov Ruslan "ASSALOM YANGI KUN" dasturida fuqarolarimizning kadastr sohasiga oid qiziqtirgan savollariga javob berdi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #Geodeziya_nazorati

Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiyaga oid 145 ta texnik loyiha va 89 ta texnik hisobot ekspertizadan o‘tkazildi.

Shuningdek, 95 ta kartografiya mahsulotlarini ekspertiza qilish va nashr etishga ruxsat berildi, geodeziya va kartografiya materiallarni (maʼlumotlar)ni Davlat geodeziya va kartografiya fondidan olish uchun 65 ta ruxsatnomalar rasmiylashtirildi, 912 ta geodeziya va kartografiya materiallar (maʼlumotlar)ni qabul qilish va 4321 ta buyurtmachilarga taqdim etildi.

Joriy yilda licenses.uz xabardor etish tizimi orqali 83 ta geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsat berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Markaziy_apparati #Bu_biz #Boshqarmalar

Davlat kadastrlari palatasi tomonidan Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish boshqarmasi tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlardan foydalanish bo`yicha.
#Qonun_708 #infografika

Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘RQ-708-sonli qonuni bilan yer kodeksiga o'zgartirishlar kiritildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#Qonun_708 #infografika

Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘RQ-708-sonli qonuni bilan yer kodeksiga o'zgartirishlar kiritildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #DXM #reportaj #kadastr_xizmatlari КАДАСТР ВА ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИ МАРКАЗИ

📶Кадастр соҳасига оид деярли барча хизматлар ҳозирги кунда ДХМ ва ЯИДХП орқали амалга оширилмоқда.

💳Эндиликда пластик карточка кўринишида тақдим этилаётган кадастр хужжатлари;

📚18 турдаги бошқа талаб этилмайдиган хужжатлар тартиби;

🤝Фуқаролар кадастр хужжатлари бўйича кўрсатилаётган хизматларидан мамнунми?!

📹Пойтахтимизнинг Давлат Кадастр бошқармаси филиаллари билан ҳамкорликда Давлат хизматлари марказлари орқали кўрсатилаётган хизматлар таҳлили мазкур репортажимизда...
Forwarded from Kadastr - Live
Кадастр агентлиги - ЭНГ КЎП ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИНИ КЎРСАТГАН ВАКОЛАТЛИ ИДОРА.

Жорий йилнинг 8 сентябрь куни “Тошкент International” меҳмонхонасида Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 30 йиллиги муносабати билан давлат хизматлари кўрсатиш соҳасида илғор натижаларга эришган соҳа мутахассислари ҳамда ҳамкор ташкилотлар иштирокида "Мустақил Ўзбекистонда эркин ва фаровон яшайлик!" шиори остида тадбир бўлиб ўтди.

Тадбирда илғор натижаларга эришган соҳа мутахассислари ҳамда давлат идоралари тантанали равишда тақдирланди.

Жумладан,
Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги “ЭНГ КЎП ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИНИ КЎРСАТГАН ВАКОЛАТЛИ ИДОРА” номинацияси бўйича Диплом ва рамзий совға билан тақдирланди.

Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастралари палатаси томонидан шу кунгача ДҲМ ва ягона портал орқали 8 та давлат хизматлари бўйича 2.5 млндан ортиқ кадастр хизматлари кўрсатилган.

Аҳолимизга сифатли ва ҳар томонлама қулай хизмат кўрсатишда доим тайёрмиз.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Qonun_708 #infografika

Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘RQ-708-sonli qonuni bilan yer kodeksiga o'zgartirishlar kiritildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #davlat_xizmatlari #interaktiv_xizmatlar

ҲУРМАТЛИ ФУҚАРОЛАР ҲАМДА ТАДБИРКОРЛАР!

Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлигининг
қуйидаги хизматларидан Ягона интерактив давлат хизматлари портали www.my.gov.uz орқали фойдаланишингиз мумкин:

1. Кўчмас мулк объектларига бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказишга ариза юбориш;

2. Кадастр паспортини шакллантириш;

3. Фуқароларнинг номида шахсий уй-жойи борлиги ёки йўқлиги тўғрисидаги маълумотнома олиш;

4. Турар жойни нотурар жой тоифасига ўтказишга қарорни олиш;

5. Бино ва иншоотнинг ташқи кўринишини ўзгартиришни келишиш;

6. Кўчмас мулкни ҳадя этиш ёки айирбошлаш ҳамда олди-сотди бўйича мурожаат йўллаш;

7. Турар жойнинг майдони бўйича маълумотнома олиш;

8. Бино ва иншоотларни ижара шартномасини давлат рўйхатидан ўтказиш;

9. Ўзганинг ер участкасидан чекланган тарзда фойдаланиш ҳуқуқи (сервитут) тўғрисидаги келишувни давлат рўйҳатидан ўтказиш;

10. Қурилиши (реконструкцияси) тугалланган бино ва иншоотларни фойдаланишга қабул қилиш (якка тартибдаги уй-жой қуриш объекти учун);

11. Қурилиши (реконструкцияси) тугалланган бино ва иншоотларни фойдаланишга қабул қилиш (Якка тартибда уй-жой қуриш объекти бўлмаган объект учун);

