Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
10.6K photos
806 videos
31 files
3.29K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
Diqqat_tanlov!

📣📣 Aziz o’quvchilar!

1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozingizni noodatiy yo'l bilan xursand qilmoqchimisiz?

Unda biz sizga shunday imkon beramiz!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bugungi kunda yuqori sinf o’quvchilarining ijtimoiy tarmoqdagi faolliklari, ular tomonidan ishlanayotgan roliklarning trendga chiqayotganini inobatga olib, ushbu mahorat evaziga rag'batga ega bo'lishga chorlab qoladi.

❗️O'qituvchingiz haqida rolik suratga oling va ustozingiz uchun sovg'a yutib oling!

⚠️Xo’sh, buning shartlari qanday?

Rolik davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi kerak;

Ushbu postni o‘z sahifangizda bo‘lishishingiz lozim (bo‘lishganda sahifangiz ochiq bo‘lsin);

Ijodiy ishingizni #Ustozimga xeshtegi bilan o‘z sahifangizda ham, vazirlikning Facebook sahifasida ushbu tanlov e'lon qilingan post ostida ham bo‘lishing.

✔️ Jamoatchilik tomonidan eng ko'p layk yiqqan ijodiy ish tanlov g’olibi deb topiladi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdirlanadi.

🥇1-o'rin - monoblok
🥈2-o'rin - kompyuter
🥉3-o'rin - noutbuk

Roliklarni tayyorlashda ijodiy yondashuv olqishlanadi.

❗️Tanlovda qatnashish huquqiga faqat barcha shartlarni bajargan ishtirokchilar ega bo’ladi.

⚡️Tanlov g'oliblari 28-sentabr kuni soat
1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣ da e'lon qilinadi.

Vaqt ketdi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Angliya

O’ZBEKISTONLIK MAKTAB DIREKTORLARI ANGLIYADAGI MAKTABLARDA DIREKTOR BO’LISHADI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” tashkil etilgan bo’lib, g‘oliblar Angliyaning Portsmut universitetida malaka oshirish imkoniyatini
qo‘lga kiritishadi.

🔴 Bugun mazkur dasturning so‘nggi bosqichi sifatida seminar-trening jarayonlari bo’lib o’tmoqda.

❗️Trening Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti Ta’lim, tillar va lingvistika bo‘limi boshlig‘i, professor Stiven Korbett tomonidan o’tkazilmoqda.

⚡️ Ma’lumot uchun, Angliyaning Portsmut universiteti bilan hamkorlikdagi mazkur dastur 1-marta o’tkazilayotgan bo’lib, o‘z ichiga quyidagi 3 ta shartni qamrab oladi:
 
Hujjat topshirish. Nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim (kamida B2 daraja).
 
Yozma ish
 
Suhbat

Ushbu tanlovda g’olib bo’lgan 28 nafar direktor Angliyaning Portsmut shahriga 2 hafta davomida malaka oshirishga yuborilishi rejalashtirilmoqda.

❗️G’oliblar dastur doirasida Angliyadagi Portsmut universitetida treninglarda ishtirok etishadi va 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o’tashadi.

Ular keyinchalik Angliyada o’rgangan tajribalarini boshqa maktab direktorlari bilan bo’lishishlari ko’zda tutilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#World_bank

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, vazir o’rinbosari Uzoqboy Begimkulov, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha yo‘nalishi global amaliyot boshqaruvchisi Rita Almeyda hamda Jahon bankining O‘zbekistondagi doimiy vakili Marco Mantovanelli ishtirok etishdi.

❗️ Uchrashuvda tomonlar:

professional ta’lim tizimini rivojlantirish,
o’qituvchilar malakasini oshirish sohasida birgalikda loyihalarni davom ettirish hamda
istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
19-sentabr kuni, Nyu-York: Markaziy Osiyo va AQSH yetakchilarining birinchi sammiti, BMTning yuksak minbaridan ilgari surilgan muhim tashabbuslar va samarali ikki tomonlama uchrashuvlar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT minbaridan o‘zbek tilida nutq so‘zladi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktablari
#faxr_tuygʻusi

⚡️ FARZANDI PREZIDENT MAKTABIGA OʻQISHGA KIRGAN OTA-ONA BILAN SUHBATLASHDIK

Abbos Poʻlatov – Buxoro shahridagi Prezident maktabining 5-sinf oʻquvchisi.

"Kim oʻylabdi deysiz, oddiy oilaning farzandi shunchalik marralarga erishadi deb. Haqiqat bor ekan, oʻqigan bola kirar ekan. Oʻqishga kirganini birinchi boʻlib ustozi bizga aytdi. Koʻzimga yosh keldi... "

🗣Maʼlumot uchun, Abbosning otasi Yodgor Roʻziyev – maktabda qorovul boʻlib ishlaydi. Onasi Matluba Rahmatova – uy bekasi.

Iqtidorli oʻquvchimizga Olot tumanidagi 34-maktab boshlangʻich sinf rahbari Nilufar Xudoyqulova taʼlim bergan.

📈 Qolaversa, Abbos Buxoro shahridagi Prezident maktabidan tashqari Olot tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabiga 84.8 ball bilan 1-o'rinda kirgan.

📍 Buxoro shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#tanlov_ikkinchi_bosqich

🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Prezident, Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh (vakant) rahbar lavozimlariga oʻtkazilgan tanlovning saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar diqqatiga

📆 Tanlovning 2-bosqichi (suhbat) joriy yilning 22-sentabr kunidan boshlanadi.

❗️Suhbat Agentlik tanlov komissiyasi tomonidan ZOOM platformasi orqali onlayn oʻtkaziladi

🗣Suhbat oʻtkaziladigan manzil, sanasi va vaqti nomzodning job2.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqami orqali xabardor qilinadi.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sport
#Namangan_prezident_maktabi

🔰 Namangan shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5149 "kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari " to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta`minlash va o'quvchilarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida Milliy gvardiya Namangan shahar Qo'riqlash boshqarmasi xodimlari hamkorligida "Kamondan o'q otish" sport turi bo'yicha mahorat darslari tashkil qilindi.

🔸 Mashg'ulotlarda maktab o'quvchilari faol ishtirok etishdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube