Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.64K subscribers
10.5K photos
801 videos
30 files
3.27K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari
#yoshlar_uchun_imkoniyat

⚡️Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 17-fevraldagi qarori qabul qilindi.

📝 Hujjatga ko‘ra, 1-martdan boshlab:

📶 Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ushbu sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplab berish belgilandi.

❗️Endilikda yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish haqidagi arizalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron tarzda yuborishlari mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"Bolalarimni o‘qitish uchun mardikorlik qilganman" — ota
#kun_uz

Bog‘dod tumani Bog‘ishamol qishlog‘ida oddiy oilaning ikki farzandi Farg‘ona shahridagi prezident maktabiga o‘qishga kirgan.

To‘ng‘ich o‘g‘li ta’lim dargohini tamomlab, Turkiya texnika universiteti talabasiga aylandi. Jonkuyar ota-ona farzandlari kamoli uchun tinmay mehnat qilishadi. Ota o‘zgalarning uyida ishlab topgan pulini o‘g‘illarining bilim olishiga sarflaydi.

📹 TO‘LIQ VIDEONI KO‘RING

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#quizz
#FTOR
🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida faoliyat yuritayotgan FTOR (Fakultetlarga taqsimlash orqali rivojlanish) loyihasi davom etmoqda. Bu gal fakultet a'zolari ishtirokida multfilm va kinolar asosida qiziqarli "QUIZZ" o'yini o'tkazildi. O'yin davomida maktab jamoasi yorqin lahzalar, bolalik kulgisi va zavqi, birdamlik hamda samimiyatning guvohi bo'ldilar.
Ma'lumot uchun, maktab o'quvchilari 8 fakultetga ajratilgan bo'lib, ular jadid mutafakkirlari nomi bilan ataladi. Bu galgi o'yin natijalariga ko'ra "Cho'lpon izdoshlari" eng yuqori ballni qo'lga kiritdilar.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Biz Sogʻliqni saqlash, Maktabgacha va maktab ta'limi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari rahbariyatlari bilan uchrashuv oʻtkazdik.

Uchrashuvda sogʻliqni saqlash va ta'lim sohalariga oid 2024-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Ularning bajarilishini toʻlaqonli ta'minlash maqsadida tegishli koʻrsatmalar berildi. Joriy yil yakunida amaliy natijalar kutilmoqda.
-
Мы провели встречу с руководителями министерств здравоохранения, дошкольного и школьного образования, высшего образования, науки и инноваций.

На встрече были обсуждены приоритетные задачи в сфере здравоохранения и образования на 2024 год.

Были даны конкретные указания для их реализации в полной мере. Реальные результаты ожидаются уже в конце текущего года.
📣 DIQQAT, E'LON!!!

❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida shu yilning 23-24-fevral kunlari STEM fanlari hamda qizlar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tadi.

Qizlar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha
olimpiada mamlakatimiz tarixida birinchi marta o‘tkazilmoqda.

⚡️Ushbu olimpiadalarda:
Olimpiadaning joriy yil yanvar oyida o‘tkazilgan maktab bosqichi g‘oliblari ishtirok etadi.
▶️ Shuningdek,
2023-2024-o‘quv yilidagi asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichi g‘oliblari;
2022-2023-o‘quv yilida tegishli tartibda tasdiqlangan xalqaro va mintaqaviy olimpiada g‘oliblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega.

📝 Olimpiada quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Science

Olimpiada barcha hududlarda belgilangan kunlar mobaynida bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.

Topshiriqlar:
🧮 Matematika va Science fanlaridan
Test
Yozma ish

🧬 Fizika, Kimyo va Biologiya fanlaridan
Test
Yozma ish

💻 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
Dasturlash (coding) bo‘yicha o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.

Har bir fan va sinflar kesimida 3 nafardan (1-2-3-o‘rinlarni egallagan) o‘quvchilar olimpiadaning Agentlik  bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari uchun “Yangi O‘zbekiston” universitetiga ekskursiya va kampus-tur tashkil etildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida “Besh tashabbus” doirasida voleybol, stol tennisi va shaxmat  bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Namangan shahridagi Prezident maktabida FTOR (Fakultetlarga taqsimlash orqali rivojlanish) loyihasi davom etmoqda.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Yangi O‘zbekiston Universiteti” ma'ruzachisi Muxammadali Hayotov hamda Muhandislik maktabi Kimyo va Materialshunoslik muhandisligi departamenti dotsenti Malik Abdul Rehman bilan muloqot  tashkil etildi.

Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Qiz bola - jamiyat koʻzgusi" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari hamda pedagogik jamoasi Chust madaniyat saroyida “Is'hoqxon Ibrat” spektakli namoyishiga  bordi.

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi fizika fani oʻqituvchisi Faruddin Xolmamatov GRE va matematika fani oʻqituvchisi Mehriniso Qarshiyeva GMAT xalqaro sertifikatlarini qoʻlga kiritdi.

Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida haftaning chorshanba va payshanba kunlari - "Kitobxonlik kuni" etib belgilandi.

Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Oliy ta’limga kirishda imtiyozlar va zamonaviy kasblar” mavzusida ekspertlar bilan muloqot tashkil etildi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktorining ixtisoslik fanlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, shoir Bahodir Isoning “Poetik nutqni shakllantirish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Agentlik direktori tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganmoqda

Shu kunlarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Ishchi guruh bugun Farg‘ona viloyati Buvayda, Uchko‘prik tuman hamda Qo‘qon shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.

Agentlik direktori A.Ubbiyev maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatladi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube