Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.66K subscribers
10.5K photos
801 videos
30 files
3.27K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Hamkorlik
#Ota_onalar_konferensiyasi

Namangan shahridagi Prezident maktabida navbatdagi ota-onalar bilan hamkorlik konferensiyasi tashkil qilindi.

📍Ota-onalar konferensiyasida quyidagi masalalar muhokama etildi:

🔰Ota-onalar va sinf rahbarlari suhbati;
📊 o'quvchilarning o'tgan I chorak  natijalari monitoringi;
🤝o'zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash;
📌o'quvchilarning tarbiya va  ta'lim jarayonlaridagi muammolari yuzasidan ota-onalarning murojaatlari bo'yicha tavsiyalarini o'rganish.

♻️Bu galgi uchrashuv va suhbatlar OTA-ONA ➡️O'QUVCHI➡️ O'QITUVCHI bog'liqligida o'tkazildi va yutuqlar va kamchiliklar birgalikda muhokama qilindi.

⚡️O'quvchilar ta'lim-tarbiyasida, farovonlik va xavfsizligida bu kabi konferensiya va hamkorlik faoliyati muhim ahamiyatga ega.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
#hamkorlik
#Dõstlik_uchrashuvi

📚
Namangan shahridagi Prezident maktabi hamda Namangan shahar 1-ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligida "Zakovat", "Shaxmat", "Rubik kubini terish" bo'yicha do'stlik uchrashuvlari tashkil etildi.

👨‍🎓Uchrashuv va musobaqalar har ikki maktabning o'quvchilar prezidenti va vitseprezidentlari tomonidan boshqarildi.

🔥Qizg'in va jo'shqin lahzalarga boy bo'lgan jarayonlar maktab o'quvchilarida birdamlik, do'stlik tuyg'ularini, hamkorlikda, bir oila bo'lib harakat qilish maqsadini o'zida mujassam etdi.

🤝Uchrashuv yakunlarida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan psixologlar, qadrli pedagoglar!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Sizlarni “22-noyabr — xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklaydi!

Albatta, bugungi kunda sohada mehnat qilayotgan 18 368 nafar pedagog-psixologlarning ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash borasidagi roli juda muhim o‘rin tutishini barchamiz yaxshi bilamiz.

Sizlarning jonbozligingiz va katta mehnatingiz ortidan ta’lim muassasalarimizdagi bolalar bilan ish olib borish yanada zavqli, yanada qiziqarli.

Shu ma’noda sizlar o‘zingiz mehnat qilayotgan ta’lim maskanining chinakam fidoyilarisiz, desak adashmagan bo‘lamiz.

Yana bir bor bugungi muhim sana barchangizga muborak bo‘lsin!

______
Уважаемые психологи, работающие в системе дошкольного и школьного образования, дорогие педагоги!

Коллектив Министерства дошкольного и школьного образования искренне поздравляет всех вас с «Международным днем психологов».

Конечно, мы все прекрасно знаем, что роль работающих сегодня в нашей сфере 18 368 педагогов-психологов очень важна в повышении качества образования и воспитании из учеников всесторонне развитых людей.

Благодаря вашему энтузиазму и трудолюбию работать с детьми в наших образовательных учреждениях становится приятнее и интереснее. В этом смысле я не ошибусь, если скажу, что вы являетесь преданными своему делу.

Еще раз поздравляуь вас с вашим профессиональным праздником!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Jadidchilik harakati haqida film yaratildi

Jadidchilik harakati tarixi va uning yetuk namoyondalari taqdiri, 1917-yilgi Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy voqealar rivojiga bag‘ishlangan "Armon" filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

❗️Ruslan Soliyev rejissyorligida tasvirga olingan mazkur filmdagi voqealar dunyoning yetakchi olimlari tomonidan hikoya qilinadi.

🎞 Filmni quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin:

O‘zbek tilida : https://youtu.be/ZM6asRgEfZU?si=JzZwSotMAWqi--2Z

Rus tilida : https://youtu.be/ze7UeuFAozc?si=eM_HGt2h2mXp44y5

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰 Namangan shahridagi Prezident maktabida, yong'in sodir bo'lganda qo'llaniladigan favqulodda tartib-qoidalar amaliyoti bo'yicha viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda trening mashg'ulotlari o'tkazildi. Maktab jamoasiga yong'in xavfsizligi, shu jumladan evakuatsiya va favqulodda vaziyatlarda tartib-qoidalar bo'yicha tegishli ko'rsatmalar tanishtirib o'tildi.

🧯Tadbir davomida favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan favqulodda vaziyatlarda harakatlanish, himoyalanish bo‘yicha chiqishlar namoyish qilindi.

🧑‍🚒Tadbirdan ko'zlangan maqsad, O‘quvchi yoshlar va maktab jamoasi o'rtasida favqulodda vaziyatlarda bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashdir.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#darsdan_sõng
#bolalar_oshxonasi

♻️Bugun ingliz tili o'qituvchisi Ivy Saballa 7-va 8-sinf o'quvchilari bilan to'garak mashg'ulotida "Dunyo taomlari" mavzusida amaliy mashg'ulot olib bordi.

👩‍🍳🧑‍🍳Dastlab dunyo taomlari, ularning milliy va hududiy o'ziga xosliklari matnlar va videotaqdimotlar orqali tushuntirildi.

🌮🍮🥗Undan so'ng o'quvchilar maktab oshxonasida Meksika milliy taomi tako, fillipincha shirinlik va rus oshxonasiga xos salatlar tayyorladilar.

Amaliy mashg'ulotlar o'quvchilarni mustaqil va nostandart fikrlashga, ijodkorlikka undaydi, ularda mehnat tarbiyasi va hayotsevarlik tuyg'ularini rivojlantiradi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube