Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.61K subscribers
10.9K photos
814 videos
31 files
3.31K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
🏛Namangan shahridagi Prezident maktabida "Future Leaders" loyihasiga start berildi. Ushbu loyihadan maqsad yoshlarda "Barkamol shaxs tarbiyasi"ni chuqurroq shakllantirish hamda "Lider"lik qobiliyatlarini ochish.

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
Namangan shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari sanoat korxonalari bilan tanishish maqsadida Namangan shahridagi «Orzu» kichik sanoat zonasida joylashgan «Orzu Ideal tekstil» korxonasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida o’quvchilar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | «Эл-юрт умиди» Жамғармаси стипендияси учун танловлар бошланди
#4apr #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
Namangan shahridagi Prezident maktabining 9-blue sinf o'quvchisi Xamidullayev Adxamjon va 7-blue sinf o'quvchisi Tojimirzayeva Adiba Qo'qon olimpiadasidagi munosib ishtiroki uchun Qo'qon universitetining 100%lik granti sohibiga aylandilar, shuningdek, Tojimirzayeva Adiba, Amirxamzayev Jahongir, Rustamova Mohina hamda Husanov Orifxonlar xalqaro "SEAMO X" va "Eurasian Spelling Bee" olimpiadasidagi munosib ishtiroki uchun taqdirlandilar.

#taqdirlash #grant

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
Давлат хавфсизлик хизмати ходимларига табрикнома!

Бугун, 5-апрель «Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизмати тўғрисида»ги Қонун қабул қилинган — Давлат хавфсизлик хизмати куни.

Шу муносабат билан Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактабларни ривожлантириш агентлиги жамоаси Давлат хавфсизлик хизмати тизимининг барча ходимларини самимий муборакбод этади.

Мамлакатимизнинг конституциявий тузумини, суверенитетини турли таҳдидлардан ҳимоя қилиш ҳамда қонун устуворлигини таъминлашдаги шарафли хизматларингизда улкан зафарлар ёр бўлсин.

Ҳурмат билан,
Перезидент, ижод ва ихтисослаштирилган мактабларни ривожлантириш агентлиги жамоаси
Ernest Heminguey - "Chol va dengiz"

Bu asar odamni o‘ziga maqsad qilib qo‘ygan ishiga ishonishi va unga erishish yo‘lida ortga qaytmasdan harakat qilishi haqida yozilgan. Inson doimo kuchli bo‘lishli va o‘ziga ishonishi kabi tuyg‘ular ham juda chiroyli ochib berilgan.

#kitoblar #ErnestHemingueyCholvadengiz

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
#Savol_javob

2021-2022 – o‘quv yilida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul bo‘yicha eng ko‘p so‘ralgan savollarga saytimizda javob topishingiz mumkin.

🔷 1-savol: Yangi ochilayotgan Prezident maktablarining barchasiga qabul amalga oshiriladimi?
👉 Javob

🔷2-savol: Ijod maktablariga o'quvchilar nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
👉 Javob

🔷 3-savol: Ixtisoslashtirilgan maktablarga o'quvchilar qabuli qanday tartib bo'yicha amalga oshiriladi?
👉 Javob

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Daniyel Defo "Robinzon Kruzo"

«Robinzon Kruzo» - ingliz yozuvchisi Daniyel Defoning eng sara asarlaridan biri bo'lib, u inson va tabiatning hamohangligi, ular o'rtasidagi o'zaro axloqiy munosabatlarning qayta yuzaga kelishi haqidagi umrboqiy ijod namunasidir.
Ushbu asar, bosh qahramon - yangi yerlarni o'zlashtirishga ishtiyoqi baland bo'lgan sayyoh - Robinzon Kruzoning hayotiy hikoyasi shaklida yozilgan.
Noma'lum sarhadlarni kashf etish va yangi yerlarni o'zlashtirish orqali boyib ketishni maqsad qilgan qahramon, kema halokati natijasida kimsasiz orolga tushib qoladi va umrining 28 yilini shu orolda.
#kitoblar #DaniyelDefoRobinzonKruzo

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
O`lmas Umarbekov. Odam bo`lish qiyin. O‘tgan asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek nasri rivojida O‘lmas Umarbekovning o‘ziga xos o‘rni bor. Uning yoshlar hayoti, ma'naviy-axloqiy muammolar, insonlarning murakkab munosabatlari haqida yaratilgan roman, qissa va hikoyalari bugungi kunda ham sevib o‘qiladigan asarlaridir. Adib bolalarining bepoyon orzular olami, yoshlarning goh lazzatli, goh iztirobli muhabbati, sidq-u vafo, xiyonat, otalar va bolalar, umuman, tuhfa toifadagi insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni g‘oyat chuqur va samimiy tasvirlaydi. Shuning uchun ham adibning asarlari hamon kitobxonlar qalbini rom etib kelmoqda.

