Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.69K subscribers
10.4K photos
796 videos
30 files
3.25K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Insholar_tanlovi
#Biz_Beruniy_avlodimiz

✍️ Namangan shahridagi Prezident maktabida buyuk olim, shoir va o‘z davrining deyarli barcha ilmlarini puxta egallagan faylasuf Abu Rayhon Beruniyning 1050 yilligi munosabati bilan "Biz Beruniy avlodimiz" mavzusida 5-8-sinf o'quvchilari o'rtasida insholar tanlovi o'tkazildi.

🔸 Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilariga omad tilab qolamiz.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Steve King,
Cambridge Assessment International Education tashkilotining Ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi

- Avvalo, Prezident maktablarida xalqaro A va AS level imtihonlari yana bir bora o‘tkazilayotgani Kembrij uchun judayam quvonarli holat.

Biz O‘zbekistonning barcha 14 ta hududidagi A/AS level sertifikatlarini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan nomzodlar uchun imtihonlar tashkil qilamiz. Nomzodlar matematika, fizika, kimyo, biologiya va kompyuter texnologiyalari fanlaridan imtihon topshirishlari mumkin. O‘quvchilar bunda imtihon fanlarini o‘zlarini tanlaydilar.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi O‘zbekistondagi barcha nomzodlarga, ularning yoshi va tahsil olayotgan maktabidan qat'iy nazar A level imtihonlarini topshirish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Bu sertifikat butun dunyoda, shu jumladan O‘zbekistondagi Oliy ta'lim muassasalarida ham tan olinadi.

A level imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati 2023-yilning yanvar oyida o‘z nihoyasiga yetadi. Bu borada barcha kerakli batafsil ma'lumot Agentlik tomonidan tez orada e'lon qilinadi.

Yana shuni ta'kidlashim kerakki, Kembrij Prezident ta'lim muassasalari agentligi bilan bu kabi loyihalarni birgalikda amalga oshirayotganidan faxrlanamiz.

Umid qilamizki, o‘quvchilar 2023-yilda va undan keyin bo‘lib o‘tadigan A level imtihonlarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritadilar.
_______
❗️
Ma'lumot uchun, A/AS level imtihonlari Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan tashkil etiladi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Abu_Rayhon_Beruniy
#Hikmatlar

🔰 Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbing kishini ozdiruvchi illatlardan, odamni ko'r qilib qo'yadigan holatlardan, chunonchi, qotib qolgan urf-odatlardan, bid'atlardan, hirsdan, ochko'zlikning quli bo'lishdan ozod bo'lmog'i darkor.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
#Raqamli_avlod
#IT_haftalik
#Fotoreportaj

"Raqamli avlod IT haftaligi" 2-kunidan fotoreportaj.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Speech_time
#Maktabda_bir_kun
❇️ Namangan shahridagi Prezident maktabida tonggi "Speech time" Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

❇️ Maktab va ota-onalar hamkorligini yanada oshirish maqsadida maktabda ota-onalar uchun "Maktabda bir kun..." loyihasi yo'lga qo'yildi. Loyihaga ko'ra ota-onalar farzandlarining maktabdagi hayoti, darslardagi ishtiroki, ularga yaratiglan imkoniyatlar bilan kun davomida tanishib, kuzatib yurishlari mumkin. Bugungi mehmonimiz Muhiddinov Muzaffar aka "Speech time" loyihasida o'z fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashdilar. Shundan so'ng maktabimiz tarix fani o'qituvchisi Sadriddinov Abrorjon tomonidan bugun bo'lib o'tadigan "Beruniy olimpiadasi" haqida qo'shimcha ma'lumotlar berib o'tildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
#Olimpiada_natijalari
#Infografika

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARNING 203 NAFAR O'QUVCHILARI ASOSIY FAN OLIMPIADASIDA G'OLIB BO'LISHDI!

Joriy yilning 3-8-noyabr kunlari bo'lib o'tgan asosiy fan olimpiadasining uchinchi (viloyat) bosqichi natijalari e'lon qilindi.

❗️Olimpiada natijalariga ko‘ra Agentlik tizimidagi maktablarning jami 203 nafar o‘quvchilari g‘oliblikni (I, II, III-o‘rin) qo‘lga kiritishdi. Bu esa, Respublika bo‘yicha jami 630 ta o‘rinning 32,2 foizini tashkil etadi.

🔹Olimpiada umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida birinchi guruh (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari) fanlaridan bo‘lib o'tdi.
___
✔️Ma'lumot uchun, mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qaroriga asosan tashkil etildi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#RaqamliAvlod
#ITHaftalik
#DGContest

⚡️ "Raqamli avlod IT haftaligi" doirasidagi DG Contest musobaqasi bugun soat 17:00 dan 21:00gacha davom etadi.

📍Soat 20:45da contest bo'yicha savol-javoblar, g'oliblarni e'lon qilish uchun Youtube sahifamizda jonli efir bo'lib o'tadi.

Ishtirok etish uchun: https://contest.raqamliavlod.uz 🚀

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang💥

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook