Milliy kutubxona | Rasmiy
9.54K subscribers
8.61K photos
1.53K videos
456 files
5.03K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
2025-yil 12-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk shoir, sarkarda, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi

📚 Tarixchi va adabiyotshunos olimlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda “Ochun” nashriyoti tomonidan boburshunos olim Botirali Yo‘ldoshevning tahriri ostida yangi chop etilgan “Boburnoma” asarining taqdimoti ham ushbu kecha doirasida o'tkazildi.

📚 Mazkur tadbirda Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi hamda Toshkent amaliy fanlar universiteti Pedagogika yo‘nalishi professor - o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

♻️ BATAFSIL

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
O'zbekiston Milliy kutubxonasiga O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Akif Marifli tashrif buyurdi

🔹 Tashrif davomida Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati, imkoniyatlari o'rganildi, mehmonlar uchun kutubxona bo'ylab ekskursiya tashkil qilindi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#Akademiklar_soati

📝 Genetik olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi,  O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Sodiqov Saodat Sodiqovich 1910-yil 13-fevral kuni Qo‘qonda tavallud topgan.

📝 Saodat Sodiqov rahbarligida olib borilgan keng ko‘lamli biologik tadqiqotlar Eksperimental o‘simliklar biologiyasi institutida yangi laboratoriyalar: sitoembriologiya, radiobiologiya, anatomiya va morfologiya, viltga chidamlilik genetikasi, mutagenez, paxta tolasining rivojlanish biologiyasini yaratishga yordam berdi. Biologiya fanining turli sohalarida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlagan.

📚 Saodat Sodiqov 2 ta monografiya va 150 dan ortiq maqolalar muallifi. U tematik va monografik to‘plamlar va broshyuralarning mas'ul muharriri, "O‘zbek biologik jurnali", "O‘zbek Sovet ensiklopediyasi" va "Paxtachilik ensiklopediyasi" tahririyatlari a'zosi sifatida keng qamrovli tahririyat ishlarini olib boradi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
#Kutubxona_OAV_nigohida

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Chin ma’nodagi qat’iyatli ustoz edilar” kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi.

Video 👉 https://youtu.be/3694cAl9-ng?si=9EZq540SGz8gpxAY
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tib_qonunlari

🔖Jahon fanini o‘z zamonasida yangi, yuqori bosqichga ko‘tarishga katta hissa qo‘shgan Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari olimning kuzatishlari va tajribalariga, nazariy mulohazalariga asoslangan ilmiy asar sifatida buyuk ahamiyatga egadir.
📎Qadrli kitobxonlar! Biz sizlarga #Tib_qonunlari xeshtegi orqali ushbu qimmatli kitobdan qiziqarli ma’lumotlarni berib boramiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website