Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.66K subscribers
10.4K photos
797 videos
30 files
3.25K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Bobur_tavalludining_540_yilligi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavaludining 540 yilligiga bag'ishlab tanlovlar, ochiq darslar hamda chellenjlar tashkil etilmoqda.

▶️Namangan shahridagi Prezident maktabida o'quvchilar ishtirokida Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romani asosida tayyorlangan sahna ko'rinishi namoyish etildi.

▶️ Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan 10-sinflar oʻrtasida uning ijodiy faoliyati yuzasidan intellektual ring tashkil etildi.

▶️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-8-9-10-sinflar o'quvchilari o'rtasida "Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur ijodini o'rganishning ahamiyati" mavzusida insholar va rasmlar tanlovi va intellektual musobaqa o'tkazildi.

▶️Shomanay tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Bobolarimiz merosi" nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

▶️Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

▶️ 𝐗𝐢𝐯𝐚 𝐬𝐡𝐚𝐡𝐚𝐫 𝟐-𝐬𝐨𝐧 𝐢𝐱𝐭𝐢𝐬𝐨𝐬𝐥𝐚𝐬𝐡𝐭𝐢𝐫𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐦𝐚𝐤𝐭𝐚𝐛𝐢𝐝𝐚 "𝙄𝙠𝙠𝙞 𝙗𝙪𝙮𝙪𝙠 𝙨𝙞𝙮𝙢𝙤" nomli tadbir bo'lib o'tdi.

🔴Bayram tadbirlari davom etmoqda.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Bobur hayotida farzand tarbiyasi

Zahiriddin Muhammad Bobur yurtimiz va dunyo madaniyati tarixida ulkan iz qoldirgan yirik mutafakkirlardan biridir.

Buyuk Amir Temur sulolasining davomchilaridan biri bo‘lgan Bobur oilaviy an’analardan kelib chiqib farzand tarbiyasi va ularning yuksak bilimli insonlar bo‘lib kamol topishiga katta e’tibor bergan.

Uning shoh asari “Boburnoma”da Bobur o‘z farzandlarining ta’lim-tarbiyasiga doimo katta e’tibor bergan, saltanat ishlari va ijoddan bo‘sh vaqtlarida ularning ta’lim olishi, xulqi va tarbiyasini munatazam nazorat qilgan.

Bobur farzandlariga muhabbati kuchliligidan ular uchun alohida asarlar yaratgan, dunyoviy va diniy ilm, davlat ishlari va ijod haqida bolalari bilan maktublar yozishishgan. Xususan, farzandlari uchun kitob yozishni otalik va podshohlik burchi deb hisoblagan Bobur 1522-yilda o‘g‘li Humoyunga atab “Mubayyin” asarini yozadi.

O‘g‘li Komronga yozgan maktubida farzandining iqboli yo‘lida muhim fikrlarni bildira turib, “...umidim borkim, jami’i qobiliyat va salohiyat bobida komil va mukammal bo‘lub kamolg‘a yetgaysen”, deya uning kelajagiga katta ishonch bildiradi.

Bobur o‘g‘li Humoyunga yozgan maktubida farzandiga shunday tanbeh beradi: “Yana men degandek bu xatlaringni bitibsen va o‘qumaysen, ne uchunkim, agar o‘qur xayol qilsang edi, o‘qiy olmas eding. O‘qiy olmagandin so‘ng albatta tag‘ir berur eding. Xatingni xud tashvish bila o‘qisa bo‘ladur, vale asru mug‘laqtur…”

Anglanadiki, Bobur farzandlarining nafaqat ilmli va komil shaxs bo‘lishini, balki xatlarini imlo xatolarisiz, sodda va ravon tilda yozishga undagan.

Katta iste’dod va mukammal shaxs, mehribon ota va murabbiy qo‘l ostida kamolga yetgan farzandlar vaqt o‘tib yirik olim va ijodkorlar bo‘lib yetishishdi. Xususan, Boburning to‘rt o‘g‘li — Humoyun, Komron, Askariy, Hindol va qizi — Gulbadanbegim atoqli shoir, adib va olimlar sifatida ilmu san’at rivojiga katta hissa qo‘shib keldilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bobur she’riyati har yurakdan o‘zgacha yangraydi

Tabiatan olib qaralganda, inson atrofidagi axborotlarni ko‘zi va quloqlari orqali qabul qiladi. Ammo oramizda shunday insonlar borki, ular ko‘zi orqali tevarakni anglaydi, idrok etadi. Ammo qalbi bilan his qiladi, o‘z tuyg‘ularini yuragidan otilib chiqayotgan tug‘yon yordamida bayon etishga harakat qilishadi.

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan (kar) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 90-sonli maktab-internati
da tahsil olayotgan 200 nafar o‘g‘il-qiz orasida bugungi kunda qisman eshitish baxtiga sazavor bo‘lgan o‘quvchilar soni ortib bormoqda.

“Zamin” Xalqaro jamoat fondining "Eshitishni xohlayman" loyihasi doirasida muassasa o‘quvchilariga taqdim etilgan eshitish apparatlari yordamida aksariyat bolalar atrofidagilar bilan muloqot qilishmoqda. So‘zlashish barobarida ustozlari yordamida musiqa va she’rlar eshitishib, ularni imkon qadar talaffuz qilishmoqda.

Muassasa o‘quvchilari va ularning ustozlari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligiga atab tayyorlangan videolavhani tomosha qilar ekansiz, bolalarning so‘z aytishga bo‘lgan ishtiyoqini yurakdan his etasiz. Qalbingizdan otilib chiqayotgan bir sado sizni ular bilan birga she’r aytishga, hayajonni birga tuyishga undaydi.

Va anglaysizki, eng mukammal ijro — qalbdan chiqayotgan sado, yurakning samimiy izhorlaridir.

Videolavhadagi qalb ijrolarini birgalikda eshitamiz.
Forwarded from NV Madaniyat maktabi
#nazm_va_navo

She'riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi hamda buyuk shoir va olim, mashhur davlat va jamoat arbobi Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan, Namangan shahar Prezident maktabida, Namangan ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi "Anʼanaviy havaskorlik ansambli" rahbari, "Xalq cholgʻulari ansambli, orkestri" rahbari boʻlimlari ustozlari va oʻquvchilari tomonidan "Nazm va navo" adabiy musiqiy kechasi oʻtkazildi.

Tadbirni tashkil etishda yaqindan hamkorlik qilgan Namangan Prezident maktabi rahbariyati va jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz.

Namangan ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi

https://t.iss.one/madaniyatyulduzlari

https://www.youtube.com/@namanganixtisoslashtirilga2153