Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.65K subscribers
10.5K photos
798 videos
30 files
3.26K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#New_Uzbekistan_University
#Namangan_Presidential_school

⚡️ Yangi O'zbekiston universiteti targ'ibot guruhi va Namangan shahridagi Prezident maktabi hamkorligida bitiruvchilar o‘rtasida Universitetning akademik salohiyati targ‘iboti yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

📎Targ'ibot guruhining maqsadi Prezident maktabi hamda Ibrat ijod maktabi bitiruvchilari bilan Universitetga 2023/2024-o'quv yili uchun iqtidorli o'quvchilarni jalb qilish, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo'ldi.

🏢Uchrashuvda Universitet faoliyati haqidagi taqdimot namoyish etildi.

♻️ Bitiruvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar va ishtirokchilarga Yangi O'zbekiston Universiteti jamoasining esdalik sovg'alari topshirildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
#Mumtoz_bilim_bellashuvi
#Namangan_Prezident_maktabi


🔰 Namangan shahridagi Prezident maktabida 5-8-sinf o'quvchilari o'rtasida ''Bilim ixlosmandlari" intellektual klubi rahbari, tarix fani o'qituvchisi Abrorbek Sadriddinov va ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari hamkorligida buyuk allomalarimiz Hazrat Alisher Navoiy va shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyatini o'rgatish maqsadida ''Mumtoz bilim bellashuvi'' tashkil etildi.

⚡️ Bellashuvda o'quvchilar o'z bilimlarini quyidagi bosqichlarda sinab ko'rdilar:

1-bosqich."Mulohaza qil!"(Umumta'lim maktablarining 5-8-sinf adabiyot darsliklari bo'yicha savol-javob).
2- bosqich. Amaliy topshiriq(Ruboiylar bo'yicha ishlangan suratlarni izohlash, qofiyadosh so'zlar bilan ishlash, badiiy tasvir vositalarini topish).
3-bosqich. "Musiqani top"(G'azallar uchun bastalangan mumtoz kuylarni aniqlash).

🔸 Jami 8 ta jamoa ishtirok etgan bellashuvda ''Lederlar'' jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdilar. Jamoa o'quvchilarini munosib g'alaba bilan tabriklaymiz!

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
Forwarded from IT taʼlim
Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar uchun maxsus videolar tayyorlandi

"Darsning uch daqiqasi" rukni ostida tayyorlangan qiziqarli videoroliklar eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o'quvchilari uchun surda tarjima qilinmoqda.

📌Hozirgacha bunday videoroliklarning 5 tasi tarjima qilindi👇

🔹Matematik amallarni birga bajaramiz! (2-sinf Matematika darsligi 22-dars, 112-bet)
🔹Yo'l harakati qoidalari
🔹Yer yuzidagi issiq va sovuq joylar (2-sinf Tabiiy fan darsligi 25-mavzu)
🔹O‘zbekiston va Lixtenshteynning o‘xshash jihati nimada?
🔹
Tabiiy ofatlar: Zilzila vaqtida nima qilish kerak?

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
Forwarded from ITSM
#milliy_talim_resurslari #itsm #bepul_IT_kasblar

🔐 Kiberxavfsizlik mutaxassislari kimlar?

🛡 Kiberxavfsizlik mutaxassisining - vazifasi dasturlar, saytlar va mobil ilovalardagi zaifliklarni izlash, maʼlumotlarni himoya qilish va xakerlar hujumlariga qarshi kurashishdir;

➡️ ushbu kasbni egallash uchun kurslar o‘rtacha 12 oydan boshlanadi;
➡️ Kiberxavfsizlik mutaxassislari O‘zbekiston hududida 10 000 000 so‘mdan boshlangan, jahon miqyosida esa, 4000$ dan boshlangan maosh oladilar;
➡️ eng muhimi, ushbu soha vakillarining boshqa IT-yo‘nalishidagi mutaxassislar kabi yoshi chegaralanmagan.
_________________________________________________

👨‍💻 Kiberxavfsizlik mutaxassisligi kasbini egallashga qiziqib qoldingizmi?

Ushbu kasbni yanada tez va o‘zingizga qulay bo‘lgan vaqtda, 24/7 hamda mutlaqo bepul o‘rganing!

Buning uchun, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining YouTube dagi 📺 Milliy taʼlim resurslari kanaliga joylab borilayotgan “Kiberxavfsizlik” onlayn kursini birinchilardan bo‘lib puxta o‘zlashtiring.

🌐 itsm.uz I 💬ITSM I 💬 ITSM I 📷 ITSM I 📺 Milliy ta'lim resurslari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mаktаbgаchа vа mаktаb tа'limi vаziri shofirkonlik fаxriy oʼqituvchilаr bilаn uchrаshdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi 38-umumtaʼlim maktabida boʼlib, tumandagi faxriy oʼqituvchilar bilan uchrashdi.

Samimiy va ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuv chog’ida uzoq yillik tajribaga ega ustozlarning taʼlim sifatini yanada oshirish borasidagi takliflari bilan qiziqdi hamda bu yo’nalishda ularning tajribasiga tayanishini qayd etdi.

Soha rivojiga koʼp yillik mehnatlari singgan ustozlarga eʼtibor va ehtirom sifatida esdalik sovgʼalarini topshirdi.

Shuningdek, shu kuni vazir Shofirkon tumanidagi 690 oʼrinli 17-umumtaʼlim maktabi jamoasiga kompyuter jamlanmalarini topshirdi.