#kitoblar #OlmasUmarbekovOdambolishqiyin

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
Namangan Prezident maktabi, 11-sinf o'quvchisi Murodxo'jayev Saidbek AQSH ning Arizona Universitetida Iqtisodiyot yo'nalishida tahsil olish uchun $40 000 AQSH (dollari) grantini qo'lga kiritdi.

Ученик 11 класса Президентской школы г. Намангана Муродхуджаев Саидбек получил грант $40 000 США для обучения в University of Arizona США.

Namangan Presidential school, Grade-11 student Murodkhujaev Saidbek has won $40.000 scholarship of the University of Arizona on Economics in the USA.

#news #university #grant

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
Namangan shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari Namangan viloyatida tadbirkorlar va yoshlar uchun tashkil etilgan "BIZNES MARAFON" da faol ishtirok etishdi. Kasb tanlash, biznes loyihalarni ishlab chiqish bo'yicha spikerlar tomonidan taqdim etilgan motivatsion bilimlar barcha o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
#Diqqat_tanlov

📣📣O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning ona Vatanga muhabbat, sadoqat, yuksak insoniy fazilatlar ulug‘langan samimiy, sodda, o‘tli she’riyatini o‘quvchi-yoshlarga chuqur singdirish maqsadida “Qalblardan joy olgan shoir” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov 3 yo‘nalishda tashkil etiladi:
🔹1-yo‘nalish: Nazm (shoir she’rlariga nazira bog’lash).
🔹2-yo‘nalish: Nasr (Shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlov ruhidagi nasriy asarlar, Word, Times New Roman,12 shrift shaklida).
🔹3-yo‘nalish: Badiiy publitsistika (essе yozish, shoir she’ridan tahliliy maqola Word, Times New Roman,12 shrift shaklida).

👩🏻‍💼🧑🏻‍🏫Tanlovda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etadi.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari tomonidan tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib ishtirokchilarning ijodiy ishlari tanlov tashkilotchilariga taqdim etiladi.

📺📰Tanlov bilan bog‘liq jarayonlar ommaviy-axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boriladi.

🗓Tanlovning birinchi bosqichi barcha ijod maktablarida 2021-yil 10-apreldan 20-aprelga qadar o‘tkaziladi va g‘oliblarning ishi hamda ular haqidagi ma’lumotlar tanlov tashkilotchilariga quyidagi telegram raqami orqali yuboriladi:
1)+998979907409
2)
+998911699820

⚡️🏆 Yo‘nalishlar bo‘yicha har bir faxrli o‘ringa bir nafardan g‘oliblar aniqlanadi.
Tanlovda to‘qqiz nafar g‘olib aniqlanadi.
Tanlov g‘oliblariga:
1-o‘rin - (3 yo‘nalishda) uyali telefon va 1-darajali diplom;
2-o‘rin - (3 yo‘nalishda) kitoblar to‘plami va 2-darajali diplom;
3-o‘rin - (3 yo‘nalishda) kitoblar to‘plami va 3-darajali diplom beriladi.
Tanlov go‘liblari 2021-yil 26-aprel kuni Muhammad Yusuf nomli ijod maktabida “Qalblardan joy olgan shoir” mavzusida o‘tkaziladigan ma’rifiy tadbir doirasida taqdirlanadilar.
📙Abdulla Qahhor "Sarob" (roman)

“Sarob” romanida 20-yillar oxiri, 30-yillarning, boshlaridagi o‘zbek ziyolilari ma’naviy qiyofasini, ular orasidagi ayrim shaxslarning ojizligi va puch xayollar izmida o‘tgan umrini badiiy gavdalantirib berilgan.
– “Sarob” yozilgan, u kitob holida chiqqan paytlari, – degan edi adib suhbatlaridan birida, – sochimda birorta ham oq tola yo‘q edi: demagog, johil tanqidchilarning betinim to‘qmoqlari tufayli romanning ikkinchi nashriga qadar sochimda birorta ham qora tola qolmadi.

#kitoblar #AbdullaQahhoqSarob

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
Namangan Prezident maktabi, 11-sinf o'quvchisi Murodxo'jayev Saidbek AQSH ning Ithaca College da Iqtisodiyot yo'nalishida tahsil olish uchun $100 000 AQSH (dollari) grantini qo'lga kiritdi.

Ученик 11 класса Президентской школы г. Намангана Муродхуджаев Саидбек получил грант $100,000 США для обучения в Ithaca College США.

Namangan Presidential school, Grade-11 student Murodkhujaev Saidbek has won $100.000 scholarship of the Ithaca College on Economics in the USA.

#news #university #grant

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz