Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.83K subscribers
12.1K photos
857 videos
32 files
3.55K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#Turkiya

TURKIYA NASHRIYOTLARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

🔴Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi ikki tomonlama hamkorlik va tajriba almashish maqsadida ayni damda Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib turishibdi.

Uchrashuvlar davomida darsliklarni chop etish, ularni ta'lim muassasalariga yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, dastur davomida:

▶️Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi mas'ul xodimlari bilan darsliklarni nashrga tayyorlash, chop etish masalalarini o‘rganish;

▶️davlat hamda xususiy nashriyotlari faoliyati bilan tanishish;

▶️Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi mas'ul xodimlari bilan darsliklarni (xususan, matematika, kimyo fanlari) ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

✔️Uchrashuvlar davom etmoqda.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro hamkorlar bilan taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlari muhokama etilmoqda

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan UNICEF, Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2023-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida taʼlim islohotlarini muvofiqlashtiruvchi "Hamkorlik to‘g‘risidagi milliy kelishuv"ni ishlab chiqish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, UNICEFning Ta’lim sektori rahbari Alberto Biankoli, Taʼlim boʻyicha global hamkorlik tashkilotining mamlakat guruhi rahbari Lina Benet va boshqa bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok etishmoqda.

Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad:

▶️Taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlarini va kamchiliklarni aniqlash orqali yakuniy xulosalar chiqarish;
▶️Hamkorlik toʻgʻrisidagi milliy kelishuv” hujjatida aks etuvchi tizimli islohotlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari va investitsiyalarning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash;
▶️Hamkorlik toʻgʻrisidagi milliy kelishuv”ning tarkibiy tematik yoʻnalishlari boʻyicha indikatorlarni ishlab chiqishdan iborat.

📅Davra suhbati ikki kun davom etadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍1
#Xalqaro_hamkorlik
#UNESCO

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi bilan uchrashdi.

Unda UNESCO bilan ta'lim sohasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik masalalari hamda istiqboldagi rejalar haqida so'z bordi.

❗️Sara Noshadi O'zbekistonda sifatli ta'limni yo'lga qo'yishda amalga oshirilayotgan ishlarni alohida e'tirof etdi.

Shuningdek, tomonlar uchrashuv doirasida:

▶️ O'qituvchilar malakasini oshirish,
▶️ baholash tizimi,
▶️ inklyuziv ta'lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilishdi.

✔️Muzokaralar natijasida UNESCO tomonidan yuqoridagi yo‘nalishlarda vazirlikning rivojlanish strategiyasi tamoyillari doirasida hamkorlik qilish bo‘yicha istak bildirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
#World_bank

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, vazir o’rinbosari Uzoqboy Begimkulov, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha yo‘nalishi global amaliyot boshqaruvchisi Rita Almeyda hamda Jahon bankining O‘zbekistondagi doimiy vakili Marco Mantovanelli ishtirok etishdi.

❗️ Uchrashuvda tomonlar:

professional ta’lim tizimini rivojlantirish,
o’qituvchilar malakasini oshirish sohasida birgalikda loyihalarni davom ettirish hamda
istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
#Xalqaro_hamkorlik
#UNOPS

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida UNOPS xizmatlar ofisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, UNOPSning Avstriyadagi ko‘p mamlakatli ofisi direktori Freyya Fon Groote, UNOPSning Toshkentdagi ofisi boshqaruvchisi Brendan Keyrnan ishtirok etishdi.

❗️Uchrashuv avvalida UNOPS vakillari tomonidan tashkilotning asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida ma'lumot berilib, vazirlik bilan samarali hamkorlik aloqalar olib borilayotgani alohida ta'kidlab o‘tildi.

Shuningdek, mehmonlar yurtimizda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va "O'zbekiston - 2030" strategiyasini yuqori baholashdi.

⚡️UNOPS vazirlik bilan maktablar qurilishi, xalqaro investitsiya va grand mablag‘lari loyihalarini muvofiqlashtirish va ularni ishlab chiqishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qildi.

✔️ Ma'lumot o‘rnida, UNOPS Birlashgan Millatlar Tashkilotining loyihalar ofisi bo‘lib, u BMT tomonidan olib boriladigan loyihalarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube