Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.64K subscribers
10.5K photos
801 videos
30 files
3.27K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening
#Namangan_viloyati

⚡️Bugun Namangan shahar 1-ixtisoslashtirilgan maktabida Direktorlar kengashi tomonidan umumta'lim maktablarining direktor, ma'naviy-marifiy hamda o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun "Zamonaviy rahbar va maktab ta’limida samarali boshqaruv" shiori ostida seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur seminar-treninglardan asosiy maqsad, ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish shuningdek, formativ va summativ baholash shakllarini tatbiq etish, liderlik qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.

Namangan shahridagi Prezident maktabi matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_kengashi
#Seminar_trening
#Namangan_viloyati

📹Namangan viloyati Direktorlar kengashi tomonidan umumta'lim maktablari direktorlari, ma'naviy-ma'rifiy hamda o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun tashkil etilgan seminar-trening jarayonlaridan videolavh
a
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“O‘g‘illarimdan umidim katta”: Ikki farzandi prezident maktabida o‘qiyotgan novvoy
#kun_uz

Bog‘dod tumani Samarqand qishlog‘ida oddiy oilaning ikki farzandi Farg‘ona shahridagi prezident maktabiga o‘qishga kirgan. Daromadi novvoychilikdan bo‘lgan ota-ona farzandlari kamoli uchun tinmay mehnat qiladi. “Imorat qurmasak-da, bor mablag‘imizni o‘g‘illarimizning bilim olishi uchun sarflayapmiz, ular novvoyxonada qiyinchilikni his qilib ulg‘ayishdi”, deydi ota.

📹
TO‘LIQ VIDEONI KO‘RING

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soha_qonunchiligi

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA STEM FANLARINI INGLIZ TILIDA OʻQITISH YOʻLGA QOʻYILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra:

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

O‘quvchilar oʻrtasida “Yosh akademiklar” klublari tashkil etiladi;

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari 13 ta hududda tashkil etiladi;

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yangi Oʻzbekiston" universiteti bilan integratsiyalashgan tarzda muhandislik yoʻnalishida oʻqitish yo‘lga qo‘yiladi;

Ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-oʻquv yilidan bosqichma bosqich STEM fanlarini toʻliq ingliz tilida oʻqitish tashkil etiladi;

Maktablarimizning ilgʻor va tajribali o‘qituvchilaridan iborat bo‘lgan STEM fanlari bo‘yicha fan kengashlari tashkil etiladi;

Agentlik tizimida "Bitiruvchilar kengashi" tashkil etiladi hamda har yili "Bitiruvchilar qurultoyi" oʻtkaziladi;

Oʻquvchilar oʻrtasida "Turon yoʻlbarslari" harbiy sport musobaqalari oʻtkaziladi;

Har yili umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ixtirochilikka qadam” tanlovi oʻtkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM