Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.65K subscribers
10.5K photos
798 videos
30 files
3.26K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
❗️❗️❗️ 📌📌

📌“KITOBXONLIK FESTIVALI”

➡️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, respublika bo‘ylab yil davomida har oyning yakunida viloyatlar ketma-ketligida 2023-yilgi "Kitobxonlik festivali"ga start berilganligini e'lon qiladi.

☯️ Ushbu festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlari tashkil etiladi va oʻtkaziladi:

“Eng kitobxon maktab”
“Eng  faol kitobxon oʻquvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”

🤳Festival davomida “Kitobxonlik haftaligi”, “Kitob sovgʻa qil va maʼnaviyat ulash” kitob aksiyalari, viktorinalar, shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, konferensiyalar, maktab kutubxonachilari uchun oʻquv-seminarlar, kitob koʻrgazmasi va davra suhbatlari, sayillar, konsertlar,  sayrtomosha va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.

👋Barcha kitobxonlarni ushbu festivalga chorlab qolamiz!

😀Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar va festival ramzlari tushirilgan esdalik sovgʻalari topshiriladi.

➡️ Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi mutaxassislari "O‘zbekiston" telekanalining "Kelajakka yo‘l" ko'rsatuvida ishtirok etishdi.

Unda xususan:
▶️ o‘quv yilida joriy etilishi ko‘zda tutilayotgan yangi avlod darsliklari,
▶️ istiqboldagi rejalar,
▶️ bitiruvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar haqida so‘z bordi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Yurist_maslahati

Dars soatlari qanday ko‘rsatkichlarga ko‘ra taqsimlanishi haqida ma’lumot bersangiz.

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi.

Dars soatlari o‘qituvchilarning ko‘rsatkichlariga qarab taqsimlanadi:

🔹 xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
🔹 o‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
🔹 xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar;
🔹 TOP-1000 universitetlardan birini bitirgan o‘qituvchilar;
🔹 asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
🔹 o‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari;
🔹 respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;
🔹 oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
🔹 birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
🔹 asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;
🔹 ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;
🔹 pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;
🔹 o‘z fanidan o‘tkazilgan sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar;
🔹 oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;
🔹 qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;
🔹 OTMning pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;
🔹 pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar;
🔹 o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar;
🔹 umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.

❗️ Dars soatlari umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan qayta taqsimlanishi mumkin.
TAYINLOV

Sobirova Dilfuza Azimjonovna O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Jamoatchilik va OAV bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i - matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

D.Sobirova "Darakchi" va Soliq plyus” gazetalarida Bosh muharrir, “Yoshlar Media markazi” Boshqaruv raisi o‘rinbosari va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi - matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritgan.

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Эълон
#SAT

📣📣📣Xalqaro SAT imtihonlari uchun hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

Imtihonlar joriy yilning 11-mart kuni bo‘lib o‘tadi!

Imtihonga kirish ruxsatnomasi va ma'lumotlar ro‘yxatdan o‘tayotgan vaqtda ko‘rsatgan elektron pochtangizga yuborildi.

📍Eslatib o‘tamiz, ayni damda Toshkent, Xiva, Jizzax va Andijon shaharlaridagi Prezident maktablari SAT imtihonlarini o'tkazuvchi markaz sifatida faoliyat olib bormoqda.

❗️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mazkur imtihonlarni tashkil etuvchi markazlardan biri hisoblanadi.
#Diqqat

Vazir jamg‘armasidan ustama olishga nomzodlarni saralash jarayonlarining 2-bosqichi boshlanmoqda: manzil va sanalar bilan tanishing

Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash mezonlari maʼlum bo‘ldi.

Vazir jamg‘armasidan ustama olish uchun o‘tkaziladigan sinov jarayonlari bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘p bosqichli tanlov asosida bevosita Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan tartibda tashkil etilishi haqida avvalroq xabar bergandik.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Xalq taʼlimi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra, 2022-yil dekabr oyida ushbu Jamg‘armadan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash sinovlarining dastlabki bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.

Birinchi bosqichda qatnashgan hamda dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun bo‘lib o‘tgan test sinovlarida maksimal ballning 80 va undan yuqori foiz natijani qayd etgan nomzodlar ikkinchi bosqichga tavsiya etiladi.

Ikkinchi bosqichda umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi. Ushbu havola orqali kasbiy mahoratni baholash uchun suhbatni baholash Nizomi va mezonlari bilan tanishishingiz mumkin.

Kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga joriy yilning aprel oyidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 5 mln so‘m) har oylik ustama to‘lanadi.

Vazir jamg‘armasi uchun o‘tkazilgan saralash sinovlarining birinchi bosqichi natijalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Suhbat jarayonlari joriy yilning 13-18-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tadigan manzillar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#NOlady_challenge

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida ertalabki saflanishda qiziqarli loyiha o'tkazildi.

🎈O'yin shaklda namoyish etilgan loyihaning shartiga ko'ra - odatda ayol-qizlarimiz yumushi sifatida qaraladigan ro'zg'or ishlariga maktab yigitlari jalb qilindilar.

🤗Unda 9-10-11-sinf yigitlaridan bir nafardan vakil ishtirok etib,
🪡tugma qadash;
🥗sabzi to'g'rash;
🧵kiyimning yirtilgan qismini tikish kabi kundalik ishlarni bajardilar.

🧡Loyiha jo'shqin va tabasumga boy lahzalar bilan o'tdi.
Ishtirokchilar esa onajonlar va opa-singillari qadrini yana bir karra his etgan bo'lsalar ajab emas!😊

🗓Loyiha hafta davomida davom etadi!

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “8 март – Халқаро хотин-қизлар куни муносабати билан мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении в связи с Международным женским днем – 8 Марта"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
8 nafar o‘quvchi-qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Bugun, 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra, iqtidorli, turli sohalarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarayotgan, intellektual salohiyatini namoyon etib, o‘z g‘oya va tashabbuslarini ilgari surayotgan 28 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Jumladan, Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida tahsil olayotgan 8 nafar maktab o‘quvchisi hamda bir nafar maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi ham mazkur mukofotga sazovor bo‘ldi. Mukofot sohibalari bilan tanishing:

Samandarova Barno Tozaboy qizi
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanidagi 35-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi,

Shokirova Samira Salohiddin qizi - Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi 19-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi,

Suyunova Madina Muhiddin qizi - Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta taʼlim maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi,

Mirzayeva Sadoqat Husniddin qizi - Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanidagi 50-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi,

Ergasheva Nilufarxon Akramjon qizi - Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi,

Ollayorova Sevinchoy Farxod qizi - Xorazm viloyati, Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi,

Abdullayeva Shirin Baxodirovna - Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi 152-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi,

Tuliboyeva Sadoqat Akmurat qizi - Toshkent shahridagi 77-ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi,

To‘rayeva Maʼmura O‘ral qizi - Qashqadaryo viloyati, Nishon tumanidagi 18-umumiy o‘rta taʼlim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi barcha qizlarni yuksak mukofot bilan muborakbod etadi!