Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.68K subscribers
10.4K photos
796 videos
30 files
3.25K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#prezident_maktablari
#seminar

⚡️Prezident maktablarining rahbar xodimlari uchun
o‘quv-seminari bo’lib o’tmoqda

📆 24-26-avgust kunlari Toshkent shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari, maxsus fanlar hamda ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminari o’z ishini boshladi.

Ushbu seminardan ko’zlangan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 526-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, Prezident maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish,  yangi o‘quv yilida o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish, tayanch o‘quv reja va dasturlar bilan yaqindan tanishtirish, xalqaro CIS (Council of International Schools) akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonlariga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirishdir.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktablari
#seminar

Xabar berganimizdek, Prezident maktablarining rahbar xodimlari uchun o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Trening davomida rahbar xodimlar tomonidan 2022-2023-o‘quv yilidagi erishilgan natijalar, kamchiliklar  jumladan A-level imtihonlari natijalarining tahlili va  yangi o‘quv yiliga ushbu yo‘nalishda belgilangan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari haqida fikr almashildi.

🗣Shuningdek, Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish yo‘nalishidagi vazifalar, yangi o‘quv yili uchun tayanch o‘quv reja va dasturlar muhokamasi, yangi o‘quv yilida o‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatlarini tartibga solish, to‘garaklar faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida dasturlarni umumiy sinxronlikka keltirish kabi mavzularida o‘zaro muhokamalar olib borishdi.

📌 Eslatib o'tamiz, 26-avgust kuni ham Toshkent shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablarining akademik direktorlari va direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminari davom etadi.

📸 Seminar tafsilotlari bilan fotolavhalar orqali tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan davrda muallimlarning oylik ish haqi o‘rtacha 2,5 baravar oshdi.

Jumladan, chet tili, IT, matematika, kimyo, biologiya bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikati bor o‘qituvchilarga ustama, chekka hududga borib ishlagan muallimlarga alohida to‘lov joriy etildi.

Natijada 6 million so‘mdan 10 million so‘mgacha maosh oladigan o‘qituvchilar soni 23 mingga yetdi, 10 million so‘mdan yuqori oylik oluvchilar 1 mingdan oshdi. Yana 2 mingga yaqin o‘qituvchilarga vazir jamg‘armasidan qo‘shimcha ustamalar to‘lanyapti.

Maktablar yuklamasini kamaytirish maqsadida 700 ming o‘quvchi o‘rni yaratildi. Bu – avvalgi yillarga nisbatan 15 baravar ko‘p.

Joriy yilda Toshkentdagi 81-maktab va Al-Xorazmiy ixtisoslashgan maktabi Xalqaro ekomaktab dasturining oliy mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bunday yutuqqa Markaziy Osiyoda ilk bor bizning maktablarimiz erishdi.

Yuqori malakali, o‘z ustida ishlaydigan muallimlarni yangi yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratildi.

"Ko‘p yoshlarimiz qiziqishi va qobiliyatiga mos kasb-hunar egallashni afzal ko‘rayotgani ham davr talabi. Shu bois bolalarimizga maktabdayoq kamida ikkita chet tili, kompyuter va kasb-hunarni o‘rgatsak, qo‘lida hunari bo‘lsa, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi”, - dedi Prezident.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Давлатимиз раҳбари соҳада мавжуд муаммоларни таҳлил қилди.

Жумладан, ҳозирда бошланғич синфларда 11 та, юқори синфларда 16 та фан ўтилаётгани билан ўқувчилар аниқ бир йўналишда чуқур билимга эга бўлмай мактабни битираётгани қайд этилди.

Масалан, 107 та тумандан талаба бўлганлар олийгоҳга кириш имтиҳонларида математика бўйича максимал баллнинг ярмини ҳам йиға олмаган. Физика, кимё ва биология бўйича ҳам бирорта туман ва шаҳарда мақтагулик натижа йўқ.

Ўтган йили 220 минг муаллимдан 86 минг нафари ёки 37 фоизининг билим ва кўникмаси “қониқарсиз” баҳоланган. Айниқса, ҳозирда талаб юқори бўлган информатика, физика, инглиз тили, математика ва кимё фани ўқитувчиларининг билими “қониқарсиз” эканлиги аниқланган.

Ёки, 51 минг нафар чет тили ўқитувчиларидан атиги 17 минг нафари (33 фоизи) “C-1” даражасига эга. Ваҳоланки, 2025 йилдан бошлаб чет тилидан фақат “С-1” даражаси бор ўқитувчилар дарс ўтиши мумкин бўлади.

Facebook|Instagram|Twitter
#imtihon_natijalari
#ikkinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 2-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

⚡️ Joriy yilning 31-iyul kuni o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

➡️Imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasida e'lon qilindi:
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-admissions-test-results-july-2023

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalom, O‘zbekiston | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning natijalari haqida
Maxsus reportaj | Ta’lim tizimidagi islohotlar samarasi Jizzax viloyati misolida
Markaziy studiya | Prezident maktabi bitiruvchisi 120 dan ortiq xorijiy oliygohlarning 6 million AQSh dollar miqdoridagi grantlarini qo‘lga kiritdi
Uzreport news | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari natijalari haqida
Munosabat | tok - shou
Axborot 24 | Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablardagi ta’lim tizimi umumta’lim maktablariga ham joriy etiladi
Xalqaro press klub | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari ishtirokida "2023/2024-o'quv yili: sharoit, imkoniyat va rejalar" mavzusida jonli muloqot tashkil etilmoqda.
"Daryo.uz " saytida | "Ekspert: “3-5 yilda rivojlangan davlatlar qatoriga chiqamiz” intervyusi e'lon qilindi.
Reportyor | Prezident maktablarida o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar soni yil sayin ortmoqda
Markaziy studiya | Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 4 yillik tajribalari
Uzreport news | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining natijalari haqida
Uzreport news | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining natijalari haqida
Yangiliklar 24 | Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari
Yangi davr |Ikkinchi "Ustozlar forumi" o‘tkazildi
Axborot 24 | Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablardagi ta’lim tizimi umumta’lim maktablariga ham joriy etiladi
Maxsus reportaj | Ta’lim tizimidagi islohotlar samarasi
Maxsus reportaj | Ta’lim tizimidagi islohotlar samarasi
Yangiliklar 24 | Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi brifingi
Yangi davr |"II-Ustozlar forumi" Namangan viloyat bosqichi
Yangiliklar 24 | Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik
Reportyor | Seminar soha xodimlarini bir joyga jamladi.
Reportyor | Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi
Milliy ta'lim | Prеzidеnt maktablarining samaradorligi,
Ijod maktablarining o‘rni, Ixtisoslashtirilgan maktablarning ta’lim darajasi
Zamon | Ijod maktablari iste'dodlarni kashf etyapti
Hudud | Guliston tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilarining yuz foizlik ijobiy natijasining siri nimada?
Zamon | Prezident maktablari – bilimli va salohiyatli yoshlar maskani
Intervyu 24 | Hilola Nazirova – Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori
Yangiliklar 24 | Prezident maktablari rahbarlari uchun oʼquv seminari
Fakt 24 | Barcha o‘quvchilari talaba bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktab
Studiya 24 | Jamoliddin Kamolov – Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori bilan suhbat
Studiya 24 | Alisher Ubbiyev – Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori bilan suhbat
Новости 24 | Поэтапное внедрение учебных программ Президенстких, специализированных школ в общеобразовательные учреждения

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Infografika

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining Axborot xizmati tomonidan 2023-yilning avgust oyida taqdim etilgan axborotlari yuzasidan infografika.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz hamyurtlar!

Barchangizni mamlakatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan chin dildan tabriklayman.

Yuksak faxr bilan aytishim lozim-ki, Davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda olib borilayotgan sohaga doir islohotlarni amaliyotga joriy etishda sizlarning o‘rningiz va ishtirokingiz juda katta. Yoshlarning ertangi porloq va baxtli hayotini ta’minlash, ularning bilimli, yurtimizga sodiq va fidoyi insonlar bo‘lib voyaga yetishida har biringiz munosib mehnat qilmoqdasiz.

O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda yoshlarga ilm cho‘qqilarini egallashlari, o‘zlarining aql-zakovatlari, ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

O‘quvchilarimiz esa o‘z navbatida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, xalqaro olimpiadalarda yuqori o‘rinlarni egallab, yaratilayotgan imkoniyatlarga munosib javob qaytarishmoqda. Albatta, bu natijalarga islohotlar amali yo‘lida astoydil harakatlar sabab erishmoqdamiz.

Qadrli va fidoyi hamkasblar!

Sizlarni va siz orqali barcha oila a’zolaringizni eng ulug‘, eng aziz shodiyona — mustaqilligimizning 32 yilligi ayyomi bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman. Yurtimiz taraqqiyoti va farzandlarimiz kamoloti yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
YANGI O'QUV YILIGA YANGI MAQSADLAR

🔰 Bugun Namangan shahridagi Prezident maktabida 2023-2024-o'quv yili oldidan pedagogik jamoa ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

📈 Yig'ilish davomida maktab rahbariyati, akademik direktor va xorijiy mutaxasislarimiz tomonidan o'tgan o'quv yili davomida erishgan yutuqlar hamda yo'l qo'ygan kamchiliklar muhokama qilindi. Yangi o'quv yiliga munosib tayyorgarlik va istiqbol rejalari belgilandi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube