Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.66K subscribers
10.4K photos
798 videos
30 files
3.26K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#yangi_loyiha
#fan_muzeyi

Namangan Prezident maktabida 9 va 10-sinf o‘quvchilari III chorak uchun loyiha ishlarida "FIZIKA MUZEYI" qurish uchun bellashdilar. 6 nafar hakam o‘qituvchi quyidagi mezonlar asosida loyiha ishlarini baholadilar:
📌innovatsiya;
🔅 ijodkorlik;
vizual jozibadorlik;
♻️ tashkilotchilik;
real loyiha namoyishi;
🗒axborot mazmuni
.

Loyihaga asoslangan ta'lim real hayotda va shaxsan mazmunli loyihalarda faol ishtirok etish orqali o'rganishni rag'batlantiruvchi zamonaviy ta'lim usulidir.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fizika_muzeyi
#loyiha_ishi

Namangan shahridagi Prezident maktabida 9-10-sinf o'quvchilari tomonidan tashkil etilgan "Fizika muzeyi" loyihalar taqdimotidan lavhalar.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#xalqaro_hamkorlik

TURKIYA ELCHIXONASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

Unda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Turkiya elchixonasi ta’lim bo’limi rahbari Ebubekir Aydın taʻlim sohasida oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz oʻrtasida taʻlim sohasi boʻyicha hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda. Hozirda Agentlik tizimidagi 4 ta ijod maktabiga turkiyalik mutaxassislar jalb qilingan bo’lib, ikkinchi xorijiy til sifatida turk tili ham oʻqitilmoqda.

Oʻquvchilar Turkiyada oʻtkazilayotgan forum-festivallarda faol qatnashmoqda. Boshqa tillar kabi turk tilini bilish sertifikatlarini ham qo’lga kiritishmoqda.

Muzokaralarda hamkorlikda oʻquvchilar va oʻqituvchilar almashinuv dasturlari, ijod maktablarida ikkinchi xorijiy til sifatida turk tilini oʻqitish boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqish kabi takliflar ilgari surildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabida koʻngilochar sport oʻyinlari oʻtkazildi.

Nurafshon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari CEFR imtihonidan yuqori ballarni
qo‘lga kiritdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari "Fizika muzeyi” loyihasi boʻyicha bellashdi.

Andijon shahridagi Prezident maktabining xorijlik oʻqituvchisi Moises Almarez matematika fanini oʻqitishda oʻz tajribasi bilan
oʻrtoqlashdi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida adabiyotshunos Nurboy Jabborov mahorat darsi
tashkil etildi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O’zbekiston xalq shoiri, “Jadidlar” gazetasi bosh muharriri Iqbol Mirzo ishtirokida mahorat darsi
oʻtkazildi.

Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Shahrizoda Xoliqova Kikboksing boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida gʻoʻlib boʻlib, Osiyo oʻyinlariga yoʻllanmani
qoʻlga kiritdi.

Andijon shahar 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Zakovat" turniri
boʻlib oʻtdi.

Jondor, Qorovulbozor, Muzrabot, Boʻstonliq, Quyi Chirchiq tumanlari va Andijon, Shirin, Guliston, Jizzax, Bekobod shaharlari ixtisoslashtirilgan maktablari va maktab-internatlari oʻquvchilari xorijiy til boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Balli qizlar” bellashuvi
oʻtkazildi.

Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari ekologiya mavzusida videoroliklar
tayyorladi.

Bekobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf oʻquvchisi Shohjahon Murodov xalqaro taʻlim grantiga
sazovor boʻldi.

Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida mini-futbol musobaqasi
oʻtkazildi.

Pastdargʻom tumani ixtisoslashtirilgan maktabi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kichik mutaxassislarini tayyorlash markazi bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik tadbiri
tashkil etildi.

Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida qonunchilik sohasiga bagʻishlangan davra suhbati
o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sinov_imtihonlari
#assessment_week
#laboratoriya

♻️Namangan shahridagi Prezident maktabida 10-11-sinf o'quvchilari oʻrtasida joriy yilning may-iyun oylarida boʻlib oʻtadigan AS va A-Level imtihonlariga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida biologiya fanidan laboratoriya imtihonlari oʻtkazildi.

📝 Maʼlumot uchun, AS va A-level sertifikati dunyoning 1750 dan ortiq OTMlari tomonidan tan olinadi.


Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube