Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.64K subscribers
10.5K photos
801 videos
30 files
3.27K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Hamkorlik

🔰 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ham Oʼzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʼich tashkilotlari faoliyatini boshladi. Bu Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan imzolangan Qo'shma qarorda belgilandi.

⚡️ Endilikda muassasalardagi yoshlar yetakchilari oʼquvchilarning taʼlim-tarbiya olishiga koʼmaklashish, manfaatlarini himoya qilish hamda barkamol ulg'ayishlariga koʼmaklashadi.

🌈 Shuningdek, maktablarda Boshlangʼich tashkilotlar “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini ham olib boradi. Taʼlim, madaniyat, sport, ijtimoiy himoya, ekologiya, media yoʼnalishlarida oʼquvchilarning qiziqishlari qoʼllab-quvvatlanadi.

☝️Eslatib oʼtamiz, ayni damda korxona, idora, tashkilot va harbiy qismlarda Yoshlar ittifoqining 20 441 boshlang'ich tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

Bizni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Hamkorlik

PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI.

Joriy yilning 18-sentabrida imzolangan
mazkur memorandumda tomonlar:

🔸Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy himoya qilish;
🔸 “Raqamli avlod” loyihasi bilan Mehribonlik uylarini bosqichma-bosqich qamrab olish;
🔸Mehribonlik uylarida “Raqamli avlod” sinf xonalarini tashkil etish va boshqa vazifalar yuzasidan kelishib olishdi
.

🔰Uchrashuv doirasida "Raqamli avlod IT oromgohi" da ishtirok etgan 22- va 23-sonli Mehribonlik uylari va "SOS - O'zbekiston bolalar mahallalari"ning tarbiyalanuvchilari bilan kelgusidagi rejalar yuzasidan suhbat tashkil etildi.

⚡️Ma'lumot o'rnida, joriy yilning 10-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ta'lim mavzusida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida, jumladan, harbiy xizmatchilar ishtirokida vatanparvarlik darslari tashkil etish muhimligi qayd etildi.
Forwarded from Hilola Umarova
#EcoITOromgoh
#Hamkorlik

⚡️Bugungi kunga qadar "Zamin" fondi bilan hamkorlikda bir necha loyihalarni amalga oshirdik.

Mana bugundan boshlab, "Zamin" fondining "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida "Eco IT oromgoh" loyihasiga start berildi.🔥

📍Oromgoh yoshlar orasida ekologik madaniyatning rivojlanishiga, ekologik loyihalar yaratish bo'yicha bilimlarini boyitishga juda katta hissa qo'shishiga ishonaman.

Oromgoh faoliyatiga omad tilayman!

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#hamkorlik

🔰Zamonaviy maktabning uch ustuni mustahkam bo'lganda, maqsad oydinlashadi. Sifatli ta'lim berish va kelajak yetakchilarini yetishtirishda bu ustunlar o'qituvchi - o'quvchi - ota-ona uchligi eng muhim jihatdir.

Namangan shahridagi Prezident maktabida ota-onalar bilan hamkorlik tizimini yanada mustahkamlash, o'quvchilarning akademik va darsdan tashqari faoliyatida ota-onalarning o'rnini kuchaytirish maqsadida uch kun mobaynida sinflar kesimida suhbatlar va muloqotlar tashkil etildi.