Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.66K subscribers
10.4K photos
798 videos
30 files
3.26K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#hamkorlik

🗺Namangan shahridagi Prezident maktabida ota-onalar bilan uchrashuv tashkil qilindi

📝 Bu galgi uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama etildi:
ota-onalar va sinf rahbarlari suhbati;
oʻquvchilarning oʻtgan I chorak  natijalari monitoringi;
oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash;
oʻquvchilarning tarbiya va taʼlim jarayonlaridagi muammolar yuzasidan ota-onalarning murojaatlari boʻyicha tavsiyalarini oʻrganish.


Uchrashuv va suhbatlar OTA-ONA ➡️OʻQUVCHI ➡️ OʻQITUVCHI bogʻliqligida oʻtkazildi hamda yutuqlar va kamchiliklar birgalikda muhokama qilindi.

❗️Oʻquvchilar taʼlim-tarbiyasida bu kabi uchrashuvlar muhim ahamiyatga ega.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hayʼat_majlisi

“O‘zbekiston-2030” strategiyasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oldiga qo‘yilgan muhim vazifalar ijrosi hamda sohaga doir boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining navbatdagi kengaytirilgan Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, vazir o‘rinbosarlari, vazirlik tizimidagi Maktabgacha ta’lim, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentliklari rahbarlari, vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

❗️Qayd etilganidek, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan vazifalar hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga to‘liq erishishni ta’minlash uchun vazirlikning 2023-yil 15-sentabrdagi tegishli buyrug‘i asosida amaliy dasturlar rejasi tasdiqlangan.

Mazkur topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida vazir o‘rinbosarlari, vazirlik xodimlari, hududiy boshqarmalar hamda tizim tashkilotlari rahbarlariga zarur topshiriqlar berildi.

Tadbirda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga doir qator muhim masalalar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil etildi.

✔️Yig‘ilish so‘ngida vazirlik va hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari mas’ullarining hisobotlari tinglandi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1354

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik

“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod  hamda ixtisoslashtirilgan maktab direktorlarining 12 nafari Angliyaning Portsmut shahrida malaka oshirishmoqda.

📆 Mazkur maktab direktorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshan Usmanov ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

📝Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Nargiza Qoʻchqorova ham ishtirok etishdi.

🗣Muloqot davomida elchi maktab direktorlariga bu kabi xalqaro doiradagi tadbirlar har doim ham boʻlavermasligi, undan unumli foydalanib, imkon qadar koʻproq bilim va tajriba orttirib, oʻzlashtirgan koʻnikmalarini oʻzbekistonlik boshqa oʻqituvchilar oʻrtasida ham yoʻlga qoʻyish kerakligini taʼkidladi.

❗️“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar davom etmoqda.

#Angliya #Portsmut #maktab_direktorlari

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_Angliyada

Ta’limda yangi metodikalarni joriy etish, o‘qitish sifatini yangi bosqichga olib chiqishda maktabda samarali boshqaruvning yo‘lga qo’yilgani muhim, albatta.

⚡️ Shu maqsadda “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida bir guruh maktab direktorlarini Buyuk Britaniyaning Portsmut shahriga jo‘natdik.

🎗️Ushbu dastur davomida direktorlar ayni paytda Portsmut universitetida malakali trener-o’qituvchilarning kasbiy rivojlanish seminar-treninglarida ishtirok etishmoqda.

❗️Treninglarda maktablarda ta’lim muhitini yaxshilash, samarali boshqaruv va bunda o’qituvchilar hamda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash kabi mavzularda so‘z yuritilmoqda.

✔️2 hafta davom etadigan ushbu loyiha direktorlarimiz uchun o‘z kasblarida yangi marralarga erishishlarida ko’mak berishiga ishonaman.

E’tiborli jihati, dastur davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o‘tashadi va bu ular uchun o’ziga xos imkoniyatdir.

⚡️Shubhasiz, bunday loyihalar yurtimiz ta’lim tizimi rivoji uchun alohida ahamiyatga ega.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎XALQARO 24-BOLALAR FORUMI
INTERNATIONAL 24-CHILDREN'S FORUM


👫👫19-20 noyabr kunlari Turkiyaning Anqara shahri o'quvchi yoshlarni Xalqaro 24-Bolalar forumiga birlashtirdi. Butun dunyo bolalari tashabbuslari va fikrlarini qo'llab-quvvatlaydigan bu forumda  24 ta turli mamlakatdan iqtidorli va tashabbuskor yoshlar ishtirok etdi.

🇺🇿O'zbekiston bolalar ovozi sifatida  Namangan shahridagi Prezident maktabi òquvchisi Gavharshodbegim Xomidova  iqlimni muhofaza qiluvchi ijtimoiy harakat a'zosi sifatida  qatnashdi va o'z tashabbuslarini ilgari surdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_bolalar_forumi🌍

Turkiyaning Anqara shahrida “Bugungi kunni birgalikda quramiz” shiori ostida o'tkazilgan xalqaro bolalar forumidan videolavha.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#Xalqaro_bolalar_forumi

🗺Turkiyaning Anqara shahrida “Iqlim o‘zgarishi va bolalar ishtiroki” mavzusida 24-Xalqaro bolalar forumi o‘tkazildi.

📆 Joriy yilning 19-20-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu forumda 24 ta davlatdan kelgan iqtidorli va tashabbuskor yoshlar qatnashdi.

🇺🇿 Mazkur forumda O‘zbekiston yoshlari vakili sifatida Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Gavharshodbegim Xomidova ishtirok etdi.

⚡️O‘quvchimiz iqlimni muhofaza qiluvchi ijtimoiy harakat a’zosi sifatida o‘zining taklif va tashabbuslarini ilgari surdi.

🗣Forum iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq umumiy jarayonlarda o‘tayotgan turli madaniyatlarga mansub bolalar o‘rtasida hamkorlikni va madaniyatlararo xabardorlikni oshirishga qaratilgan.

📝Ma’lumot uchun, mazkur Xalqaro forum Turkiya Oila va Ijtimoiy xizmatlar vazirligi tomonidan BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM