Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.83K subscribers
12.1K photos
857 videos
32 files
3.55K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Jahon_kimyo_olimpiadasi

⚡️SHVEYSARIYA. JAHON KIMYO OLIMPIADASIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI BOSHLAB YUBORILDI

🔴 Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalari agentligi direktori o'rinbosari Alisher Ubbiyev va Prezident maktablari bilan ishlash bo’limi boshlig’i To'raboy Shermatov Jahon kimyo olimpiadasi (IChO) tashkiliy qo'mitasi yig'ilishida ishtirok etishmoqda.

❗️Yig'ilish Syurix shahrida joylashgan Syurix Federal texnologiya institutida (ETH Zürich) bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuv davomida 2026-yilda yurtimizda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Jahon kimyo olimpiadasi jarayonlarini sifatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

📆 Uchrashuvlar 21-yanvarga qadar davom etadi.
_______
✔️Ma'lumot o'rnida, Jahon kimyo olimpiadasi har yili o'tkaziladi va xalqaro maqomga ega 5 ta asosiy fan olimpiadasining biri hisoblanadi. Mazkur olimpiada Markaziy Osiyo mintaqasida ILK BORA bo'lib o'tadi.

Mazkur olimpiadaning O’zbekistonda o’tishi uchun 74 ta mamlakat ovoz bergan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍2