Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.85K subscribers
12.1K photos
859 videos
32 files
3.57K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Эълон
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣📣Prezident maktablariga kirish imtihonlari 2-bosqichidan o'tolmagan o'quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!

2022-2023-o'quv yilida Prezident maktablari kirish imtihonlari 2-bosqichida ishtirok etib, o'qishga kira olmagan talabgorlar o‘zlari ta'lim oladigan hududda tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablardan biriga o'qish uchun ariza topshirishi mumkin.

❗️Bunda ular kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida IMTIHONSIZ mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

Talabgorlarning ota-onalari ixtisoslashtirilgan maktabga borib, direktori nomiga o'qishga qabul qilishni so‘rab ariza bilan murojaat etishlari lozim.

⚡️Agar belgilangan qabul kvotasidan ortiq talabgorlar bitta ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qish istagini bildirsa, ustunlik 2-bosqich imtihonidan yuqori ball to'plagan talabgorga beriladi.

SHOSHILING
!

📆Arizalar 8-SENTABRGACHA (shu kuni ham) qabul qilinadi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinflari uchun MATEMATIKA darsligi yaratildi.

Ushbu darslikda:

✔️ o‘quvchilarning olingan bilimni turli xil vaziyatlarda qo‘llash, masalani chuqur tahlil qilish, tadqiq qilish, muammoni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga urg‘u berilgan;
✔️ muammoli hayotiy vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ulushi oshirildi, loyiha ishlari, summativ baholash namunalari berildi.

Darslikda matnli masalalar guruhlarga ajratildi, jumladan:

▶️ Ishga oid masalalar;
▶️ Mantiqiy masalalar;
▶️ Iqtisodiy mazmundagi masalalar;
▶️ Harakatga oid masalalar;
▶️ Quyish va tortishga doir masalalar.

❗️Masalalar mazmuniga mos ravishda chizilgan rasm va chizmalar mavzuni chuqurroq anglashga, masalalarni idrok qilib ishlashga yordam beradi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tabriknoma
#Mustaqillik_31_yil

Aziz yurtdoshlar!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi sizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etadi.

1-sentabr— Vatanimiz tarixida yangi bir davrni boshlab bergan kundir. Bu kun har bir yurtdoshimiz qalbida ulkan faxr va ehtirom tuyg'ularini uyg'otadi.

Barchangizni ayyom bilan yana bir bor tabriklab, sizlarga mustahkam sog'liq, tinchlik-xotirjamlik va ishlaringizga rivoj tilaymiz!

#Ayyom_muborak

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tabriknoma
#Mustaqillik_31_yil

Aziz yurtdoshlar!

Namangan shahridagi Prezident maktabi jamoasi sizlarni xalqimizning eng ulug', eng aziz bayrami O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

1-sentabr— Vatanimiz tarixida yangi bir davrni boshlab bergan kundir. Bu kun har bir yurtdoshimiz qalbida ulkan faxr va ehtirom tuyg'ularini uyg'otadi.

Barchangizni ayyom bilan yana bir bor tabriklab, sizlarga mustahkam sog'liq, tinchlik-xotirjamlik va ishlaringizga rivoj tilaymiz!

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Hurmatli yurtdoshlar!

Barchangizni eng ulug', eng aziz bayram - O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi bilan chin ko'ngildan tabriklayman.

Yurtimiz rivoji, jamiyat taraqqiyoti yo'lida amalga oshirayotgan ulkan ishlaringizda muvaffaqiyat va zafarlar tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo'lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

Hilola Umarova,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori
#tanishuv_kuni
#Namangan_Prezident_maktabi

🔰 Namangan shahridagi Prezident maktabining 5-sinfiga qabul qilingan o'quvchilar va ularning ota-onalari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.

❇️ Uchrashuv davomida o'quvchilar va ularning ota-onalariga maktab hayoti, ta`lim muassasasidagi barcha imkoniyatlar hamda shart-sharoitlar haqida tanishtirildi.

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз бир йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 31-й годовщине государственной независимости Республики Узбекистан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Namangan shahridagi Prezident maktabi pedagog-kadrlarni quyidagi ma'muriy-boshqaruv lavozimlarga ishga taklif etadi:

- Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari
- Maktab maslahatchisi (School Counselor)

Nomzodlardan,
- ingliz tilini bilishi (IELTS, CEFR, TOEFL);
- o'z yo'nalishi bo'yicha bakalavr/magistratura darajasiga ega bo'lishi;
- halollik, fidoyilik, ishchanlik hamda jamoada ishlay olish qobiliyati talab etiladi.

