Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.67K subscribers
10.4K photos
796 videos
30 files
3.25K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
💹 Namangan shahridagi Prezident maktabida Yoshlarni tadbirkorlik va biznes faoliyatiga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, shu soha bo'yicha bilimlarini mustahkamlash maqsadida maktabimizda "Tadbirkor va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi. Ushbu tadbirga "GTG Elevator Group" MCHJ rahbari Abdullayev Husanboy A`zam o'g'li, O'zlidep Davlatobod tuman kengashi apparat rahbari Olimova Dildora Turg'unboyevna, Davlatobod tumani yoshlar ittifoqi raisi Fozilova Shohidalar tashrif buyurdi. Tashrif o'quvchilar uchun qiziqarli tarzda tashkillandi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mehmonlar tomonidan javoblar oldilar. kelajakda shunday tadbirlarni har hafta tashkil etish bo'yicha o'zaro hamkorlik haqida kelishib olindi.

⬇️⬇️⬇️⬇️
t.iss.one/nampmuz
❇️ Namangan shahridagi prezident maktabida o'quvchilarni bo'sh vaqtlarini samarali tashkil qilish va badiiy ijodga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Manzura Abdullayeva rahbarligidagi "Nihol" adabiy to'garagi samarali yo'lga qo'yilgan bo'lib, hozirgi kunda ko'plab yosh qalamkashlarning ijod namunalari ijtimoiy tarmoqlar va matbuot sahifalarida yaxshi baholanmoqda.

⬇️⬇️⬇️⬇️
t.iss.one/nampmuz
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Xalqaro ta’lim forumida pedagoglarning malaka oshirishlari bo'yicha zamonaviy metodikalar muhokama qilindi.

🔸Xalqaro ta’lim forumi o'z ish faoliyatini ikki manzilda – Agentlik va Xalq ta'limi tizimidagi maktab o'qituvchilari uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda va Oliy ta’lim yo’nalishidagi muassasalar uchun "Yangi O’zbekiston" universitetida davom ettiradi.

✔️Forumning 2-kuni barcha mutaxassislar uchun yalpi majlis bilan boshlanib, unda jumladan Agentlik rahbari Hilola Umarova, Turkiya Milliy ta’lim vazirligi oliy va xorijda ta’lim boshqarmasi boshlig’i Jemal Yildiz, Самbridge Assessment xalqaro tashkilotining ta’lim bo’yicha bosh maslahatchisi Stive King, Nottenghem Trend universiteti professori Martin Seviour, Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika kengashlari vakili Uilyam O‘Roark so'zga chiqishdi.

Yalpi majlisda pedagoglarning malaka oshirish, tajriba almashish masalalarining yangi bosqichga o'tayotgani haqida so'z yuritildi.
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Forum doirasida mahorat darslari boshlandi

Forumning amaliyotga bag’ishlangan qismida Agentlik tizimidagi maktablarning mahalliy va xorijlik o’qituvchilari hamda Vestminster xalqaro universiteti o’qituvchilari tomonidan ta’limning dolzarb masalalari va yangi innovatsion texnologiyalarga asoslangan metodika bo’yicha mahorat darslari tashkil qilindi.

Sho’balarda
- “Tabiiy fanlarni tadqiqotchilikka asoslanib oʼqitishda formativ baholash”,
- “PISA tadqiqotlarida matematik savodxonlik”,
- “Turli savol berish texnikalari yordamida oʼquvchilarda tanqidiy va kreativ fikrlashni rivojlantirish”,
- “Аnalogiyalar va modellashtirish yordamida abstrakt fizik tushunchalarni oʼqitish”,
- “Oʼrganish uchun qayta aloqa (“feedback”)”,
- “Tabiiy fanlar darslarida fan va til integratsiyasi”
kabi mavzularda mahorat darslari tashkil etildi.

📌 Ushbu mahorat darslari har bir ishtirokchining kelgusi faoliyatida o’zining ijobiy samarasini beradi deb, umid qilamiz.