Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.66K subscribers
10.4K photos
797 videos
30 files
3.25K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
Ta’limning uzviyligini ta’minlashda hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ta’limning uzviyligini ta’minlashda hamkorlikdagi yo‘nalishlar, jumladan ikki tashkilot tizimidagi ta’lim muassasalari integratsiyasi, turli fan olimpiadalarini tashkil etish, akademik litsey o‘quv dasturlarini ixtisoslikka moslashtirish, OTM bitiruvchi bosqich talabalarining Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablaridagi amaliyotini tashkil etish yuzasidan hamkorlikni yanada kuchaytirish, shuningdek, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni olib borishda professor-o‘qituvchilar tajribasidan foydalanish kabi takliflar muhokama qilindi.

Muloqot so‘nggida tomonlar bildirilgan takliflarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil qilish va amaliy chora-tadbirlarni boshlashga kelib olishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Denov tuman 1-son Ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot resurs markazi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabida "Amity University" vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Nukus shahridagi Prezident maktabida ota-onalar mehmon bo'lib, ta'lim maskanidagi shart-sharoitlar, o'quv jarayonlari bilan tanishdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabi o’quvchilariga "Vatan tayanchi" ko‘krak nishonlari topshirildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabining "Qizlar ovozi" klubi a'zolari “Technovation Girls 2024” dasturining Namangan viloyati bosqichida ishtirok etdi.

Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Inha Universiteti vakilllari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi hamda Namangan shahar 24-sonli “Bolalar musiqa va san’at” maktabi hamkorligida konsert dasturi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiyga_oshufta_qalblar
#mushoira
O'quvchilar ijodidan

***
Keldim-u qaro gardunga, Navoiy har yondadur,
Ki uni deb qaro gardun har dam nurafshondadur.

Besh asr naridan turg'on nasihat etmish shu on
Agar bir darbadar shubha ul zaif iymondadur.

Qo'lga olsam, xasta dilg'a malham bo'lmish "Hayrat"ing,
Bul ziyoda ilm-u hikmat "Sahih" ham Qur'ondadur!

To hanuzki chorlar erur haq yo'lig'a basharni,
Garchi ul benazir savlat o'zga bir makondadur.

Bas, ko'ribsan bitik birla nomalar qudaratin, Kubro,
Nechun ul pat qog'oz emas, balki siyohdondadur?


✍🏻Shohjahon Kubro. Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi
#Navoiyga_oshufta_qalblar
#mushoira
O‘quvchilar ijodidan


***
Do'stlar, bir zot yashab o'tgan
O'zbeklarning yurtida.

Yosh-u qari jondan suygan
E'zozlagan ko'nglida.

Ikki tilda yozgan baytlar
Nom taratib ikki bor.

Fors tilida bo'ldi Foniy
Turkiydadir Navoiy.

Ming asrlar o'tsa hamki,
Egadir xalq mehriga.

Hanuz loldir butun olam
Alisherning zehniga.


Maxamadaliyeva Yorqinoy Namangan shahridagi Prezident maktabining 7-sinf o'quvchisi