❗️Agar siz Prezident  maktabida ishlash, yetuk liderlarni tarbiyalash hamda zamonaviy ta’lim dasturlari asosida faoliyat yuritishni istasangiz, unda ushbu imkoniyat aynan Siz uchun!

Murojaat uchun:
Tel: +998 93 406 40 07
Telegram: @EBF007
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ustozlar!
Aziz yoshlar!


Avvalo barchangizni yangi o‘quv yili bilan tabriklayman!

Bu yil siz-u biz uchun o‘zgacha yil bo‘ldi. Endi siz Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda ta'lim olasiz.

Hurmatli ustozlarimiz esa biz bilan bir safda ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida mehnat qiladilar.

Prezidentimiz aytganlaridek taraqqiyotning asosi ta'limdir.

Faqat sifatli ta'limgina malakali kadrlarni yetishtirib chiqaradi. Malakali kadrlar esa mamlakatni taraqqiy ettiradi.

Aziz yoshlar, Siz bizning kelajagimiz, umidimizsiz. Omad va zafar yor bo’lsin!

Parvozingiz hamisha baland bo‘lsin!


Hilola Umarova,
Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori
Forwarded from Zamin Foundation
“Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalariga qabul o‘tkazilmoqda.

“Zamin Creative” ta'lim dasturi aktyorlik mahorati, Fashion Design va media savodxonlik sohalarida ko‘nikmalarga ega bo‘lishga qaratilgan.

Shuningdek, Madina Qosimboyeva boshchiligida yangi etnodizayn kursi ham boshlanmoqda, u bolalarga so‘zana kashtachiligini o‘rganish imkonini beradi.

15 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar tanlov asosida “Zamin Creative” ishtirokchisiga aylanishlari mumkin.

Ro‘yxatdan 7 sentyabrga qadar bu yerda o‘tish mumkin.
“Zamin Creative” studiyalari Qarshi va Andijonda ham o‘z faoliyatini boshlamoqda.

Zamin | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | Энди Президент мактабларида бизнес ва иқтисодиёт фанлари ҳам ўқитилади
#5sept #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Forwarded from Hilola Umarova
YANGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan Respublikamizdagi ixtisoslashtirilgan maktablar Prezident ta'lim muassasalari agentligi tarkibiga o‘tkazildi va qayta tashkil etildi.

O‘tgan qisqa vaqt ichida mazkur maktab va maktab-internatlar uchun eng malakali, zamonaviy fikrlaydigan pedagoglarni 3 bosqichli sinovdan o‘tkazib, saraladik. Bundan tashqari 300 mingga yaqin o‘quvchilar ham test imtihonlaridan o‘tishdi.

Saralash jarayonlari yakuniga yetdi va endi Respublikamizdagi barcha yangi ixtisoslashtirilgan maktablarda navbati bilan ochilish tadbirlarini o‘tkazilmoqda.

O‘zim ham ikki kun davomida Samarqand viloyatining Paxtachi, Navoiyning Konimex tumanlari, Andijon shahri va Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanlaridagi maktablarning ochilish tadbirlarida ishtirok etdim. Maktablarda yaratilgan sharoitlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rib, ishonch hosil qildim.

Prezidentimiz ta'kidlaganidek yurtimizning chekka-chekka hududlarida ham barcha sharoitlarga ega maktablar tashkil etildi. Umid qilamanki, bu yerda bilimga chanqoq yoshlar jonkuyar ustozlar qo'lida ta'lim olishadi va yurtimizning ertasi uchun zarur kadrlar bo'lib yetishadilar.

Yurtimiz azaldan iste'dodlar yurti. Мaqsadimiz shu iqtidorlarni kashf etish, ularning qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda ko'maklashish va yosh avlodning sifatli ta'lim olishiga hissa qo'shgan holda yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilishdan iborat.

Shu o'rinda yana bir bor barchangizni yangi o'quv yili bilan tabriklab, o'qish va ishlaringizda muvaffaqiyat hamda zafarlar tilab qolaman. Unutmangki, biz sizni bilim olishingiz, yangi cho'qqilarni zabt etishingizda qo'llab-quvvatlashga doimo tayyormiz.