Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik
Muhtarama onaxonlar!
Munis opa-singillar!
Ilmga chanqoq, zukko o‘quvchi qizlarimiz!
Siz azizlarni bahorning ilk bayrami – 8-mart “Nafosat va go‘zallik” ayyomi bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlarga eng samimiy va ezgu tilaklarimizni izhor etib, baxt, mehr-muhabbat doim hamrohingiz bo‘lsin, deymiz!
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona timsoli, munis ayollarimizning beqiyos o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda mushkul vazifa.
Mana shunday qutlug‘ kunlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.
Qarorga ko‘ra, taqdirlangan 28 nafar nomzodlar orasida Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Zulfiya Shomurotovaning borligi, ayniqsa, quvonarli.
Shu o‘rinda alohida mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, bugungi kunda Agentligimiz tizimida 4 mingdan ortiq xotin-qizlar faoliyat ko‘rsatib, har tomonlama yetuk va barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Qolaversa, "Yangi Oʻzbekiston" universiteti, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarimizning 30 mingga yaqini o‘quvchi qizlardir.
Ular orasida mamlakatimiz va xorijning nufuzli universitetlari ta’lim grantlariga sazovor bo‘lgan, xalqaro va milliy olimpiadalar hamda dasturlarda yuqori natijalar ko‘rsatayotgan zukko qizlarmiz borligi bizga cheksiz iftixor bag‘ishlaydi.
Aziz opa-singillar!
Bilimga chanqoq o‘quvchi qizlarimiz!
Yana bir bor sizlarni bayramingiz bilan samimiy muborakbod etib, Sizlarga sog‘lik-salomatlik, baxt-u saodat, tilaymiz.
Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

#SAT
🔰Bugun Namangan shahridagi Prezident maktabida xalqaro SAT imtihoni bo‘lib o‘tdi.
🗣Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
✅ SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.

#sinov_imtihonlari
#1_KUN
🗺Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan shahridagi Prezident maktabida 10-11-sinf bitiruvchilari uchun joriy yilning may-iyun oylarida boʻlib oʻtadigan AS va A-Level imtihonlariga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida sinov imtihonlari oʻtkazilmoqda.
📝 Maʼlumot uchun, AS va A-level sertifikati dunyoning 1750 dan ortiq OTMlari tomonidan tan olinadi.
📆 Mazkur sinov imtihonlari 11-16-mart kunlari boʻlib oʻtadi.
✅Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube