Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.69K subscribers
10.4K photos
795 videos
30 files
3.24K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Uch farzandi Prezident maktabida o‘qiyotgan ona hikoyasi
#hudud_24

Navoiy shahridagi Prezident maktabida bir oiladan birdaniga uch farzand o‘qiyotganini eshitgan borki, kimdir hayratda, kimdir havasda qarashi aniq. Bu bolalarning ota-onasi kim, ular qanday sharoit va muhitda ulg‘ayib, bilim oldi? Bu alohida iste’dodli bolalarga kim ta’lim berdi?

Ushbu video hikoya shu uch bolani tarbiyalab, kamolga yetkazgan ona haqida...

📹 TO‘LIQ VIDEONI KO‘RISH

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabida Eco-haftalik “Eco-festival” tadbiri bilan yakunlandi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Rahmonjon Muhammadjonov  ”New York University”ning Abu-Dabida boʻlib oʻtgan “Candidate weekend” tadbirida ishtirok etdi.

Guliston shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari Toshkent shahrida tashkil etilgan Xalqaro ta’lim koʻrgazmasida ishtirok etdi.

Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari "Tarix va madaniyat "
muzeyiga sayohat qildi.

Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Direktor stipendiyasi" loyihasi doirasida 
olkashunoslik tanlovi o‘tkazildi.

Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o‘quvchisi Ogʻabek Qoʻchqorov “Kent State University”ga (AQSh)
grant asosida talabalikka qabul qilindi.

Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Jizzax viloyati
Ichki ishlar boshqarmasi tarixi muzeyida boʻldi.

Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Raqamlar soʻzlaganda" nomli
adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.

Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Yoshlar – Uchinchi Renessans va yangi ma’naviy makon bunyodkori” mavzusida
davra suhbati tashkil etildi.

Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Sitora Rahmatova "Suffolk University"ning (AQSH)
grantini qo‘lga kiritdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida tashkil etilgan "Farzandim uchun bir kun" loyihasida
ota-onalar faol ishtirok etdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida shoira Zulfiya tavalludining 109 yilligi munosabati bilan
devoriy gazetalar tanlovini e’lon qilindi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida Ozod Sharafiddinov va Zulfiya tavallud kunlari munosabati bilan "Yurt ardog‘idagi farzand"
nomli tadbir tashkil etildi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining "To‘maris" jamoasi “Zakovat” intellektual turnirining hududiy saralash bosqichida Respublika bosqichiga
yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan voleybol musobaqasida g’olib bo’ldi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabida zamonaviy o’quv uslublari haqida ma’lumotlar berib boruvchi "Oʻqituvchi oʻqituvchiga" loyihasi ish boshladi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Eco” gazetasining ilk soni nashrdan chiqdi.

Guliston shahridagi Prezident maktabida harbiy qism bilan hamkorlikda o’quv mashg’ulot o’tkazildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida ta'lim va tarbiyada bola himoyasi hamda xavfsizligini muhim vazifa sifatida baholash bo’yicha kasbiy rivojlanish treningi tashkil etildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Xalqaro iqtisod olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli o’rinlarni egalladi.

Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o‘quvchisi Iskandarxon Otaxonov xalqaro universitetlar grantlarini qo’lga kiritdi.

Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari Andijon shahridagi “Digital City”ga sayohat qildi.

G‘allaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ''Jaholatga qarshi ma'rifat'' shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Paxtakor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Eng yaxshi maktab prototipi" loyihasi tanlovi tashkil etildi.

Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Intellektual olimpiada" loyihasiga start berildi.

Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Jadidchilik - milliy uyg’onish asosi" mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchisi Gulnur Uzaqbergenova “Arizona University” (AQSh)ga o’qishga qabul qilindi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher ishtirokida мahorat darsi o’tkazildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi o’quvchilarining ijodiiy ishlari Turkiyada chop etilgan "Özbekistan kalem şairleri" to’plamidan joy oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube