Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
10.6K photos
801 videos
31 files
3.28K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#imtihon_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣📣📣📣📣

🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.

Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_manzillari
#imtihon_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️MUHIM ESLATMA

📆 Ertaga, 4-iyul kunidan Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari boshlanadi!

🌐Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati Agentligimizning rasmiy saytiga joylashtirildi.

📶 Quyidagi havola orqali farzandingiz qaysi manzilda imtihon topshirishini bilib olishingiz mumkin:

📍MANZILLAR ROʻYXATI

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Namangan_viloyati

⚡️Ayni paytda Namangan viloyatidagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga kirish imtihonlari "Barkamol avlod" sport majmuasi hamda Bilim va malaklarni baholash agentligi binosida yuqori saviyada, adolatli va shaffof tarzda o'tkazilmoqda.

📝 Imtihonlar
Aniq fanlar yo‘nalishi uchun (5-sinflar):
matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
tashkil etilgan.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Imtihon jarayonlarini test2024.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#imtihon_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️ Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlarining 2-smenasidan fotoreportaj

📶 Maʼlumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan 134 019 tasi ixtisoslashtirilgan maktablar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Ayni vaqtda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlari Respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda

📊 Ma'lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga jami 134 019 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, hududlar kesimida:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 9 235 ta;
📍Andijon viloyatiga 12 907 ta;
📍Buxoro viloyatiga 6 060 ta;
📍Farg‘ona viloyatiga 17 808 ta;
📍Jizzax viloyatiga 9 982 ta;
📍Namangan viloyatiga 12 652 ta;
📍Navoiy viloyatiga 2 989 ta;
📍Qashqadaryo viloyatiga 11 828 ta;
📍Samarqand viloyatiga 13 125 ta;
📍Sirdaryo viloyatiga 5 644 ta;
📍Surxondaryo viloyatiga 12 011 ta;
📍Toshkent shahriga 3 598 ta;
📍Toshkent viloyatiga 7 502 ta;
📍Xorazm viloyatiga 8 678 ta ariza to‘g‘ri kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning tabiiy fanlar hamda matematika o‘qituvchilari uchun “Matematika va tabiiy fanlar: zamonaviy yondashuv” mavzusida seminar-treningi o'tkazildi.

♻️Tabiiy fanlarni oʻqitishda tadqiqotchilik (Inquiry-based learning) va loyihaga asoslangan taʼlim (Project-based learning)va “Matematika darslarida raqamli texnologiya resurslaridan foydalanish” mavzularidagi seminar-treningda tadqiqot ishini qanday tartibda olib borish kerak, tadqiqot bosqichlari, tadqiqotga asoslangan ta’lim va loyihaga asoslangan ta’limning afzalliklari jamoalarda ko’rib chiqildi.

📌Shuningdek, raqamli texnologiyalarni matematika o‘qitishda qo‘llashning foydalari hamda matematikada turli mavzularda maxsus raqamli texnologiyalarni qo‘llash borasida amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning tabiiy fanlar hamda matematika fani o‘qituvchilari uchun “Matematika va tabiiy fanlar: zamonaviy yondashuv” mavzusida seminar-treningi o'tkazildi.

📌Jarayonlardan videolavha

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube