Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
10.5K photos
801 videos
30 files
3.27K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi turmushi bilan tanishish maqsadida ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi.

⚡️Davlatimiz rahbari mazkur tashrif davomida bugun viloyatning Qarshi tumani markazi – Beshkent shahridagi 12-maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu ta’lim muassasasidagi o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Qarshi shahri Oydin mahallasida istiqomat qilayotgan o‘qituvchi Dilshod Nabiyev xonadonida mehmon bo‘ldi. Xonadon egalari bilan bir piyola choy ustida dildan suhbatlashdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Hudud | Professorning ixtirolari Buyuk Britaniyada patentlashtirildi
#26oct #my5

📍“Yangi Oʻzbekiston” universiteti

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
ZAMONAVIY YONDASHUV, AMALIY KO‘NIKMA

🔰O‘quvchi-yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirishda ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy yondashuvlarning o‘rni muhim. Ayni jihatdan, Namangan shahridagi Prezident maktabining bir guruh o‘quvchilari jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudiga tashrif buyurdilar.

🔸 Dastlab o‘quvchilar sud binosidagi shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Shundan so‘ng jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi raisi tomonidan “Qonun va jinoyatchilik” mavzusida amaliy dars mashg‘uloti o‘tib berildi.

📃 Unda sud hokimiyati, qonunchilik normalari, sud jarayonlarining tartibi haqida tushuntirishlar berildi. Mamlakatimizda ta’lim tizimiga qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida gapirilib, Prezident maktablari buning yorqin ifodasi ekani e’tirof etildi.

📈 Amaliy dars jarayonida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Xususan, sud jarayonlarining qanday tartibda o‘tishi, huquqbuzar va jinoyatchilarga beriladigan jazo turlari, yetuk huquqshunos va sudya bo‘lishning sir-asrorlari haqidagi savollarga sud raisi tomonidan batafsil tushuntirish berildi.

Yakunda Namangan viloyati sudi hamda Prezident maktabi o‘rtasida bu kabi hamkorlik tadbirlarini muntazam o‘tkazib turishga kelishib olindi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#Prezident_maktabi

ZAMONAVIY YONDASHUV, AMALIY KOʻNIKMA

Oʻquvchi-yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirishda taʼlim muassasalarida yoʻlga qoʻyilgan zamonaviy yondashuvlarning oʻrni muhim. Ayni jihatdan, Namangan shahridagi Prezident maktabining bir guruh oʻquvchilari jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudiga tashrif buyurdilar.

Dastlab oʻquvchilar sud binosidagi shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng jinoyat ishlari boʻyicha Namangan shahar sudi raisi tomonidan “Qonun va jinoyatchilik” mavzusida amaliy dars mashgʻuloti oʻtib berildi.

Unda sud hokimiyati, qonunchilik normalari, sud jarayonlarining tartibi haqida tushuntirishlar berildi. Mamlakatimizda taʼlim tizimiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor haqida gapirilib, Prezident maktablari buning yorqin ifodasi ekani eʼtirof etildi.

Sud jarayonlarining qanday tartibda oʻtishi, huquqbuzar va jinoyatchilarga beriladigan jazo turlari, yetuk huquqshunos va sudya boʻlishning sir-asrorlari haqidagi savollarga sud raisi tomonidan batafsil tushuntirish berildi.

Yakunda Namangan viloyati sudi hamda Prezident maktabi oʻrtasida bu kabi hamkorlik tadbirlarini muntazam o‘tkazib turishga kelishib olindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube