Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
10.6K photos
803 videos
31 files
3.28K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning tabiiy fanlar hamda matematika o‘qituvchilari uchun “Matematika va tabiiy fanlar: zamonaviy yondashuv” mavzusida seminar-treningi o'tkazildi.

♻️Tabiiy fanlarni oʻqitishda tadqiqotchilik (Inquiry-based learning) va loyihaga asoslangan taʼlim (Project-based learning)va “Matematika darslarida raqamli texnologiya resurslaridan foydalanish” mavzularidagi seminar-treningda tadqiqot ishini qanday tartibda olib borish kerak, tadqiqot bosqichlari, tadqiqotga asoslangan ta’lim va loyihaga asoslangan ta’limning afzalliklari jamoalarda ko’rib chiqildi.

📌Shuningdek, raqamli texnologiyalarni matematika o‘qitishda qo‘llashning foydalari hamda matematikada turli mavzularda maxsus raqamli texnologiyalarni qo‘llash borasida amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning tabiiy fanlar hamda matematika fani o‘qituvchilari uchun “Matematika va tabiiy fanlar: zamonaviy yondashuv” mavzusida seminar-treningi o'tkazildi.

📌Jarayonlardan videolavha

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#alumni_cup
#Zakovat_quiz

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida o‘quv yilining 2-yarim yilligi maktabning avvalgi yillardagi bitiruvchilari tashrifi bilan boshlandi!

♻️Bir necha yillardan buyon tashkil etilayotgan maktab Zakovat Quiz”ining o‘ziga xos "Alumni Cup" miniturnirini o‘tkazish an'anasi bu yil ham davom ettirildi.

📌Ushbu loyiha "Bitiruvchilar Kengashi" tomonidan tashkil qilinib, unda Kengashning 20 nafar aʼzosi ishtirok etdi.
G‘oliblarga tashkilotchi o‘quvchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bitiruvchilar tashrifi va suhbatlari maktab jamoasi tomonidan qizg’in kutib olindi. 2-semestrning ilk kuni chinakam diydor bayramiga aylandi.

Maqsadimiz - maktab bitiruvchilarining ukalari va singillari uchun o‘z shaxsiy namunalari va tajribalarini ulashib borishlari hamda ularni qo‘llab-quvvatlab turishlarini ta’minlash hamda maktab va bitiruvchilar o‘rtasidagi doimiy aloqani yo‘lga qo’yishdir!

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube