Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
10.6K photos
801 videos
31 files
3.28K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#AS_A_LEVEL
#Imtihon
#Prezident_maktabi

⚡️Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident maktablarida 10-11-sinflar uchun Cambridge Assessment International Education AS&A-level imtihonlari davom etmoqda.

📍AS&A level imtihonlari Cambridge Assessment International Education akkredetatsiyasidan o'tgan barcha Prezident maktablarida bir vaqtda o‘tkaziladi.

🔖 Ma'lumot uchun, A-level sertifikati dunyoning 1750 dan ortiq OTMlari tomonidan tan olinadi.

📌 Imtihonlar 2-maydan 11-iyunga qadar davom etadi.

Fotolavhalarda Namangan shahridagi Prezident maktabida fizika fanidan laboratoriya sinovlari aks etgan.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#prezident_maktabi
#ochiq_eshiklar_kuni

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan shahridagi Prezident maktabida keng jamoatchilik fikri, ota-onalar va umumta'lim maktabi o'quvchilarining takliflariga binoan navbatdagi “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

🔰Tashrif buyurgan ota-onalar, o'quvchilar, ustozlar va keng jamoatchilik:
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar);
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv kabi jarayonlarning guvohi bo'ldilar.


Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
Forwarded from Jo‘rabek Jangirov
#imtihon_2024
#Prezident_maktabi

📣📣📣📣📣

🔔 Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi!

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#prezident_maktabi

📣📣📣📣📣

🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR UCHUN ESLATMA!

📌 Imtihonga kirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi;
https://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma.

🗣Imtihonlar 2 smenada – 08:00, 12:00da bo‘lib o‘tadi.

🗺 Andijon va Sirdaryo viloyatlarida 08:00, 12:00, 17:00da bo‘lib o‘tadi.

Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi:

tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va https://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelgan talabgorlar;
imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelgan talabgorlar.

✔️ Talabgor imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelishi shart.

📍Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#Prezident_maktabi
#jarayon

⚡️PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI BOSQICHI

⚡️ Agentlik tizimidagi 14 ta Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Imtihon jarayonlarini test2024.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#sayyor_dars
#Prezident_maktabi

🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabining 5-sinf oʻquvchilari “Money and how to spend it” mavzusini amaliy oʻrganishlari uchun sayyor dars tashkil etildi.

Sayyor dars jarayonlari Namangan shahridagi savdo markazlaridan biri – Sardoba bozorida olib borildi. Oʻquvchilar mahsulot xarid qilish, savdolashishga oid inglizcha soʻzlar va iboralarni amalda sinab koʻrdilar.

Shu bilan birga sinflar kichik guruhlarga boʻlingan holda pulni toʻgʻri va oʻrinli sarflash, jamoada hamkorlikda ishlash, muomala madaniyati va mehnat tarbiyasi kabi koʻnikmalarni oʻzlashtirdilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_dars
#Prezident_maktabi

🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabida joriy o‘quv yili uchun belgilangan ochiq dars tahlillari davom etmoqda.

Navbatdagi ochiq dars "Metallarning kislorod, suv va kislotalar bilan oʻzaro reaksiyalari" mavzusida tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktabi
#taqdimot

⚡️Namangan shahridagi Prezident maktabi notiqlik to‘garagi rahbari, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Manzura Abdullayevaning "Is'hoqxon Ibrat serqirra ijod sohibi" nomli  fransuzcha tarjimadagi yangi kitobi  taqdimoti o‘tkazildi.

    Tadbirda maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosar Abrorjon Sadriddinov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "Shuhrat" medali sohibi Sodiq Sayhun, Is‘hoqxon Ibrat nomidagi chet tillar instituti yoshlar yetakchisi Sevinchoy Allaberganovalar ishtirok etdi.

Ta'kidlash lozimki, "Is‘hoqxon Ibrat serqirra ijod sohibi" nomli fransuzcha tarjimadagi ushbu kitob Namangan viloyati hokimligi tashabbusi va homiyligida chop etilgan.

Manzura Abdullayevaning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube