Namangan viloyati hokimligi
14.3K subscribers
149K photos
14.6K videos
20 files
20.3K links
Расмий телеграм канали: https://t.iss.one/namvilhok

Facebook саҳифаси:
https://www.facebook.com/namangan.uz/

Веб-сайти: https://gov.uz/namangan/

Ишонч телефони: (71)2000722

Электрон почта: [email protected]

Манзил: Наманган шаҳри, Истиқлол кўча, 57-уй.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

Учқўрғон туманидаги 38-сонли мактабгача таълим ташкилотида олиб борилаётган қурилиш таъмирлаш жараёнлари
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

Уйчи туманида газ таъминотини яхшилаш, ҳисобини юритиш ва назоратини амалга ошириш масалаларига алоҳида эътибор қаратилмоқда. 

Тумандаги 11 427 та аҳоли хонадонларига замонавий электрон газ ҳисоблагичлари ўрнатилди. Натижада ҳудуддаги газ истеъмоли ҳажмларини “онлайн” режимда масофадан назорат қилиш ва таҳлилини юритиш имконияти яратилди.

АСКУГ дастури доирасида аҳоли хонадонларига табиий газ етказиб беришни 3 босқичли тизимдан 2 босқичли тизимга ўтказилиб, ҳар бир хонадонга редуктор ўрнатилди.

2020 йилда аҳоли хонадонларига 409 дона газ тақсимлаш курилма(ГРП)лари орқали табиий газ етказиб берилган бўлса, 2 босқичли тизимга ўтказилганидан сўнг 394 та газ тақсимлаш қурилмалари демонтаж қилинди.

Ҳозирги кунда тумандаги табиий газ истеъмолчиларига 3 дона юқори, 12 дона ўрта босимли жами 15 дона газ тақсимлаш қурилмаси орқали табиий газ етказиб берилмоқда.

“Ҳудудгаз Наманган” газ таъминоти филиали матбуот хизмати
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

Газ тизими ходимлари ҳар қандай об-ҳаво шароитида ҳам халқ хизматида

«Ҳудудгаз Наманган» газ таъминоти филиали томонидан вилоятнинг олис ҳудудларига суюлтирилган газ ўз вақтида етказилмоқда.

Маълумот учун, Чортоқ туманининг олис манзилларидан бири саналган «Сарой» маҳалласига 6-8 декабр кунлари 8,4 тонна суюлтирилган газ етказиб берилди. Ушбу ҳудуд аҳолиси йил бошидан бери 78,1 тонна суюқ газ билан таъминланган.

“Ҳудудгаз Наманган” газ таъминоти филиали матбуот хизмати
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

❄️❄️❄️ -15 harorat

📍YANGIQO‘RG‘ON TUMANI


Ayni vaqtda mamlakatimizda anomal sovuq harorat kuzatilmoqda, gaz ta’minoti xodimlari esa odatdagidek xalq xizmatida.
 
“Hududgaz Namangan” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

Ҳаво совуқ, йўлларни қалин қор қоплаган. Ободонлаштириш ходимлари эса одатдагидек кўчаларни тозалаш билан банд.

Юзага келган носозликлар эса масъуллар томонидан тезкорлик билан бартараф этилмоқда.

Янги Наманган тумани ҳокимлиги ахборот хизмати

Каналга уланиш — @yanginamanaxborot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

❄️❄️❄️ -15° harorat

📍POP TUMANI


Anomal sovuq havo sharoitida iste’molchilarni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan bir maromda ta’minlash uchun zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

Bu borada “Pop tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan ham muxandis-texnik xodimlardan iborat avariya tiklash brigadalari tashkil etilib, barcha zaxira materiallari, ish anjomlari va maxsus texnikalar bilan ta’minlandi.

Ma’lumot uchun, Pop tumanida 11 ta ekspluatasiya mutaxassislari tomonidan hududlardagi 673,39 km (77,10 km yer osti va 596,29 km yer usti) gaz tarmoqlari va 40 dona gaz taqsimlash qurilmalari qayta ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. 

Bundan tashqari, havo haroratining keskin sovub ketishi natijasida tuman markazidan tashqarida joylashgan gaz tarmoqlaridagi kompensatorlar holati ham nazorat qilinyapti.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

🌡️ -10° harorat

📍 NAMANGAN SHAHRI


Anomal sovuq iqlim haligacha chekingani yo‘q, gaz tizimi xodimlari esa dam olish kuni bo‘lishiga qaramay xalq xizmatida bo‘lyaptilar.

Qahraton qishda aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan suyultirilgan gaz “mahallabay” ishlash mexanizmi asosida har bir ko‘chaga o‘z vaqtida yetkazilmoqda.

“Namangan shahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan “Sharshara” mahallasi aholisiga bugunning o‘zida 21 tonnaga yaqin suyultirilgan gaz tarqatildi.

Ma’lumot uchun, mazkur mahallada 1158 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, ularga belgilangan reja asosida har 35-38 kunda suyuq gaz yetkazilmoqda.

“Hududgaz Namangan” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

🌡️ -5° harorat

📍CHORTOQ TUMANI

Chortoq tumanining “Qoramurut” mahallasi Namangan viloyatining olis chegara hududlaridan sanaladi.

Ushbu hududda 679 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud, ularga suyuq gaz belgilangan reja asosida o‘z vaqtida yetkazilmoqda.

Gaz tizimi xodimlari bugun ham ushbu mahalla aholisi xizmatida bo‘ldilar. Iste’molchilarga shu kunning o‘zida 12 tonna suyultirilgan gaz tarqatildi.

Ma’lumot uchun, Chortoq tumanida 25 289 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud, ularga 2023 yilning shu kuniga qadar 200 tonnaga yaqin suyuq gaz yetkazib berilgan.

“Hududgaz Namangan” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

-5° harorat

📍 CHORTOQ TUMANI


Chortoq tumanining “Do‘stlik” mahallasi hududida joylashgan yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmasi tumanning “Zafar Diyor”, “Do‘stlik”, “Dildosh” va “O‘zbekiston” mahallalaridagi 2400 dan ortiq aholini tabiiy gaz bilan ta’minlaydi.

Iste’molchilarga tabiiy gazni bir maromda yetkazib berish maqsadida gaz tizimi xodimlari tomonidan ushbu qurilma doimiy nazorat qilib borilmoqda.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

-3° harorat

📍 TO‘RAQO‘RG‘ON TUMANI

To‘raqo‘rg‘on tumanining “Toshkent” mahallasi hududidagi “Statsionar” gaz taqsimlash punktida joylashgan 3 ta yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmalari tumanning “Isvaxon”, “Markaz” va “Chustko‘prik” hududlarini tabiiy gaz bilan ta’minlaydi.

“Isvaxon” hududida “Isvaxon”, “Bekobod” va “Hamid Olimjon”  mahallalari mavjud bo‘lib, 1170 dan ortiq aholiga tabiiy gaz yetkazib beriladi.

“Markaz” hududi “Toshkent”, “Yangiobod”, “Yortepa ko‘cha”, “Turkiston”, “Ibrat”, “Birlashgan” va “Sharq” mahallalaridagi 650 ga yaqin aholini tabiiy gaz bilan ta’minlaydi.

“Chustko‘prik” orqali esa “Chustko‘prik” “Kumidon” va “Istiqlol” mahallalaridagi 1300 dan ortiq aholiga tabiiy gaz yetkaziladi.

Ta’kidlash joiz, iste’molchilarni tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash uchun gaz tizimi xodimlari tomonidan barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda, holat esa doimiy nazoratda.

Ma’lumot uchun, tumanda 8 nafar ekspluatasiya mutaxassislari va gaz payvandchilari tomonidan hududlardagi 479.7km (58 km yer osti va 421 km yer usti) gaz tarmoqlari va 36 dona gaz taqsimlash qurilmalari qayta nazoratdan o‘tkazilmoqda.

“Hududgaz Namangan” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

🌡️ -3° harorat

📍TO‘RAQO‘RG‘ON TUMANI

To‘raqo‘rg‘on tumanining “Katta qurama” mahallasida 438 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, ular oyma-oy, o‘z vaqtida suyuq gaz bilan ta’minlanmoqda.

Gaz tizimi xodimlari tomonidan 18-yanvar kuni ham hudud ahliga 8,8 tonna suyultirilgan gaz tarqatildi.

Ma’lumot uchun, To‘raqo‘rg‘on tumanida 40 277 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud, ularga 2023 yilning 18- yanvar kuniga qadar 311,4 tonna suyuq gaz yetkazildi.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

📍 YANGI NAMANGAN TUMANI

Mamlakatimizda anomal sovuq harorat davom etmoqda. Gaz tizimi xodimlari iste’molchilarga tabiiy gazni bir maromda yetkazib berish uchun kun-u tun astoydil mehnat qilmoqdalar.

«Hududgaz Namangan» gaz ta’minoti filiali rahbari Shavkatjon Ataxanov Yangi Namangan tumanining “Abu Rayxon Beruniy” mahallasida bo‘ldi, u yerda viloyat FVB mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi xonadonlari ko‘zdan kechirildi.

Mahallaning «Islom Karimov» ko‘chasida 13 ta ko‘p qavatli uylar mavjud bo‘lib, 520 nafar aholi yashaydi. Ushbu xonadonlarni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi gaz taqsimlash punktlari qayta sozlanib, tabiiy gaz ta’minoti bir maromga keltirildi, holat esa doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Shuningdek, iste’molchilarga tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rish, isitish moslamalari va gaz jihozlarini qarovsiz qoldirmaslik zarurligi bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

📍 DAVLATOBOD TUMANI

Gaz ta’minotidagi nosozlik tezkor bartaraf etildi (+video)

Mamlakatimizda sovuq harorat hukm surmoqda. Bunday vaziyatda iste’molchilarni tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash uchun gaz tizimi xodimlari tomonidan barcha choralar ko‘rilmoqda. Shunga qaramasdan, sovuq harorat tizim ishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Tarmoqlarda avariyali holatlar ham kuzatilyapti.

Davlatobod tumanining “Yuksalish” mahallasi hududidagi o‘rta bosimli yer osti D-159 mm gaz tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi. Ushbu holat “Davlatobod tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi ekspluatatsiya mutaxassislari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etildi. Hozirda mazkur hududdagi 2718 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklandi.

Ta’kidlash joiz, “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali xodimlari havo haroratining pasayib ketganiga qaramay kun-u tun o‘z vazifalarini sidqidildan bajarmoqda.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
#nocomment

📍 YANGI NAMANGAN TUMANI


Joylarda reyd tadbirlari o‘tkazildi

«Hududgaz Namangan» gaz ta’minoti filiali rahbari Shavkatjon Ataxanov Yangi Namangan tumanining «Sihatgoh», «Mehnatobod» va «Yangi Zamin» mahallalarida bo‘ldi.

Filial xodimlari va viloyat FVB mas’ullari bilan hamkorlikda mazkur hududlarda reyd tadbirlari o‘tkazildi.

O‘rganish davomida aholi xonadonlari ko‘zdan kechirildi, tabiiy gazga gaz tortuvchi uskuna o‘rnatib olgan fuqarolar ogohlantirilib, holat bartaraf etildi. Bir necha bor ogohlantirilishiga qaramay, qo‘lbola gaz so‘rg‘ich o‘rnatib olgan iste’molchilar gaz tarmog‘idan uzildi.

Shuningdek, iste’molchilarga tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rish, isitish moslamalari va gaz jihozlarini qarovsiz qoldirmaslik zarurligi bo‘yicha ham targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
 
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

📍 YANGI NAMANGAN TUMANI

“Namangan shahar gaz” gaz ta’minoti bo‘limi ekspluatasiya mutaxassislari tomonidan Yangi Namangan tumani, “Ma’naviyat” mahallasida joylashgan gaz taqsimlash qurilmasi qayta ko‘rikdan o‘tkazildi. Ushbu qurilma orqali mahalla hududidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi 1057 nafar aholiga tabiiy gaz yetkazib beriladi.

Ma’lumot uchun, shahar ekspluatasiya mutaxassislari tomonidan hududlardagi 765,23 km (119,63 km yer osti va 645,61 km yer usti) gaz tarmoqlari va 400 dona gaz taqsimlash qurilmalari qayta sozlanib, nazorat qilib borilmoqda.

