Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.65K subscribers
10.5K photos
798 videos
30 files
3.26K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
💹 Namangan shahridagi Prezident maktabiga O'zbekiston Respublikasi energetika vazirining maslaxatchisi Djurabekov Temur Rejepovich va bo'lim boshlig'i Mullajanov Avazbek Rahimovichlar tashrif buyurishdi. Dastlab mehmonlarni maktabimizning ijrochi direktori Oybek Zokirov Ohundedayevich kutib oldi va yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirdi. Mehmonlar maktabimiz hududini, o'quv labaratoriya sinflarida yaratilgan imkoniyatlarni ko'rib yoshlarga yanada bilimli va energetika sohasi rivojiga hissa qo'shadigan mutahasislar bo'lib yetishishlariga ishonch bildirdilar. Shundan so'ng maktabimiz mehmonlar zalida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mehmonlar tomonidan javob oldilar. Kelgusida bunday tashriflarni yanada rivojlantirish bo'yicha o'zaro hamkorlik haqida kelishib olindi.


⬇️⬇️⬇️⬇️
t.iss.one/nampmuz
💹 3-dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan Namangan shahridagi Prezident maktabi jamoasi Davlatobod tumanidagi nogironligi bor oilalar holidan xabar olishdi.Bundan ko'zlangan maqsad: o'quvchilarda insonlarga bo'lgan mehr-oqibat, insonparvarlik va yaxshilik tuyg'ularini qaror toptirishdan iboratdir.

⬇️⬇️⬇️⬇️
t.iss.one/nampmuz
❇️ Namangan shahridagi Prezident maktabida tonggi "Speech time" Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

❇️ Speech time vaqtida maktabimizning chet eldan tashrif buyurgan kimyo fani o'qituvchisi D.r Rajendra Prabhu "Miya faoliyatini rivojlantirish" mavzusida o'z tavsiyalarini o'quvchilarga ulashdi. Shundan so'ng maktabimizning yana bir xorijiy o'qituvchisi ICT fani ustozi M.r. Ahmed Code club to'garagida dasturlashga doir bilimlarni egallab yaxshi natija ko'rsatgan o'quvchilarni sertifikatlar bilan taqdirladi. Speech time mavzusi o'quvchilar uchun qiziqarli bo'ldi.

⬇️⬇️⬇️⬇️
t.iss.one/nampmuz