Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.65K subscribers
10.5K photos
799 videos
30 files
3.26K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
🌱🌸Bugun 1-mart. Bahorning ilk kuni.

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida kun Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

📝Shundan so'ng maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, shoira Manzura Abdullayeva tashabbusi bilan o'zbekning ardoqli shoirasi Zulfiyaxonim tavalludiga bag'ishlangan dastur namoyish etildi. Dasturda "Nihol" adabiy to'garagi a'zolari Zulfiyaxonim she'rlaridan namunalar o'qidilar.

📚An'anaviy "Mutolaa vaqti" ham o'tkazildi. Bahorning ilk kuni maktab jamoasi uchun fayzli va mazmunli boshlandi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
Forwarded from IT taʼlim
Bahorni yutuqli olimpiadalar bilan qarshi oling!

5 kun davomida 9 ta fandan olimpiadalar marafoni!

Marafon 1-5 mart kunlari soat 11:00 dan 21:00 gacha o‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida bo‘lib o‘tadi.

Marafonning o‘tkazilish va g‘oliblarning aniqlanish tartibi: ➡️ BATAFSIL

🎁 G‘oliblar Respublika ta'lim markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida nashr etilgan "Mantiqiy matematika" va "Matematikadan olimpiada testlari" kitoblari bilan taqdirlanadi!

Ro‘yxatdan o‘tish:
➡️ @khiso_uz_bot

❗️ Olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul!

💡Platformadan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishni unutmang.

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
#Yangi_ruknlar
#Сўровнома_натижаси

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Vazirlikning telegram kanalidagi kuzatuvchilar qiziqishlarini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilgan edi.

So‘rovnoma ishtirokchilarning aksariyati ”Psixologik ko‘mak” rukni ostida foydali maqolalar berib borilishini ma’qullashdi.

❗️Kuzatuvchilarning qiziqishlarini inobatga olgan holda endilikda Vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali o‘quvchi yoshlar uchun ”Psixologik ko‘mak” rukni ostida turli maqolalar va tavsiyalarni yoritib borishni boshlaymiz:

👉https://telegra.ph/MAKTABDAGI-BULLINGDA-PEDAGOGLAR-UCHUN-MASLAHATLAR-03-01
#Xalqaro_hamkorlik
#UNESCO

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi bilan uchrashdi.

Unda UNESCO bilan ta'lim sohasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik masalalari hamda istiqboldagi rejalar haqida so'z bordi.

❗️Sara Noshadi O'zbekistonda sifatli ta'limni yo'lga qo'yishda amalga oshirilayotgan ishlarni alohida e'tirof etdi.

Shuningdek, tomonlar uchrashuv doirasida:

▶️ O'qituvchilar malakasini oshirish,
▶️ baholash tizimi,
▶️ inklyuziv ta'lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilishdi.

✔️Muzokaralar natijasida UNESCO tomonidan yuqoridagi yo‘nalishlarda vazirlikning rivojlanish strategiyasi tamoyillari doirasida hamkorlik qilish bo‘yicha istak bildirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zulfiyaxonim
#Bahor

📝''Bahor'' o‘'zbek xalqining ardoqli farzandi, atoqli shoira Zulfiyaxonim she'ri

🎤🎧Namangan shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o'quvchisi Odina Davlataliyeva ijrosida.
“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturida maktab va maktabgacha ta'limga oid qanday vazifalar belgilandi?

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, ta’lim tizimi faoliyatiga doir qator yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda.

Jumladan:

2023-yil 1-sentabrdan boshlab
— har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi.

Batafsil:
👉 https://uzedu.uz/uz/news/922


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Zulfiyaxonim_108_yosh

📝❤️
Ardoqlar, e'zozlar uchun tashakkur,
Asli Siz oftobim, men ziyosiman.
Tonglaringiz kulsin - dorilomon, hur,
Baxtim shul - o'zbekning Zulfiyasiman.

📍Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevdan Namangan shahridagi Prezident maktabi ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi Manzura Abdullayeva Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini olgan yorqin lahzalar (2021)
#Zulfiyaxonim_108_yosh

🌱🌷💚
Nega meni tanladi qalam
Olov hislar yoqtirib qoldi.
Mensiz yolg'iz uxlamadi oy
Yulduzlari ko'zimdan tomdi.

Bir ilohiy may ila sarxush
Ruh xumori tutgan naysonda
Meni kutdi zumradrang bahor
Ko'hna chashm, billur oshyonda.

Quyosh yanglig' chorladi har kun,
Saxiy mehr, kumushrang dunyo.
Meni vatan etdi o'lmas Haq,
Meni sevdi abadiy ziyo.

Ruhim ko'kdan tushmas beega,
Jismim tuproq bilan qorishiq.
Qaqnusdek qalb sig'maydi yerga.
Feruzarang osmonga oshiq.

So'z to'lg'og'i - vulqon, harorat
O'chirolmas tomchisir ummon.
Ko'z yummayin ko'rmoqdaman tush,
Uxlamoqqa imkon yo'q, imkon.

📝Manzura Abdullayeva, Namangan shahridagi Prezident maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASINI BO‘LISHAMIZ: MAKTAB MASLAHATCHISIDAN TAVSIYALAR

📣 Aziz o'quvchilar!

Siz xorijning yetakchi universitetlarida ta'lim olishni istaysizmi?

"Personal statement" ni qanday yozish haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasmisiz?

❗️UNDA USHBU VIDEO AYNAN SIZ UCHUN!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qish istagida bolgan yoshlar uchun "Maktab maslahatchisidan tavsiyalar" rukni ostida maxsus video tayyorlandi.

⚡️Unda Personal statement va AQSH hamda Buyuk Britaniyadagi OTMlarga kirish uchun foydali saytlar haqida so‘z boradi.

📍Loyihamizning keyingi sonlarida tavsiya xatlari hamda "Motivation letter" ni yozish haqida ma’lumot berish ko‘zda tutilgan.
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” tashkiloti Brend va strategik tashabbuslarning ijrochi direktori Lamiya Favvaz bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar:

▶️ “Zayed Barqaror rivojlanish sovrini” dasturi doirasida 600 ming AQSH dollari sovrin jamg‘armasiga ega, maktab o‘quvchilari tomonidan yashil energetika sohasida innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish tanlovida vazirlik tizimidagi maktablar ishtirokini ta’minlash,

▶️ istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

❗️Shuningdek, BAA mehmonlari tomonidan vazir Hilola Umarova joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan BMTning COP28 konferensiyasiga taklif etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram