Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.61K subscribers
11.2K photos
817 videos
31 files
3.33K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#MUN
#Namangan_Prezident_maktabi

NamPS MUN (Namangan Presidential School Model United Nations) klubi faoliyatini kengaytirdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida o'tkazilgan MUN konferensiyasida maktab o'quvchilari bilan birgalikda boshqa Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va umumta'lim maktabi o'quvchilari hamda universitet talabalari ishtirok etdilar.

🇺🇳 BMT modeli butun dunyo bo'ylab o'quvchilar va talabalar ishtirokida muntazam ravishda o'tkazilib kelinadi.
Unda BMT talqinidagi tadbirlar tashkil etilib, ishtirokchilar BMT Bosh kotibi, Xavfsizlik kengashi a'zolari va xorijiy mamlakatlar vakillari rolida muhokamalarda ishtirok etishadi.


Mazkur modeldan ko'zlangan maqsad:
🔸 notiqlik mahoratini oshirish;
🔸muzokaralar olib borish, diplomatiya va xalqaro munosabatlarni amaliyot yordamida o'rganish;
🔸BMT faoliyati bilan yaqindan tanishishdan iborat
.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#Xalq_va_armiya_bir_tanu_bir_jon

"QO‘MONDON VA YOSHLAR" UCHRASHUVI

Yurtimizda “Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi” bo‘lib o‘tmoqda.

Namangan shahridagi Prezident maktabida Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Namangan shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev, harbiy faxriylar, harbiy orkestr jamoasi, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Prezident maktabining ta’lim va tarbiyada namuna ko‘rsatayotgan bir guruh o‘quvchilariga Mudofaa vazirligining "Vatan tayanchi" ko‘krak nishoni topshirildi.

Mehmonlarga maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy va badiiy dastur havola etildi. Harbiy xizmatchilarning jangovar musiqa, qo‘shiq va raqslari uchrashuv ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xushxabar

⚡️20-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI

📆 Shu yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 16 ta mamlakatidan 680 nafar o'quvchi (matematika fanidan – 286 nafar, fizika fanidan – 194 nafar, informatika fanidan – 200 nafar) ishtirok etdi.

📈 Ushbu olimpiadada 2 ta oltin, 3 kumush va 9 ta bronza medali qo‘lga kiritildi!

🎉 Mazkur olimpiadada Informatikadan ilk marta oltin medalga erishildi.

📝 G‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

💻 Informatika:
🥇Aslibek Sunnatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi - oltin;
🥈Husanboy Mansuraliyev — Namangan shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o’quvchisi – kumush;

🧮 Matematika:
🥇Madina Suyunova — Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o’quvchisi – oltin;
🥈Asadbek Boboqulov — Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o’quvchisi – kumush;
🥈Begzod Xoshimjonov — Marhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi - kumush;
🥉Behruzbek Elmurodov — Mirishkor tumani, 21-maktab 10-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Maqsadbek Egamberdiev — Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Asilbek Abduqayumov — Westminster akademik litseyi 2-bosqich o’quvchisi – bronza;
🥉Elbek ZohidjonovMuhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Farhod OchilovQorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Nurmuhammad OtamurodovOlot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Ozodbek AxtamovMuhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Azizbek Mamajanov — Sayxunobod tumani 3-maktab 8-sinf o’quvchisi – bronza;
🥉Ozodbek Orifjonov — Sayxunobod tumani, 3-maktab 10-sinf o’quvchisi – bronza medallarini qo’lga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar! Hurmatli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Faxr bilan ta’kidlash o‘rinliki, yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlarni amalga oshirish, vatandoshlarimiz tinchligi va davlatimiz mustaqilligini mustahkamlashda sizlarning ham munosib o‘rningiz bor.
Ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlaringiz muhim ahamiyatga ega.

Katta mamnuniyat bilan ayta olamanki, sizlarning har biringiz o‘z oilangiz va yaqinlaringizning mustahkam qo‘rg‘oni, munosib suyanchisizlar.

Sizlar kabi o‘z Vatani va oilasini jondan sevuvchi mard o‘g‘lonlar, yurt himoyachilari bor ekan, bizning ko‘nglimiz xotirjam. Jasur va fidoyi Vatan himoyachilari — bizning chinakam faxrimizdir.

Barchangizga uzoq umr, oilangizga baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Tabrik

XALQ VA ARMIYA BIR TANU BIR JON!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Vatanimiz himoyasi va rivoji uchun turli xil kasblarda xizmat qilayotgan O‘zbekiston o‘g‘lonlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaydi.

Mamlakatimiz tinchligini saqlash yo‘lida amalga oshirayotgan fidokorona xizmatlaringizda muvaffaqiyat hamisha yor bo‘lsin! Sog‘lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

🎉 20-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI ISHTIROKCHILARI KUTIB OLINDI

📆 Shu yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 2 ta oltin, 3 kumush va 9 ta bronza medali qo‘lga kiritildi!

⚡️Mazkur 14 ta medalning 8 tasiga (1 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza) Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari ega chiqishdi.

Ushbu olimpiadada Informatikadan ilk marta qo‘lga kiritilgan oltin medal sohibi ham Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi Asilbek Sunnatov bo‘ldi.

📝Gʻoliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM