Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.64K subscribers
11.3K photos
821 videos
31 files
3.36K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

🗺Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasi oʻtkaziladi.

📝Mazkur olimpiada 2 bosqichda boʻlib oʻtadi:

1️⃣ Hududiy bosqich: 4 turda boʻlib, har bir maktabdan quyi 5-8-sinflardan hamda yuqori 9-11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirilib ishtirok etishlari mumkin.

2️⃣ Agentlik bosqichi: 3 turda tashkil qilinadi. Bunda har bir hududdan yuqori va quyi sinflardan 1 tadan gʻolib jamoa ishtirok etadi.

Hududiy bosqich 2023-yilning 9-dekabr kuni barcha hududlarda boʻlib oʻtadi.

📆 Agentlik bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahrida o'tkaziladi.

🚀 Barcha jamoalarga ushbu olimpiadada omad tilab qolamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi Westminister Universitetida Toshkent International Model United Nations 2023 (TIMUN) konferensiyasi bo'lib o'tdi.

📆 Joriy yilning 1-3 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu konferensiyada 14 ta davlatdan kelgan iqtidorli va tashabbuskor yoshlar qatnashdi.

👩‍🎓 Mazkur konferensiyada Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Mahliyo Abdusattorova ham ishtirok etdi.

⚡️O‘quvchimiz "Gender tengligi: Yuzlanayotgan muammolar va ularga barham" mavzusida taklif va yechimlarini taqdim etdi.

🗣Konferensiya 11 ta turli xil qo'mitalarni o'z ichiga olgan bo'lib, turli sohalarda yoshlarning munosabatlarini o'rganish, xalqaro munosabatlarni mustahkamlash va umumiy xabardorlikni oshirishga qaratilgan.

📝Ma’lumot uchun, mazkur Xalqaro Konferensiya BMTning Atrof-muhit dasturi (UNEP),Taraqqiyot dasturi (UNDP),Aholi Faoliyati Jamg'armasi(UNFPA), Ayollar bo'limi (UN Women), Toshkent Internation Westminister University (WIUT) hamda Artel Elektronikalari bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Dars_tahlili📋

📚Namangan shahridagi Prezident maktabida  biologiya, zamonaviy yondashuv, matematika va ona tili darslaridan lavhalar.

Maqsadimiz: akademik salohiyatli, mustaqil va tanqidiy fikrlaydigan, muvozanatli,  ijodkor, ma'naviyatli, bag'rikeng va halol shaxslarni tarbiyalash

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#Konstitutsiyaning_31_yilligi
#NamanganPM_4_yosh

🔰O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2019-yil Konstitutsiya bayrami arafasida Namangan shahridagi Prezident maktabining ochilish marosimi bo'lib o'tgan edi.

⚡️4 yildan beri bu sana qo'shaloq shodiyona  - Konstitutsiya bayrami va Prezident maktabi tashkil etilgan kun sifatida keng nishonlanadi.

Shu munosabati bilan maktabimizda ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda maktab jamoasi, hamkor tashkilotlar, ota-onalar va mehmonlar ishtirok etdilar.

🎊Tadbirda vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar, she'rlar, bola huquqlariga alohida e'tibor qaratilgan sahna ko'rinishlari va dasturlar ijro etildi.

🎉🛍Tadbirda xalqaro va respublika miqyosida olimpiada va tanlovlarda faol ishtirok etgan g'olib o'quvchilar hamda ularning ustozlari esdalik sovg'alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati bo‘lgan, biz uchun ozod va obod hayot qurish yo‘lini ochib bergan Konstitutsiyamiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi.

Asosiy qonunimiz – millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir inson tengligini kafolatlab, tinchlik va zamonaviy demokratik taraqqiyotning asosiy garovi bo‘lib kelmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan barcha O‘zbekiston ahlini samimiy tabriklaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiyamiz_31_yoshda
#Namangan_Prezident_maktabi_4_yoshda

⚡️Namangan shahridagi Prezident maktabida o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirdan videolavha.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Olamni_mahliyo_aylagan_diyor

🇺🇿 10-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!

📝 Qonunga koʻra, madhiya Davlat suverenitetining ramzidir. Madhiyaga ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, xalqimizning azaliy orzu-istaklari, ezgu intilishlari Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlarida oʻzining yorqin ifodasini topdi. Chunonchi, Vatanimiz madhiyasi ham uning oʻzi kabi aziz va muqaddasdir.

🎼Ona yurtimiz madhiyasi hamisha gʻurur va faxrimiz, shonu shuhratimiz ramzi boʻlib, jahon arenalari va yuksak minbarlarda, dillarda va tillarda baralla jarang sochsin!

🗺Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bilan samimiy tabriklaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"ROBO-CODING" OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI O’TKAZILDI

O’quvchilarda “Muhandislik”, “Robototexnika”, “Dasturlash” yo‘nalishlari bo‘yicha kognitiv faollikni oshirish hamda ularning ijodiy va eksperimental qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan olimpiadada viloyatdagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 56 nafar oʻquvchilari 4 ta yo’nalish asosida bellashdilar. Har bir maktabdan quyi 5-8-sinflardan hamda yuqori 9-11-sinflardan shakllantirilgan 2 ta jamoa o’z robotlari bilan chiziq bo‘yicha harakatlanish, to‘siqlarni aylanib chiziq bo ‘yicha harakatlanish, propellerli mini yuk mashinasini yaratish, kо ‘prik konstruksiyasini qurish, dasturlash kabi topshiriqlarda yosh konstruktorlar qobiliyatlarini namoyish etdilar. Yakuniy natijalarga ko’ra, musobaqaning 5-8 va 9-11-sinflar o’rtasida Namangan shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari jamoasi 1-o’rinni egallab, Respublika bosqichida qatnashish huquqini qo’lga kiritdi.

Boshqarma Axborot xizmat