Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.64K subscribers
10.5K photos
801 videos
30 files
3.27K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum

📣📣Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan 24-25-noyabr kunlari “Yangi O‘zbekiston ta'limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” mavzusida xalqaro forum tashkil etilmoqda!

Mazkur forumdan ko‘zlangan maqsad:
🔸xorijiy davlatlar vakillarini O‘zbekistondagi ta'lim islohotlari bilan tanishtirish;
🔸zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirishning xorij tajribasini joriy etish;
🔸nufuzli
xalqaro tashkilotlar bilan tajriba almashishdan iborat.

⚡️Forumga Yevropa, Amerika, Osiyo qit'alaridan ta'lim sohasining 100 dan ortiq yetuk mutaxassislari, o‘z yo‘nalishida jahonning eng nufuzli ta'lim dargohlari rahbarlari va jahon OTMlari reytingini baholovchi Times Higher Education tashkiloti ishtirok etishi kutilmoqda.

Forum ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Savollaringizni @eduforumuz_bot orqali yo’llang!
#Xalqaro_forum

XALQARO FORUM DOIRASIDA ILK MEMORANDUM IMZOLANDI

🔰 Bugun, 22-noyabr kuni "Yangi O‘zbekiston" universiteti binosida "Yangi O‘zbekiston" universiteti va Massachusetts Texnologiyalar Instituti J-WEL o‘rtasida o'zaro hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha Memorandum imzolandi.

Ushbu hamkorlikdan ko'zlangan maqsad:
🖊 tegishli muassasaning o'quv va ilmiy faoliyatiga qiziqishni oshirish;
🖊 har ikkala institutning iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy masalalarni tushunish darajasini oshirish;
🖊 ichki yoki tashqi resurslar tomonidan moliyalashtiriladigan qo'shma tadqiqot takliflari bo'yicha hamkorlik qilish;
🖊professor-o'qituvchilar, talabalar va xodimlar almashinuvini rag'batlantirish

📌Mazkur Memorandum Prezident taʼlim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova hamda J-WEL direktori doktor Vijay MS Kumar tomonidan imzolandi.
#Xalqaro_forum

⚡️“Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik”
xalqaro ta’lim forumi boshlandi!

Bugun 2021-yil 24-noyabr kuni Toshkent shahri Xalqaro anjumanlar saroyida ta’lim sohasidagi eng dolzarb masalalarni hal qilishni maqsad qilgan “Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” deb nomlangan xalqaro ta’lim forumi o‘z ishini boshladi.

Anjumanlar saroyining ko‘rgazmalar zalida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident,ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tomonidan tashkil etilgan loyiha va taqdimotlar namoyishi o‘tkazildi.

👉Bizni jonli efirda kuzating.
#Xalqaro_forum

⚡️"Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” xalqaro ta’lim forumi davom etmoqda.

“Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” ta’lim forumi avvalida Prezident tabrigi o‘qib eshittirildi.

Tabrikni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvahitov o‘qib berdi.

🔸O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev: "Ta'lim yurtimizdagi islohotlarning markazida turadi. Mazkur forum esa bu yo‘lda qo‘yilgan muvaffaqiyatli qadamlardan biridir".

🔸Agentlik direktori Hilola Umarova: "21-asr yoshlarini tarbiyalashda milliy qadriyatlarga suyanish va zamonaviy ilm-fan hamda texnologiyalarni integratsiya qilish alohida ahamiyatga ega. Bugungi forum ta'lim sohasidagi xalqaro kuchaytirish va xorijiy tajribalarni ta'lim sohasiga jalb etishga xizmat qiladi".
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Xalqaro ta’lim forumida pedagoglarning malaka oshirishlari bo'yicha zamonaviy metodikalar muhokama qilindi.

🔸Xalqaro ta’lim forumi o'z ish faoliyatini ikki manzilda – Agentlik va Xalq ta'limi tizimidagi maktab o'qituvchilari uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda va Oliy ta’lim yo’nalishidagi muassasalar uchun "Yangi O’zbekiston" universitetida davom ettiradi.

✔️Forumning 2-kuni barcha mutaxassislar uchun yalpi majlis bilan boshlanib, unda jumladan Agentlik rahbari Hilola Umarova, Turkiya Milliy ta’lim vazirligi oliy va xorijda ta’lim boshqarmasi boshlig’i Jemal Yildiz, Самbridge Assessment xalqaro tashkilotining ta’lim bo’yicha bosh maslahatchisi Stive King, Nottenghem Trend universiteti professori Martin Seviour, Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika kengashlari vakili Uilyam O‘Roark so'zga chiqishdi.

Yalpi majlisda pedagoglarning malaka oshirish, tajriba almashish masalalarining yangi bosqichga o'tayotgani haqida so'z yuritildi.
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Forum doirasida mahorat darslari boshlandi

Forumning amaliyotga bag’ishlangan qismida Agentlik tizimidagi maktablarning mahalliy va xorijlik o’qituvchilari hamda Vestminster xalqaro universiteti o’qituvchilari tomonidan ta’limning dolzarb masalalari va yangi innovatsion texnologiyalarga asoslangan metodika bo’yicha mahorat darslari tashkil qilindi.

Sho’balarda
- “Tabiiy fanlarni tadqiqotchilikka asoslanib oʼqitishda formativ baholash”,
- “PISA tadqiqotlarida matematik savodxonlik”,
- “Turli savol berish texnikalari yordamida oʼquvchilarda tanqidiy va kreativ fikrlashni rivojlantirish”,
- “Аnalogiyalar va modellashtirish yordamida abstrakt fizik tushunchalarni oʼqitish”,
- “Oʼrganish uchun qayta aloqa (“feedback”)”,
- “Tabiiy fanlar darslarida fan va til integratsiyasi”
kabi mavzularda mahorat darslari tashkil etildi.

📌 Ushbu mahorat darslari har bir ishtirokchining kelgusi faoliyatida o’zining ijobiy samarasini beradi deb, umid qilamiz.
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun
#Янги_Ўзбекистон_университети

⚡️Xalqaro ta'lim forumi doirasida oliy ta'lim tizimida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va raqamli davrda innovatsion ta'lim mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

✔️ Unda “Yangi O’zbekiston” universiteti prorektori Elyorjon Jumayev, TUM Int rahbari Frederika Hettinger, Times Higher Education mintaqaviy direktori Lachin Italmazova va Agentlik vakillari so'zga chiqishdi.

📍Tadbirda ta'lim tizimiga zamonaviy innovatsiyalarni joriy etish, "Yangi O'zbekiston" universiteti va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik istiqbollari, xususan oliy ta'lim muassasalarida ilmiy tadqiqot markazlarining o'rni, raqamli ta'limning afzalliklari kabi masalalar muhokama qilindi.

🔸Forum davom etadi.
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Forumning ikkinchi kunida pedagoglarning malakasini oshirish, xorijning eng ilg'or ta'lim metodlarini o'rganishga bag'ishlangan treninglar amaliy mashg'ulotlarga boy bo'ldi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Forum so'ngida seminar-treninglar o'tgan mahalliy va xorijiy ta'lim sohasi vakillariga sertifikatlar topshirildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro ta’lim forumi yakuni va “Yangi O’zbekiston” universitetining tantanali ochilish marosimiga bag’ishlangan madaniy tadbir bo’lib o’tmoqda.

👉Tadbirni jonli efirda kuzating.
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun_yakuni

⚡️"YANGI O'ZBEKISTON" UNIVERSITETINING TANTANALI OCHILISH MAROSIMI VA FORUM YAKUNIGA BAG'ISHLANGAN KONSERT DASTURI BO'LIB O'TDI

🔸Xabar berganimizdek, bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro forum yakuni va Agentlik tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetining tantanali ochilish marosimi munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etildi.

📌Konsertda O'zbekiston xalq artistlari Munojot Yo'lchiyeva, Farrux Zokirov va maqom, opera va baxshichilik san’atining namoyondalari ishtirok etib, tadbirga alohida fayz bag'ishladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yangi O’zbekiston ta’limi: islohotlar yo’lida muvaffaqiyatli hamkorlik” xalqaro ta’lim forumining 1-kunidan lavhalar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum
#Mahorat_darslari

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro ta'lim forumi doirasida Agentlik tizimidagi hamda umumta'lim maktablari o'qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi.

🎥 “Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” ta’lim forumining amaliyotga bag’ishlangan qismi - mahorat darslarini yuqoridagi videorolikda tomosha qiling.