Шунингдек “Электрон лицензиялаш портали” орқали юридик шахслар

Геодезия ва картография фаолиятини юритишга лицензия олиш учун ариза беришлари мумкин.
Forwarded from Kadastr - Live
​​#Kadastr #agentlik #xisobot

Yer va kadastr nazorati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 8 oyi davomida yer va kadastr nazorati yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha:

🔴 Agentlikning yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan xatlov ishlari natijasida respublika bo‘yicha jami 13 551 ta holatda 2 332,7 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

Jumladan, 7 323 ta (646,2 gektar) holatda uy-joy qurish, 3 655 ta (246 gektar) holatda noturar joy qurish, 1 820 ta (663,7 gektar) holatda tomorqa sifatida foydalanish, 59 ta (269,1 gektar) holatda baliq hovuzlarini qurish, 121 ta (13,9 gektar) holatda tuproq karyer qilish hamda 573 ta (493,7 gektar) holatda boshqa maqsadlarda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan.

🔷Aniqlangan yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar ko‘rish maqsadida:

🔸12 167 ta yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilib, shundan, 2 128 tasi (560,3 gektar) bartaraf etildi;

🔸yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tuman (shahar) hokimliklariga 7 962 ta (1 349,2 gektar) taqdimnomalar kiritildi,
🔸1 712 ta holatda sudlarga kiritilgan daʼvo arizalariga asosan 168 ta (15,7 gektar) holatda sudning hal qiluv qarori (noqonuniy qurilmalarni buzish bo‘yicha) qabul qilindi, 894 ta (127,7 gektar) holat bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda;

🔸huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun 4 754 ta (1 013,3 gektar) holat yuzasidan prokuratura organlariga maʼlumotlar taqdim etilib, hozirgi kunda bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

🔴Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganlik uchun qo‘llanilgan jarimalar.

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaslik bo‘yicha jami 2 629 007 ta holat aniqlanib, shundan 23 584 ta jismoniy shaxslarga nisbatan 💵5,9 mlrd so‘mlik maʼmuriy jarima qo‘llanilib, 💵3,6 mlrd.so‘mi undirilgan (qo‘llanilgan jarimalarning 2,3 mlrd so‘mi undirilmagan).

💰Jumladan, Qorqalpog‘iston Respublikasida 776,9 mln.dan 513,7 mln. (66 %), Andijonda 377,3 mln.dan 210,4 mln. (56 %), Buxoroda 219 mln.dan 128 mln. (59 %), Jizzaxda 174,4 mln.dan 83 mln. (48 %), Qashqadaryoda 308 mln.dan 229 mln. (74 %), Navoiyda 322 mln.dan 178 mln. (55 %), Namanganda 1 065 mln.dan 744 mln. (70 %), Samarqandda 198,2 mln.dan 110 mln. (55 %), Surxondaryoda 287,2 mln.dan 155 mln. (54 %), Sirdaryoda 86,5 mln.dan 38 mln. (44 %), Toshkentda 260,2 mln.dan 142,4 mln. (55 %), Farg‘onada 776,2 mln.dan 335,4 mln. (43 %), Xorazmda 1 030,6 mln.dan 767 mln. (74 %) jarimalar undirilgan.

Joylarda aniqlangan qonun buzilish holatlarini o‘z vaqtida aniqlashdan bartaraf etishgacha bo‘lgan choralarni ko‘rib borish ishlari tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #hamkorlik #turizm

🔰Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар Вазирлиги томонидан ишлаб чиқган “Emehmon” автоматлиштирилган ахборот тизими билан Кадастр агентлигининг ахборот тизимлари ўртасида ўзаро маълумот алмашинуви йўлга қўйилди.

📌Унга кўра Кадастр агентлиги ахборот тизими кўчмас мулк ҳақидаги кадастр маълумотларни “Emehmon” ахборот тизимига юборади. Ушбу маълумот алмашинуви Ўзбекистон Республикаси Президентининг 22 апрел 2020 йилдаги “Доимий прописка қилиш ҳамда турган жойи бўйича ҳисобга олиш тартибини ислоҳ қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги
ПФ-5984-сон Фармони асосида амалга оширилади.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Navoiy | Kun.uz
#Кун_рақами

🏡 Август ойида нечта кўчмас мулк давлат рўйхатидан ўтказилгани маълум қилинди

Давлат кадастрлари палатаси Навоий вилоят бошқармаси маълумотига кўра, ҳудудда август ойида жисмоний ва юридик шахсларнинг 555 та кўчмас мулк объектига бўлган ҳуқуқлари давлат рўйхатидан ўтказилган.

Шундан,
▪️ якка тартибдаги турар жойлар 232 та;
▪️ хусусийлаштирилган квартиралар 171 та;
▪️ нотурар жой кўчмас мулк объектлари 152 та;

➡️ Навоий хабарлари
Forwarded from Kadastr - Live
КАДАСТР ПАСПОРТИНИ ТАЙЁРЛАШ МУДДАТЛАРИ
(инфографика)

Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 2 сентябрдаги 535-сон қарорида белгиланган.

Telegram Instagram YouTube Facebook