Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Xushxabar
⚡️ 20-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI
📆 Shu yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 16 ta mamlakatidan 680 nafar o'quvchi (matematika fanidan – 286 nafar, fizika fanidan – 194 nafar, informatika fanidan – 200 nafar) ishtirok etdi.
📈 Ushbu olimpiadada 2 ta oltin, 3 kumush va 9 ta bronza medali qo‘lga kiritildi!
🎉 Mazkur olimpiadada Informatikadan ilk marta oltin medalga erishildi.
📝 G‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:
💻 Informatika:
🥇 Aslibek Sunnatov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi - oltin;
🥈 Husanboy Mansuraliyev — Namangan shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o’quvchisi – kumush;
🧮 Matematika:
🥇 Madina Suyunova — Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o’quvchisi – oltin;
🥈 Asadbek Boboqulov — Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o’quvchisi – kumush;
🥈 Begzod Xoshimjonov — Marhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi - kumush;
🥉 Behruzbek Elmurodov — Mirishkor tumani, 21-maktab 10-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉 Maqsadbek Egamberdiev — Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉 Asilbek Abduqayumov — Westminster akademik litseyi 2-bosqich o’quvchisi – bronza;
🥉 Elbek Zohidjonov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉 Farhod Ochilov — Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉 Nurmuhammad Otamurodov — Olot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉 Ozodbek Axtamov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉 Azizbek Mamajanov — Sayxunobod tumani 3-maktab 8-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉 Ozodbek Orifjonov — Sayxunobod tumani, 3-maktab 10-sinf o’quvchisi – bronza medallarini qo’lga kiritdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar! Hurmatli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.
Faxr bilan ta’kidlash o‘rinliki, yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlarni amalga oshirish, vatandoshlarimiz tinchligi va davlatimiz mustaqilligini mustahkamlashda sizlarning ham munosib o‘rningiz bor.
Ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlaringiz muhim ahamiyatga ega.
Katta mamnuniyat bilan ayta olamanki, sizlarning har biringiz o‘z oilangiz va yaqinlaringizning mustahkam qo‘rg‘oni, munosib suyanchisizlar.
Sizlar kabi o‘z Vatani va oilasini jondan sevuvchi mard o‘g‘lonlar, yurt himoyachilari bor ekan, bizning ko‘nglimiz xotirjam. Jasur va fidoyi Vatan himoyachilari — bizning chinakam faxrimizdir.
Barchangizga uzoq umr, oilangizga baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik tilayman.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

#Tabrik
XALQ VA ARMIYA BIR TANU BIR JON!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Vatanimiz himoyasi va rivoji uchun turli xil kasblarda xizmat qilayotgan O‘zbekiston o‘g‘lonlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaydi.
Mamlakatimiz tinchligini saqlash yo‘lida amalga oshirayotgan fidokorona xizmatlaringizda muvaffaqiyat hamisha yor bo‘lsin! Sog‘lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj
🎉 20-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI ISHTIROKCHILARI KUTIB OLINDI
📆 Shu yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 2 ta oltin, 3 kumush va 9 ta bronza medali qo‘lga kiritildi!
⚡️ Mazkur 14 ta medalning 8 tasiga (1 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza) Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari ega chiqishdi.
✅ Ushbu olimpiadada Informatikadan ilk marta qo‘lga kiritilgan oltin medal sohibi ham Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi Asilbek Sunnatov bo‘ldi.
📝 Gʻoliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Fotoreportaj
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hayot_lavhalari
“Iste’dodsiz farzand bo‘lmaydi, e’tiborsiz ota-onalar bor, xolos”
✅ Iqtidorli rejissyor Shokir Xoliqovning ushbu g‘oya ostida yaratilgan “Iste'dod" ijtimoiy roligida hayotimizning kundalik bir lavhasi katta mahorat bilan ochib berilgan.
➖ Film ijodkorlari ta’kidi bilan aytganda, har bir bolaning ichida o‘ziga xos iste’dod yashirin. Uni yuzaga chiqarish hamda rivojlantirish ota-onalarning farzandiga berayotgan e’tiboriga, daldasiga bog‘liq.
➖“Iste'dod" ijtimoiy roligi sizga ana shu haqiqatni ko‘rsatib beradi.
❗️Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizning qiziqishlari va iste’dodiga befarq bo‘lmang!

#ishga_taklif
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan shahridagi Prezident maktabi quyidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi:
✔️ Bosh hisobchi;
✔️ Media to'garagi rahbari;
✔️ EHM laboranti.
Bosh hisobchi lavozimi uchun talablar:
🔹Oliy ma’lumotli;
🔹Kamida 5 yillik ish tajribasi;
🔹UzASBO dasturni mukammal bilishi;
🔹O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;
🔹Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
🔹Ishga mas'uliyat bilan yondashishi va kirishuvchanlik talab etiladi.
📆 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 31-yanvar kuniga qadar qabul qilinadi.
❗️Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:
e-pochta: [email protected]
Tel raqam: +998932006616

#Speech_time
✅Bugun Namangan shahridagi Prezident maktabida "Speech time" loyihasi hindistonlik o'qituvchi Mr Abdulhaseeb Khan tomonidan o'tkazildi.
🎊Taqdimot va nutq mavzusi 26-yanvar - Hindistonda "Respublika kuni"ga bag'ishlandi.
🇺🇿🇮🇳Mavzu doirasida O'zbekiston va Hindistonning tarixiy, madaniy, siyosiy aloqalari alohida ta'kidlandi.
✔️Ustoz Haseeb Khan Hindistonning dunyoga mashhur madaniy belgilari haqida to'xtaldi va "Mumtoz adabiyot" oyligi boshlangani munosabati bilan Zahiriddin Muhammad Bobur va Alisher Navoiy ijodiga ehtirom ko'rsatdi.
▶️Hazrat Navoiyning "Umri aziz" radifli ruboiysini maktab jamoasiga ifodali o'qib berdi.
❗️Bugungi taqdimotdan ko'zlangan maqsad o'quvchi yoshlarda vatanparvarlik, daxldorlik, do'stlik va hurmat tuyg'ularni rivojlantirishdir.
Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube