Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.61K subscribers
11.2K photos
817 videos
31 files
3.33K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar, viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etishmoqda.

❗️Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova so’zga chiqib, bu kabi treninglarning ahamiyati hamda ta’limda boshqaruvning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi naqadar muhimligi haqida so’z yuritdi.

⚡️ Shundan so’ng, seminar-treninglarning amaliy qismiga start berilib, vazir “motivatsion kouching”larni boshlab berdi.

Unda hududiy rahbarlarning ish faoliyatini yo’lga qo’yish, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish kabi mavzularda so’z bordi.

📌 Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun sho’balarga bo’lingan holda seminar-treninglar bo’lib o’tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Seminar_trening

“Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglar davom etmoqda

🔴 Seminar-treninglar quyidagi yo’nalishlarda bo’lib o’tmoqda:

▶️ o‘quvchi qabuli,
▶️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi maktablaridagi yondashuv, mezonlarga asoslangan baholash tizimi,
▶️ umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni joriy etish,
▶️ maktablarda o‘quvchilarni bepul ovqatlantirish,
▶️ ikkinchi xorijiy tilni va kasb o‘rgatishni joriy etish,
▶️ nodavlat ta’lim muassasalari faoliyati,
▶️ attestatsiya va akreditatsiya, milliy reyting,
▶️ maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrov darajasi.

❗️ Treninglar davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#faxr

⚡️BIZNING SHUNDAY O'QUVCHILARIMIZ BOR

🔰Namangan  shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o'quvchisi Mansuraliyev Husanboy Agentlik fan olimpiadasining respublika bosqichida INFORMATIKA  fanidan muvaffaqqiyatli ishtirok etib, Namangan viloyati sharafini munosib ko'tarishga erishdi.

🥇O'quvchimiz olimpiadada   1-o'rin sohibi bo'ldi va agentlik tomonidan qimmatbaho sovg'alar - noutbuk, kitoblar jamlanmasi va agentlik rahbariyatining faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi.🎁

🎉Husanboy informatika fanidan shu bugungacha qator olimpiada va tanlovlarda yuqori natijalarni qayd etgan.

G'oliblik bilan Husanboyni, unga ta'lim bergan ustozlarini,  va albatta, onajonisi Gulsora opani samimiy qutlaymiz. Ilm yo'lidagi zafarlari bardavom bo'lishini tilaymiz.
#faxr

⚡️BIZNING SHUNDAY O'QUVCHILARIMIZ BOR

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabining 8-sinf o'quvchisi Abdurahimov Nozimjon Agentlik fan olimpiadasining respublika bosqichida INFORMATIKA fanidan muvaffaqqiyatli ishtirok etib, Namangan viloyati sharafini munosib ko'tarishga erishdi. O'quvchimiz olimpiadada 3-o'rin sohibi bo'ldi.

G'oliblik bilan Nozimjonni, unga ta'lim bergan ustozlarini, xususan, informatika fani o'qituvchisi Nodirbek Habibullayevni, va albatta, ota-onasini samimiy qutlaymiz. Ilm yo'lidagi zafarlari bardavom bo'lishini tilaymiz.
#olimpiada
#taqdirlash

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida Asosiy va Agentlik fan olimpiadasi g'oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.
🎉Unda maktab jamoasi va g'olib o'quvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar.
🎁O'quvchilar Agentlikning qimmatbaho sovg'alari va maktab rahbariyatining sertifikat va tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
G'oliblarning ustozlari hamda ota-onalarini ushbu zafar bilan muborakbod etib, mehnat va e'tiborlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
⚡️O'quvchilarimizga esa ilm cho'qqilarini zabt etishlarida omad tilaymiz!