Shu o‘rinda aytish joiz, gaz tizimi xodimlari 24 soatlik ish rejimiga o‘tib, xalq xizmatida bo‘lmoqdalar, yuzaga kelayotgan nosozliklar tezkorlik bilan bartaraf etilmoqda. Bu mehnatlari esa e’tibordan chetda qolgani yo‘q. Namangan viloyati hokimligi tomonidan kun-u tun xizmat qilayotgan gaz tizimi xodimlaridan 100 nafariga 3 mln so‘mdan moddiy rag'bat berildi.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

📍 CHUST TUMANI


Chust tumanining “Sadacha” mahallasi hududidagi “Chust” gaz taqsimlash punkti tumanning 18 ta mahallasidagi 7901 nafar aholini tabiiy gaz bilan ta’minlaydi.

Ushbu gaz taqsimlash qurilmasi jami 18 ta yuqori bosimli va 43 ta o‘rta bosimli gaz tarmog‘i orqali iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib beradi.

Ta’kidlash joiz, iste’molchilarni tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash uchun gaz tizimi xodimlari tomonidan barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda, holat esa doimiy nazoratda.

Ma’lumot uchun, tumanda 9 nafar ekspluatasiya mutaxassislari va gaz payvandchilari tomonidan hududlardagi 387,760 km gaz tarmoqlari va 69 dona gaz taqsimlash qurilmalari qayta nazoratdan o‘tkazildi.

“Hududgaz Namangan” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

Шимолий айланма йўлида таъмирлаш ишлари давом этмоқда

Янги Наманган тумани ҳудудидан ўтувчи 4Р-117 автомобиль йўлининг 22-29 км қисмида мукаммал таъмирлаш ишлари олиб бориляпти.

Лойиҳага кўра 6,4 км узунликдаги йўлда замонавий метал тўсиқлар, ёритиш чироқлари, пиёдалар ҳамда велосипед йўлакчаси барпо этилади.

Янги Наманган тумани ҳокимлиги ахборот хизмати

Каналга уланиш –  @yanginamanaxborot‌‌
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

Шимолий айланма йўлида таъмирлаш ишлари давом этмоқда

Янги Наманган тумани ҳудудидан ўтувчи 4Р-117 автомобиль йўлининг 22-29 км қисмида мукаммал таъмирлаш ишлари амалга оширилмоқда.

«Бест строй-2020» МЧЖ пудратчилигида олиб борилаётган мазкур бунёдкорлик ишлари давомида 7 км узунликдаги йўлда замонавий метал тўсиқлар, ёритиш чироқлари, пиёдалар ҳамда велосипед йўлакчаси барпо этиш кўзда тутилган, ҳозирда йўлларга текисловчи қатлам асфальт босилиб, ҳудуддаги ирригация тармоқлари созланмоқда. Тун бўлишига қарамай, иш қизғин давом этяпти.

Янги Наманган тумани ҳокимлиги ахборот хизмати

👉
Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment

Катта Наманган Магистрал каналининг “Атанган гузари” маҳалласи ҳудудидаги
қирғоқларида таъмирлаш ишлари бошланди


Янги Наманган тумани ҳокимлиги ахборот хизмати

👉 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Guruh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nocomment #jarayon #videorolik

Наманган Тўқимачилик Саноати Институтида талабалар учун янги турар жой қурилиш ишлари жадал тарзда бошлаб юборилди

Ушбу лойиҳа давлат-хусусий шериклик асосида 28 млрд маблағ эвазига 400 ўринга мўлжаллангани билан аҳамиятли.

Қурилиш ишлари юқори тезликда ва сифатли амалга оширилмоқда. Бино лойиҳаси замонавий архитектура ва илғор қурилиш технологияларидан фойдаланган ҳолда ишлаб чиқилган бўлиб, талабалар учун барча қулайликлар ва зарурий инфратузилмалар билан таъминланади. Қурилиш майдонида хавфсизлик чораларига алоҳида эътибор қаратилмоқда ва меҳнат муҳофазаси қоидаларига қатъий риоя қилинмоқда.