Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.84K subscribers
12.1K photos
857 videos
31 files
3.55K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Bizning_bitiruvchilarimiz
#Ochiq_eshiklar_kuni

🏢Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti Abu-Dabi shahridagi ”New York University” oliy ta’lim muassasasi universitetga hujjat topshirib, jarayonlardan muvaffaqiyatli oʻtganlar uchun ”Ochiq eshiklar kuni” (Candidate weekend) tashkil etdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Muhammadjonov Rahmonjon ham ushbu tadbir uchun NYU Abu Dhabi oliygohidan maxsus taklifnoma oldi va xalqaro marosimda qatnashib qaytdi. ”Ochiq eshiklar kuni” davomida nomzodlarga universitet haqida batafsil ma’lumotlar berildi va o’quvchilar o’quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.


Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
👍111
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabida Eco-haftalik “Eco-festival” tadbiri bilan yakunlandi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Rahmonjon Muhammadjonov  ”New York University”ning Abu-Dabida boʻlib oʻtgan “Candidate weekend” tadbirida ishtirok etdi.

Guliston shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari Toshkent shahrida tashkil etilgan Xalqaro ta’lim koʻrgazmasida ishtirok etdi.

Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari "Tarix va madaniyat "
muzeyiga sayohat qildi.

Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Direktor stipendiyasi" loyihasi doirasida 
olkashunoslik tanlovi o‘tkazildi.

Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o‘quvchisi Ogʻabek Qoʻchqorov “Kent State University”ga (AQSh)
grant asosida talabalikka qabul qilindi.

Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Jizzax viloyati
Ichki ishlar boshqarmasi tarixi muzeyida boʻldi.

Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Raqamlar soʻzlaganda" nomli
adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.

Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Yoshlar – Uchinchi Renessans va yangi ma’naviy makon bunyodkori” mavzusida
davra suhbati tashkil etildi.

Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Sitora Rahmatova "Suffolk University"ning (AQSH)
grantini qo‘lga kiritdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan "Farzandim uchun bir kun" loyihasida
ota-onalar faol ishtirok etdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida shoira Zulfiya tavalludining 109 yilligi munosabati bilan
devoriy gazetalar tanlovini e’lon qilindi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida Ozod Sharafiddinov va Zulfiya tavallud kunlari munosabati bilan "Yurt ardog‘idagi farzand"
nomli tadbir tashkil etildi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining "To‘maris" jamoasi “Zakovat” intellektual turnirining hududiy saralash bosqichida Respublika bosqichiga
yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2
#kasbiy_rivojlanish
#bola_himoyasi_nizomi

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun "Bola himoyasi Nizomi"ni o'rganish, amaliyotga joriy qilish, ta'lim va tarbiyada bola himoyasi va xavfsizligini muhim vazifa sifatida baholash bo'yicha kasbiy rivojlanish treningi tashkil etildi.
♻️Jarayonlarda ta'lim va tarbiya jarayonlarida uchraydigan turli muammolarga yechimlar izlash, bola himoyasi va xavfsizligi bo'yicha milliy va xalqaro tajribalarni uyg'ulashtirish, faoliyatda o'qituvchi va o'quvchi farovonligini ta'minlab beradigan muhim unsurlarga e'tibor qaratish kabi masalalar muhokama etildi.

📄"Bola himoyasi Nizomi" taqdimotchilari pedagoglar tomonidan taklif qilingan yechimlarni nizom siyosatiga muvofiq tahlil qildilar.


Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
👍62
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan voleybol musobaqasida g’olib bo’ldi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabida zamonaviy o’quv uslublari haqida ma’lumotlar berib boruvchi "Oʻqituvchi oʻqituvchiga" loyihasi ish boshladi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Eco” gazetasining ilk soni nashrdan chiqdi.

Guliston shahridagi Prezident maktabida harbiy qism bilan hamkorlikda o’quv mashg’ulot o’tkazildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida ta'lim va tarbiyada bola himoyasi hamda xavfsizligini muhim vazifa sifatida baholash bo’yicha kasbiy rivojlanish treningi tashkil etildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Xalqaro iqtisod olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli o’rinlarni egalladi.

Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o‘quvchisi Iskandarxon Otaxonov xalqaro universitetlar grantlarini qo’lga kiritdi.

Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari Andijon shahridagi “Digital City”ga sayohat qildi.

G‘allaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ''Jaholatga qarshi ma'rifat'' shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Paxtakor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Eng yaxshi maktab prototipi" loyihasi tanlovi tashkil etildi.

Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Intellektual olimpiada" loyihasiga start berildi.

Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Jadidchilik - milliy uyg’onish asosi" mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchisi Gulnur Uzaqbergenova “Arizona University” (AQSh)ga o’qishga qabul qilindi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher ishtirokida мahorat darsi o’tkazildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi o’quvchilarining ijodiiy ishlari Turkiyada chop etilgan "Özbekistan kalem şairleri" to’plamidan joy oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kasbiy_rivojlanish
#bola_himoyasi_nizomi

📹Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining tizimdagi maktablar uchun joriy qilingan "Bola himoyasi Nizomi"ni o'rganish, amaliyotga joriy qilish bo'yicha seminar-trening jarayonlaridan videolavha.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
👍31
#taqdimot
#NYU_YORK_UNIVERSITY

🏢Namangan shahridagi Prezident maktabida Abu Dabidagi "NYU York" universitetining mintaqaviy targ‘ibot bo‘limi vakili Shohruh Mahkamjonov bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔰Unda maktabning yuqori sinf o'quvchilari va pedagoglari ishtirok etdilar.
♻️Taqdimot jarayonida targ'ibot bo'limi vakili Shohruh Mahkamjonov o'quvchi yoshlarga universitet faoliyati, qabul jarayoni, yo‘nalishlari, ajratilgan grantlar va mavjud imkoniyatlar haqida ma'lumot berdi.
Suhbat jarayonida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
👍5