Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.62K subscribers
11.2K photos
818 videos
31 files
3.34K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
💹 Namangan shahridagi Prezident maktabiga o'quvchilarni dunyoqarashini rivojlantirish, diniy e`tiqod tushunchalarini mustahkamlash maqsadida Namangan shahar bosh imom hatibi Abbasiddinov Musoxon domla tashrif buyurdilar. Tashrif o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Domla bilan savol javoblar uyushtirildi. Kelgusida bunday tashriflarni har oyda tashkil qilish bo'yicha o'zaro hamkorlik haqida kelishib olindi.

⬇️⬇️⬇️⬇️
t.iss.one/nampmuz
✳️ "Yangi O'zbekiston" Respublika gazetasining bugungi, 29-noyabr sonida Namangan shahridagi prezident maktabi faoliyatiga oid, ijrochi direktor vazifasini bajaruvchi Oybek Zokirovning "Ilmni qadrlab, ilmga intilib" nomli maqolasi chop etildi.

⬇️⬇️⬇️⬇️
t.iss.one/nampmuz
✳️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5149 "kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari " to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta`minlash va o'quvchilarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida maktabimizning jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Abdullayev Farruh ustoz tomonidan maktab o'quvchilariga kamondan o'q otish bo'yicha mashg'ulotlar tashkil etildi. Mashg'ulotlarda maktab o'quvchilari faol ishtirok etishdi.

⬇️⬇️⬇️⬇️
t.iss.one/nampmuz
❇️ Namangan shahridagi Prezident maktabida tonggi "Speech time" Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

❇️ Speech time vaqtida maktabimizning rus tili fani o'qituvchisi Dadajanova Nafisa Ibragimovna so'zga chiqib rus tili fani oyligining yopilishi doirasida " Кого вы узнали?" viktorinasi o'tkazdi. A.S.Pushkinning ertaklari o'quvchilar tomonidan sahnalashtirildi. Fan oyligi doirasida faol qatnashgan o'quvchilar taqdirlandi. Speech time mavzusi o'quvchilar uchun qiziqarli bo'ldi.

⬇️⬇️⬇️⬇️
t.iss.one/nampmuz
Migel de Servantes. Don Kixotning sarguzashtlari.

Ushbu kitob ilk bor o`zbek tilida 1990-yilda chop etilgan. Muallif ushbu asar orqali nafaqat soddalik va mug`ombirlikni hajv qiladi, balki shu bilan birga yuksak insoniy fazilatlarni ham tarannum etadi.
#kitoblar #MigeldeServantesDonKixotningsarguzashtlari telegram | facebook | instagram
💹 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar, akademik litseylar hamda kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida 2021-2022-o‘quv yilida umumta’lim fanlari bo‘yicha asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichini hamda nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan 0 ‘zbekiston terma jamoasini saralashning birinchi bosqichini yuqori darajada o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan Namangan viloyat Davlatobod tumani 58 - IDUMI da o'tkazilayotgan fan olimpiadasida 9-11-sinf o'quvchilarimiz maktabimiz sharafini himoya qilib yaxshi natijalarga erishishdi. Jumladan: o'quvchilarimiz Mansuraliyev Husanboy 9 sinf va Ismoilov Asliddin 10 sinf informatika fanidan 1 o'rinni qo'lga kiritishdi. Olimpiadada ishtirok etgan yana ko'plab o'quvchilarimiz yuqori o'rinlarni egallashdi.

⬇️⬇️⬇️⬇️
t.iss.one/nampmuz