Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.67K subscribers
10.4K photos
796 videos
30 files
3.25K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#qabul_2023

🔔 APELLATSIYA ARIZALARINI KO’RIB CHIQISH KUNLARI TASDIQLANDI

⚡️Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga apellatsiya arizalarini qabul qilish 18-avgust kuni soat 19:00 da yakunlandi.

📊 Respublika boʻyicha jami 579 ta ariza kelib tushdi va arizalarni koʻrib chiqish kunlari tasdiqlandi.

🗣 Jumladan:
Toshkent shahar – 170 ta, (21-23-avgust kunlari);
Qashqadaryo viloyati – 68 ta, (29-avgust kuni);
Farg‘ona viloyati – 63 ta, (25-avgust kuni);
Surxondaryo viloyati – 55 ta, (30-avgust kuni);
Toshkent viloyati – 42 ta, (24-avgust kuni);
Navoiy viloyati – 34 ta, (28-avgust kuni);
Samarqand viloyati – 31 ta, (28-avgust kuni);
Namangan viloyati – 30 ta, (26-avgust kuni);
Buxoro viloyati – 27 ta, (28-avgust kuni);
Andijon viloyati – 17 ta, (26-avgust kuni);
Xorazm viloyati – 14 ta, (27-avgust kuni);
Sirdaryo viloyati – 12 ta, (27-avgust kuni);
Jizzax viloyati – 10 ta, (27-avgust kuni);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 6 ta, (27-avgust kuni).

📞 Agentlik tomonidan murojaatchilarning har biriga telefon orqali apellatsiyaga kelish kunlari maʼlum qilinadi.

❗️Diqqat! Har bir arizachining murojaati belgilangan kunda Apellatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

🗺HUDUDLARDAGI ISHCHI GURUH XULOSASIDAN NOROZI BO'LGAN MUROJAATCHILAR YUQORIDA KO'RSATILGAN SANALARDA AGENTLIKNING APELLATSIYA KOMISSIYASIGA KELIB MUROJAAT QILISHLARI MUMKIN.

👣Lokatsiya

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari_2023
#ijod_maktablari

🔔 IJOD MAKTABLARIGA O'TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

Imtihon natijalarini talabgorning ariza.piima.uz saytidagi Shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali aniqlashingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

📆 Joriy yilning 28-29-30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @natijalar_2023_1_bot
🤖 @natijalar_2023_2_bot
🤖 @natijalar_2023_3_bot
🤖 @natijalar_2023_4_bot
🤖 @natijalar_2023_5_bot

‼️ ESLATMA! Natijalarni bilish istagida bo'lgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda so'rov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023

📝 IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARIGA APELLATSIYAGA ARIZA BERISH TERTIBI

📌 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

O‘quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilarning murojaatlari Agentlikda tegishli mutaxassislardan tuzilgan apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Apellatsiya komissiyasiga Agentlik direktori o‘rinbosari raislik qiladi.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beradi.

Apellatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi xulosasi o‘quvchilarga arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ball qo‘shib berilishiga asos bo‘ladi.

Apellatsiya komissiyasiga boshqa o‘quvchilarning ishlarini ko‘rib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.

O‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqlariga ega.

📬 Apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor ushbu elektron manzilga murojaat qilishi mumkin:

⚪️ HAVOLA

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#ijod_maktablari

📝 IJOD MAKTABLARIGA APELLATSIYAGA ARIZA BERISH TARTIBI

#ogoh_boʻling

❗️Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga farzandlari hujjat topshirgan ota-onalar diqqatiga

Farzandingizning qayta imtihon topshirishi mumkinligi va ularni o'qishga kiritib qo'yishni va'da qilib sizga aloqaga chiqayotgan turli firibgarlarning yolg'on xabarlariga ishonmang!

🙅‍♂ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi birorta maktabga qayta imtihon o'tkazilmaydi.

❗️Aldanib qolmang. Hech qaysi maktabga imtihonlar qayta o'tkazilmaydi.

📞 Agar shunday va'dalar berayotgan firibgarlarga duch kelsangiz zudlik bilan Agentlikning 1206 qisqa raqamiga yoki +998712074048 ishonch telefoniga hamda https://t.iss.one/piimasavollar_bot iga murojaat qilishingizni so'raymiz.

❗️Qanday savollaringiz bo'lsa Agentlikning qabul jarayonlari bo'yicha maxsus tashkil qilingan 1206 qisqa raqami orqali rasmiy ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#RaqamliAvlod
#InklyuzivITOromgoh

⚡️ Yilning eng kutilgan, eng hayajonli, eng katta qamrovdagi Inklyuziv "Raqamli avlod IT Oromgohi"ga ro'yxatdan o'tish davom etmoqda🔥

‼️ Oromgoh 25-30-avgust kunlari bo'lib o'tadi

Oromgohda:

🔹️sun'iy intellekt
🔹️.Net
🔹️Python
🔹️ReactJs
🔹️ Web design yo'nalishlari bo'yicha onlayn darslar bo'lib o'tadi🔥

Eng faol ishtirokchilar sertifikat va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadilar💻 📺 ⌚️

📍Ro'yxatdan o'tish uchun: online.raqamliavlod.uz

Raqamli avlod olamida sizni kutamiz...

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#RaqamliAvlod
#InklyuzivITOromgoh

⚡️Yilning eng kutilgan, eng hayajonli, eng katta qamrovdagi Inklyuziv "Raqamli avlod IT Oromgohi"ga roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda

📆 Oromgoh 25-30-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

🗣Oromgohda:

🔹sunʼiy intellekt;
🔹.Net;
🔹Python;
🔹ReactJs;
🔹 Web design yo'nalishlari boʻyicha onlayn darslar boʻlib oʻtadi.

Eng faol ishtirokchilar sertifikat va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi 💻 📺 ⌚️

📝Roʻyxatdan oʻtish uchun: online.raqamliavlod.uz

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING BO‘SH O‘RINLARIGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA

📝Prezident maktablarining bo‘sh o‘rinlariga kirish imtihonlari shu yilning 29-avgust kuni soat 11:00da Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo‘lib o‘tadi.

📑 Bo‘sh o‘rinlarga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin:

PREZIDENT MAKTABLARI

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktablari
#seminar

⚡️Prezident maktablarining rahbar xodimlari uchun
o‘quv-seminari bo’lib o’tmoqda

📆 24-26-avgust kunlari Toshkent shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari, maxsus fanlar hamda ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminari o’z ishini boshladi.

Ushbu seminardan ko’zlangan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 526-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, Prezident maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish,  yangi o‘quv yilida o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish, tayanch o‘quv reja va dasturlar bilan yaqindan tanishtirish, xalqaro CIS (Council of International Schools) akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonlariga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirishdir.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktablari
#seminar

Xabar berganimizdek, Prezident maktablarining rahbar xodimlari uchun o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Trening davomida rahbar xodimlar tomonidan 2022-2023-o‘quv yilidagi erishilgan natijalar, kamchiliklar  jumladan A-level imtihonlari natijalarining tahlili va  yangi o‘quv yiliga ushbu yo‘nalishda belgilangan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari haqida fikr almashildi.

🗣Shuningdek, Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish yo‘nalishidagi vazifalar, yangi o‘quv yili uchun tayanch o‘quv reja va dasturlar muhokamasi, yangi o‘quv yilida o‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatlarini tartibga solish, to‘garaklar faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida dasturlarni umumiy sinxronlikka keltirish kabi mavzularida o‘zaro muhokamalar olib borishdi.

📌 Eslatib o'tamiz, 26-avgust kuni ham Toshkent shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablarining akademik direktorlari va direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminari davom etadi.

📸 Seminar tafsilotlari bilan fotolavhalar orqali tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM